6
Biologiya o‘qitish metodikasi barcha o‘quv fanlarga taalluqli
bo‘lgan pedagogik qoidalarni, biologik o‘quv materialiga tatbiq etishga
yo‘nalgan. Shu bilan bir qatorda biologiya o‘qitish metodikasi tabiiy,
ilmiy,
biologik,
psixologik,
pedagogik
bilimlarni
o‘zida
mujassamlashtiradi.
Biologiya o‘qitish metodikasi biologiya o‘quv fanining o‘qitish
maqsadini, mazmunini, biologik bilimlarning tanlash prinsipini belgilab
beradi.
Biologiya
o‘qitishning hozirgi davrda samarali bo‘lishi
o‘quvchilarning o‘quv, mehnat va jamoat faoliyatlarida qatnashish
uchun zarur bo‘lgan biologik bilimlar, ko‘nikmalar, malakalarni
egallaganliklari
bilan
belgilanadi.
Ular
esa
o‘z navbatida
o‘quvchilarning tarbiyalanganlik natijasida, dunyoqarashi, e’tiqodi,
tabiat, jamiyat va shaxsga bo‘lgan munosabatida namoyon bo‘ladi.
O‘quvchilarning rivojlanish darajasi, qobiliyati, jismoniy va amaliy
jihatdan takomillashtirishga bo‘lgan ehtiyoji bilan ifodalanadi.
Biologiya o‘qitishning maqsadi yuqorida qayd qilingan omillardan
kelib chiqadi. Biologiya o‘qitishning maqsadlarini bilish o‘qituvchiga
o‘qitish jarayonini boshqarish imkoniyatini beradi.