10
25-yanvardagi
uchrashuvda
PIRLS
dasturining
2021-yil
uchun
mo‘ljallangan tadqiqotlarida O‘zbekistonning ishtirok etishi tashabbusi IEA
tashkiloti tomonidan katta olqishlar bilan qarshi olindi va tashkilot tomonidan
barcha kerakli yordam va tavsiyalar berilishi ta’kidlandi. Shuningdek, yig‘ilishda
PIRLS-2021 tadqiqotlarida ishtirok etish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar, ya’ni
ishtirok etish shartlari, tadqiqotlarni amalga oshirish bosqichlari, tadqiqotlarning
samarali tashkil etishiga qaratilgan yo‘riqnomalar va boshqa ko‘plab vazifalar
atroflicha muhokama qilindi.
PIRLS tadqiqotlari doirasida turli ta’lim tizimiga ega bo‘lgan davlatlar
4-sinf bituvchilarining o‘qish sifati va o‘qilgan matnni tushunish darajasi
o‘rganiladi. Bu tadqiqotlarga 4-sinf o‘quvchilarining tanlanishi shu bilan
e’tiborliki, aynan o‘qishning to‘rtinchi yilida o‘quvchilar o‘qishning yuqori
darajasiga ega bo‘lishi, ularning keyingi ta’limda bilimni egallash
qobiliyatini shakllantirish va shu orqali hozirgi zamonga muvaffaqiyatli
moslashuviga yordam beradi. Ko‘pchilik davlatlarda bolalar 6 yoshdan
maktabda o‘qishni boshlashadi. Ammo Angliya va Yangi Zelandiyada ta’lim 5
yoshdan boshlanadi. Shuning uchun, loyihada 4-sinfdan emas 5-sinfdan
o‘quvchilar ishtirok etishadi. O‘qish va matnni tushunish sifati
tekshiriladigan o‘quvchilarning yoshi 10,5 yoshni tashkil etadi. Sharq
mamlakatlarida bolalar 7 yoshdan o‘qishni boshlagani uchun ulardan 10,7-
10,9 yoshdagi o‘quvchilar tadqiqotda ishtirok etishadi.