8
PISA sinovlarida toʻrt xil sinov usulidan foydalaniladi
Bir javobli testlar;
Bir
nechta javobli testlar;
Qisqa yoki batafsil javob yoziladigan savollar;
Biror muammoning yechimi boʻyicha oʻquvchi fikri (odatda bunday
savollarda tekshiruvchida umumiy javoblar boʻladi, oʻquvchi javobi test tuzivchi
javobiga aynan
mos kelishi talab qilinmaydi, oʻquvchi ijodkorligi qoʻllab
quvvatlanadi).
PISA: Asosiy yoʻnalishlar
Oʻqish savodxonligi: Insonning matn shaklida berilgan maʻlumotlarni tushina
olish va ularga reaksiya bera olish koʻnikmasi, jamiyat hayotida faol qatnashish
jarayonida oʻqigan maʻlumotlaridan oʻz maqsadlari yoʻlida foydalana olish, bilim
va imkoniyatlarini oshira olish layoqati.
Matematik savodxonlik: Insonning matematikaning oʻzi
yashayotgan
olamdagi oʻrnini bilishi, matematik jarayonlarni toʻgʻri va toʻliq asoslay olishini
tekshiradi. Shaxsning matematikadan yaratuvchan,
qiziquvchan va fikrlovchi
insonning hozirgi va kelajakdagi matematik bilimlarga boʻlgan ehtiyojini qondira
oladigan darajada foydalana olishini taʻminlash bu boʻlimning asosiy maqsadidir.