• Umumiy xulosa.
  • Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati I. Rasmiy adabiyotlar
  • II. Ilmiy, ilmiy-metodik, badiiy- publisistik adabiyotlar.
  • “Milliy-ma’naviy qadriyatlarini boshlang’ich sinf o’quvchilariga o’rgatish tizimi”(Odobnoma, o’qish darslari) misolida
  • Ilmiy rahbar: p.f.n. Kushvaktov N.X.
  • O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi




    Download 440 Kb.
    bet4/21
    Sana01.04.2017
    Hajmi440 Kb.
    #2821
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21

    USTOZLAR

    (P.Mo’min she’ri)

    Mehir nurin yog’ar doim ko’zingizdan, ustozlar,

    Yursam deyman shu tabarruk izingizdan, ustozlar.

    Chin insonlik kitobiga baxtu hikmat bitibsiz,

    Odob ila bilim oldim – so’zingizdan, ustozlar.

    Qalbingizning yo’q g’ubori, mehribonsiz shunchalar,

    Quyosh olmish haroratin yuzingizdan, ustozlar.

    Fan bog’bonining bog’bonisiz, chorog’bonsiz ko’ngilga,

    Ming yextirom o’g’lingizdan, qizingizdan, ustozlar.

    Joy oldingiz bir umurga shogird yurak to’ridan,

    Mo’min hayot darsin o’qir o’zingizdan, ustozlar.

    Yurtimizning ajoyib shoiri P.Mo’min yuqoridagi baytlarida ustozga hurmat va ehtirom bilan o’zining his tuyg’ularini ifoda etgan. Bugungi kunda ham ustoz shoir tomonidan e’tirof etilgan muallimlar yoshlarga qunt bilan saboq berib ularni ota-bobolarimizning ulkan boy ma’naviy me’rosiga yetaklab bormoqdalar.

    Boshlang’ich sinflarda o’tiladigan o’qish darslariga ya’ni o’qish va nutq o’stirish darsiga 68 soat ajratilgan. Shundan “O’zbekiston Vatanim manim” bo’limiga 12 soat ajratilgan bo’lib ushbu bo’limda o’quvchilarga barcha quvonch – shodlik baxsh etuvchi ona maskanimiz O’zbekiston ekani haqida dastlabki tushunchalar beriladi. Bu bo’limda qayd qilingan, tanlangan asarlar o’quvchida ona Vatan oldidagi burch va vazifalarni anglashlarini taminlashga xizmat qiladi. Shu bilan bir qatorda Ona Vatanga muhabbat hissini tarbiyalaydi.

    Ushbu bo’limda quyidagi mavzular o’z aksini topgan.

    Po’lat Mo’minning Vatan bu... deb nomlanadigan she’ri berilgan

    Vatan deganda bu-

    Yuark deganim,

    Yurakka Vatanim

    Kerak deganim.

    Vatan deganim bu -

    Yurak deganim,

    Birov-birovga

    Kerak deganim.

    Aslida Vatan bu –

    Tug’ilgan joyim,

    Birinchi qadamim

    Yotgan qo’rg’onim deb nomlangan she’r bilan boshlanadi. Bunday matn orqali boshlang’ich sinf o’quvchilarida qanday qilib milliy-ma’naviy qadriyatlarni shakllantirish mumkin.

    Buning uchun birinchi navbatda o’qituvchi tomonidan she’r ifodali o’qib eshittiriladi. Shundan so’ng esa nima uchun Vatan – yurak, degani ekaniga to’xtalib o’quvchilarda unga nisbatan ezgu tuyg’ularni shakllantirish yo’lga qo’yimladi.

    Anashundan keyin shu darslikning 7 – betida “Buyuklar Vatani” degan mavzu berilgan.

    O’zbekiston – buyuklar Vatani.

    Buyuk Amir Temur bu yurtning har qarich yerini e’zozlagan. Uni oyoq osti qilganlarini yurtdan quvib chiqargan. Ulug’bek bobomiz Vatan osmonidagi yulduzlarni o’rgangan. U kishi koyinot ilmini yaratgan.

    Alisher Navoiy yurtimiz go’zalligini she’rlarda ifoda etgan. Bu yurt – shunday allomalar yurti.

    Bu matn orqali o’quvchilarga P.Mo’min tomonidan yozilgan “Vatan bu ...” she’ridagi go’zal tuyg’ular ifodasining davolash sifatida Vatanparvarlik, Vatanga muhabbat, buyuk bobolarga hurmat ehtirom qay tarzda ifoda etilishi yoritiladi.



    • bizlar kimlarni buyuk bobolar deb ataymiz?

    • Amir Temur kim bo’lgan?

    • A.Temur yurtidan kimlarni quvib chiqargan?

    • Alisher Navoiy yurt go’zalligini nimalarda ifodalagan?

    • Kim A.Temur bobomizdek bo’lishini istaydi?

    • A.Navoiy bobomizdek buyuk shoir bo’lishni kim istamaydi?

    Kabi savollarga javoblar orqali o’quvchilarda Vatanga va uning buyuk o’g’lonlariga e’tiqod, hurmat, muhabbat his tuyg’usi paydo bo’ladi.

    Birinchi sinflarga mo’ljallangan ushbu o’qish kitobining 8-betida Odil Abdurahmonovning “O’zbekiston askarlari” degan she’ri berilgan.

    Mustaqil o’z yurtida,

    Pasbon erur askarlar.

    Faxirlanib qo’rishar,

    Vatanini askarlar.

    Jismoniy ta’lim erur,

    Jangovorlik mash’ali.

    Chiqar erta o’zbekning,

    Generali, marshali.

    Ushbu she’rni mazmun – mohiyatini birinchi sinf o’quvchilariga tushuntirishda ularga yurt to’g’risida, mustaqillik to’g’risida, posbon to’g’risida, askarlar to’g’risida, jangavorlik to’g’risida, General, marshal unvonlari to’g’risida ularning ongiga mos tarzda tushuntirish ishlarini olib borib, ana undan keyin matni o’qib bersa, bolalarga yaxshi tushunarli bo’ladi.

    General (lot. generalis - umumiy, bosh) - qurolli kuchlardagi harbiy unvon (daraja). Dastlab, 16-a.da Fransiyada joriy qilingan. Rossiyada 17-a.ning 2-yarmidan maʼlum. Oʻzbekiston qurolli kuchlarida G.

    Bu matnni tushuntirish orqali qanday qilib, milliy – ma’naviy qadriyatlar birinchi sinf o’quvchilariga singdiriladi.

    Bolalar kim o’z uyini yaxshi ko’rsa qo’l ko’tarsin. Demak biz hammamiz o’z uyimizni yaxshi ko’rar ekanmizda. Bizning uyimiz o’z Vatanimiz. Uyimizdagi har bir narsa biz uchun qadirli. Demak uni biz qo’riqlaymizmi? – ha, demak sizlar haqiqiy posbonsizlar. Hozircha uyni qo’riqlaymiz, ertaga katta yigit bo’lib voyaga yetgach biz qayerni qo’riqlaymiz ekan? Vatanni!

    Mana shunday chaqiriqlarga labbay deb javob berayotgan farzandlar qalbida qanday his-tuyg’ular kechayotganini ifodalash judayam qiyin. Bunday his-tuyg’ular shak-shuhasiz qadriyatlarga nisbatan mehrni oshiradi.

    Boshlang’ich sinf o’quvchilarini milliy ma’naviy qadriyatlar ruxida tarbiyalashda boshlang’ich sinf o’qituvchisining ijodkorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalarni asil o’zbek o’g’lonlari qilib tarbiyalashda faqatgina darsliklarda berilgan manbalarga suyanib qolmasdan axborot va telekomunikasiya imkoniyatlaridan foydalanishlari kerak bo’ladi. Bunda albatta bolalar uchun tayyorlanayotgan ko’rsatuvlardan foydalanilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.

    Misol uchun boshlang’ich sinf o’quvchilarini vatanparvarlik ruxida tarbiyalashda Sh.Yormatov raxbarligidagi bolalar xor ansambili nomoyish etib kelayotgan bir qator qo’shiqlardan foydalanish orqali yoshlarda Vatanparvarlik tarbiyasi bilan bir qatorda:



    • o’z xalqiga xurmat;

    • milliy qadriyatlarga e’tiqod;

    • nafislik;

    • ijodkorlik;

    • oilaga bo’lgan munosabat;

    • o’rtog’iga bo’lgan munosabat;

    • mehnatsevarlik;

    • do’stlik kabi insoniy fazilatlar tarkib toptiriladi.

    Ushbu bitiruv malakaviy ishimizda boshlang’ich sinf o’quvchilariga milliy-ma’naviy qadriyatlarni o’rgatish texnologiyasi to’g’risida fikr yuritdik. Biz tomondan taklif qilingan texnologiyalar ta’lim-tarbiya jarayonida o’z samarasini beradi.

    Umumiy xulosa.

    Mazkur bitiruv malakaviy ishi milliy-ma’naviy qadriyatlarini boshlang’ich sinf o’quvchilariga singdirishga qaratilgan bo’lib, unda asosan milliy-ma’naviy qadriyatlarni boshlang’ich sinf o’quvchilariga odobnoma va o’qish darslarida o’rgatish tizimiga qaratildi.

    Milliy pedagogikaning xalqimiz ongiga chuqur singdirilganligi bir qator falsafiy, ijtimoiy siyosiy, psixologik va pedagogik adabiyotlarda aks etgan. Shu bois ham mazkur adabiyotlardan bitiruv malakaviy ishini bajarish jarayonida foydalanildi. Shunga asosan boshlang’ich sinf o’quvchilariga milliy-ma’naviy qadriyatlarni odobnoma va o’qish darslarida qanday singdirish ustida ish olib borilib zamonaviy pedagogika va psixologiya fanlarining yutuqlaridan keng foydalanildi.

    Mazkur ishning birinchi bobida milliy ma’naviy qadriyatlarni boshlang’ich ta’limda qo’llash tizimiga yo’naltirilganlligi sababli unda milliy qadriyatlar, ularning ko’rinishlari, ma’naviyat, ma’rifat, pedagogika, pedagogik texnologiyalarning ta’riflarga to’xtalishga va ularni o’rganishga to’g’ri keldi. Ushbu ishni bajarish jarayonida milliy – ma’naviy qadriyatlarni yoshlar ongiga singdirish muammosi bilan shug’illangan bir qator faylasuf, pedagog va psixolog olimlarning izlanishlari kuzatildi.



    Bitiruv malakaviy ishining ikkinchi bobi asosan boshlang’ich sinf o’quvchilariga milliy-ma’naviy qadriyatlarni odobnoma va o’qish darslarida singdirish texnologiyasi o’rgatishda qo’llanilishi ko’zda tutilayotgan interfaol metodlar, axborot va telekomunikasiya vositalarining imkoniyatlariga qaratildi.

    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

    I. Rasmiy adabiyotlar

    1. O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi. –T.: «O’zbekiston», 1998. - 48 bet.

    2. O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni. «Barkamol avlod - O’zbekiston taraqqiyotining poydevori». -T.: «Sharq matbaa-nashriyoti konserni», 1997. -20-29 betlar.

    3. Karimov I. A. O’zbekiston buyuk kelajak sari.-T.: «O’zbekiston».1998.-5-66 betlar.

    4. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Toshkent “Ma’naviyat”.
      Toshkent - Markaziy Osiyoning eng yirik qadimiy shaharlaridan biri - O‘zbekiston Respublikasining poytaxtidir. Oʻrta Osiyoning yirik sanoat-transport chorraxasi va madaniyat markazlaridan biri. Mamlakatning shimoli-sharqiy qismida, Tyanshan togʻlari etaklarida, 440–480 m teppalikda, Chirchiq daryosi vodiysida joylashgan.
      2008 y 173 bet.

    5. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, o’zbekiston sharoitida uni bartaraf yetishning yo’llari va choralari. T.: “Iqtisodiyot” 2009 y

    6. I.A.Karimov “Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirish” xalq so’zi 2010 yil 30 yanvar №21 (4936) 3 bet.
      Yanvar (lot.; Jānuārius mēnsis 'Yanus oyi' rimliklar xudosi Yanus nomidan) - Grigoriy kalendari boʻyicha yilning birinchi oyi. Yanvar 31 kundan iborat (yana q. Kalendar).


    7. I.A.Karimov – “Mamlakatimizni modernizasiya qilish va kuchli fuqorolik jamiyati barpo etish – ustvor maqsadimizdir” O’zbekiston ovozi. 28 yanvar. №12 (30.132) 3 bet.

    II. Ilmiy, ilmiy-metodik, badiiy- publisistik adabiyotlar.

    1. Avloniy A.Turkiy guliston yoxud axloq.-T.: «O’qituvchi» 1992. -160 bet.

    2. Al-Buxoriy, abu Abdullox Muhammad ibn Ismoil, Al-adab-al Mufrad (Adab durdonalari): Tarjima, muqad va izohlar muallif Sh.Boboxonov-T.: «O’zbekiston»,1990. -199 bet.

    3. Asqar Zununov. Pedagogika nazariyasi T.: «Aloqachi» 2001 y. 163 bet.

    4. Asqar Zununov. Ulfat Maxkamov Didaktika (Ta’lim nazariyasi) Oliy o’quv yurtlari uchun o’quv qo’llanma. T.: «Sharq» nashriyot - matbaa aksiyadorlik komponiyasi bosh tahririyati. T.: 2006 y. 125 bet

    5. Barkamol avlod – Ozbekiston taraqqiyotining poydevori. Tosh. 1998, 7-bet

    6. Zaripov M.Z.Ma’naviy qadriyatlar va milliy o’zlikni anglashning rivojlanishi «Pedagogik ta’lim»,-T.: 2000.- №2.-6-9 betlar.

    7. Yo’ldoshev J.G’. Usmonov S.A. Pedagogik texnolgiya asoslari. T: «O’qituvchi», 2004, - 95 bet.

    8. Isomiddinova M. O’quvchilar dunyoqarashini shakllantirishda pedagogning faoliyati va o’rni. Samarqand davlat chet tililar instituti.
      Samarqand - Samarqand viloyatidagi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi (1938 yildan). 1925-30 yillarda Respublika poytaxti. Oʻzbekistonning jan.gʻarbida, Zarafshon vodiysining oʻrta qismida (Dargʻom va Siyob kanallari orasida) joylashgan.


    9. Jo’rayev N., Fayzullayev T. Istiqlol va tarixiy jarayon. – T.: 2000. – G’.G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti. 34-bet

    10. Kushvaktov N. Milliy- ma’naviy qadriyatlarni o’rgatishning hayotga tadbiq yetilishi. «Boshlang’ich ta’limda innovasion texnologiyalar: muammolar, yechimlar» mavzusidagi respublika ilmiy – amaliy anjuman materiallari. Jizzax. 2006 yil – III – qism. 63-65 betlar.

    11. Tulenov J.T. Qadriyatlar falsafasi.-T.: «O’zbekiston», 1993. -319 bet.

    12. Falsafa. Qomusiy lug’at. –T:. «Sharq», 2004. -467 bet.

    13. HasanboyevJ., To’raqulovX.A.,Haydarov M. Hasanboyeva O., Usmonov N. “Pedagogika fanidan izohli lug’at” T.: “Fan va texnologiya”. 2009 yil.



    Zokirova Layloning “Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi” yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun tayyorlagan “Milliy-ma’naviy qadriyatlarini boshlang’ich sinf o’quvchilariga o’rgatish tizimi”(Odobnoma, o’qish darslari) misolida mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga ilmiy rahbar

    x u l o s a s i

    Ta’lim-tarbiya tizimida olib borilayotgan tub islohotlar zamirida shaxs va uning kamoloti yotadi. Shuning uchun ham bugungi kunda davlat siyosatining ustivor yo’nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

    Fan va texnikaning jadal sur’atlar bilan rivojlanishi yoshlarga bir qator qulayliklar va imkoniyatlarni yaratib bermoqda.

    Olib borilgan ushbu bitiruv malakaviy ishida nafaqat ma’lum bir mavzu yuzasidagi ta’lim va tarbiya muammolari balki butun insoniyat kelajagi, yoshlar tarbiyasi muammolar muhim rol o’ynaydi.

    Milliy-ma’naviy qadriyatlarini boshlang’ich sinf o’quvchilariga singdirishni o’rgatishda umuminsoniy, milliy va ma’naviy qadriyatlarga tayangan holda olib borilgan ushbu bitiruv malakaviy ishi mavzusiga oid adabiyotlar to’liq o’rganilib chiqildi va muallif tomonidan o’ziga xos ilmiy xulosalar chiqarildi.

    Zokirova Laylo tomonidan olib borilgan bitiruv malakaviy ishi “Milliy-ma’naviy qadriyatlarini boshlang’ich sinf o’quvchilariga o’rgatish tizimi”(Odobnoma, o’qish darslari) misolida mavzusini to’liq yoritishga xzmat qiluvchi bitiruv malakaviy ishi usullari belgilanib olindi.

    Mazkur BMIda boshlang’ich sinf o’quvchilarga milliy – ma’naviy qadriyatlarni singdirishning nazariy tomonlari yoritilgan;

    Boshlang’ich ta’limda milliy-ma’naviy qadriyatlardan foydalanishning ijtimoiy qirralari;

    Boshlang’ich sinf darslari orqali o’quvchilarga milliy-ma’naviy qadriyatlarni singdirish;

    Boshlang’ich sinf o’quvchilariga milliy ma’naviy qadriyatlarni singdirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish.



    Men, Kushvaktov Ne’mat Husanovich ushbu bitiruv malakaviy ishini to’liq tugallangan ish deb hisoblab uni himoyaga tavsiya yetaman.

    Ilmiy rahbar: p.f.n. Kushvaktov N.X.






    Download 440 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




    Download 440 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi

    Download 440 Kb.