• Qadriyat
  • Umar Xayyom
  • Milliy – ma’naviy qadriyatlar
  • 1.2. Milliy – ma’naviy qadriyatlarni singdirishning nazariy asoslari.
  • Birinchidan
  • O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi




    Download 440 Kb.
    bet2/21
    Sana01.04.2017
    Hajmi440 Kb.
    #2821
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21

    Qadriyattevarak-atrofdagi narsalarning, kishining jamiyat uchun ijobiy yoki salbiy ahamiyatini ko’rsatuvchi tushuncha bo’lib, axloqiy tamoyillar, g’oyalar, yo’l-yo’riqlar va maqsadlarda ifodalangan ana shu tushunchaga baho berish mezoni va usullari hisoblanadi.

    Qadriyatga umuminsoniy qadriyatlar – ma’lum bir axloq me’yorlari, ilg’or, taraqqiyparvar madaniy meroslar kiradi.



    Qadriyat – qadr-qimmat ma’nosini anglatib, inson uchun qadrli bo’lgan barcha narsa va hodisalar (predmet va jarayonlar) majmuidir.

    Qadriyat – voqyelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy axloqiy, ma’daniy –ma’naviy ahamiyatini ko’rsatish uchun qo’llaniladigan tushuncha. [18,19,20]

    Qadriyat kategoriyasi faqat buyum va narsalarning iqtisodiy qiymatini emas, jamiyat va inson uchun biror ahamiyatga ega bo’lgan voqyelikning shakllarini, narsalar, voqyea hodisalar, talab va tartiblarning qadrini ifodalash uchun ishlatiladi.

    Qadriyatlar ishlab chiqarish sohasidagi faoliyat, insonlar o’rtasidagi munosabatlar uchun foyda keltiradigan narsalar majmuasi sifatida yuzaga kelib, ayrim kishilar ijtimoiy guruhlar harakatini tartibga soladigan ma’naviy hodisaga aylanadi.

    Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayo-ni; ishlab chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. I.ch.

    Muayyan bir elat, milat, xalqning hayoti, turmush tarzi, tili, madaniyati, an’analari o’tmishi va kelajagi bilan bog’liq qadriyatlar milliy qadriyatlar hisoblanadi.



    Milliy qadriyatlar – murakkab ijtimoiy – ruhiy hodisa bo’lib, millatning tili, madaniyati, tarixi, urf-odatlari, an’analarini, jamiyki moddiy va ma’naviy, boyliklarni, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha tomonlaridir.

    Milliy qadriyatlar – muayyan biror bir xalqqa taalluqli bo’lgan urf-odatlar va an’analar, barcha xalqqa tegishli bo’lgan ma’naviy boyliklar majmuidir. [18,19,20]

    Talabalarning milliy qadriyatlar to’g’risidagi tasavvurlarini shakllantirish quyidagi ketma-ketlikda bosqichma-bosqich olib boriladi:



    • milliy qadriyatlar to’g’risida tushuncha;

    • ulug’ ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan ma’naviy, intellektual moddiy boyliklar;

    • xalq og’zaki ijodi natijalari;

    • urf-odatlar va ularning tarbiyaviy ahamiyatlari;

    • oilani ma’naviy boyitishga zamin tayyorlash va shu kabilarga qat’iy e’tibor beriladi.

    Buyuk siymolar – Imom al- Buxoriy, Xo’ja Bahouiddin Naqshband, At-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Abu Mansur al-Moturudiy, Zamaxshariy, Yusuf Hamodoniy, Najmiddin Kubro, qomusiy olimlar: al-Xorazmiy, al- Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Umar Xayyom, Mirzo Ulug’bek, Ali Qushchi, yozuvchi va shoirlar: Alisher Navoiy, Aburahmon Jomiy, Bobur, Lutfiy, Sakkokiy, Boborahim Mashrab, davlat arboblari: Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Xusayn Bayqaro, jadidchilar: Munavvar qori (Abdurashidxonov), Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Mahmudxo’ja Behbudiy, Abduqodir Shakuriy, Hamza, Saidrasul Saidazizov.
    Buxoriy, Imom al-Buxoriy (asl ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al Buxoriy) (810.21.7, Buxoro - 870.31.8, Samarqand yaqinidagi Hartang qishlog‘i) - islom olamining yirik mutafakkiri, buyuk fors muhaddis.
    Qushbegi, qushchi - tarixiy ata-ma. Oʻrta asrlarda podsho va xonning ovchi qushlari (qushxonasi) va ov hayvonlarining mutasaddisi; ov begi (amiri shikor). U hukmdorning ovini tashkil qilish va oʻtkazishga javobgar boʻlgan.
    Umar Xayyom (taxallusi; asl ism-sharifi Gʻiyosiddin Abulfath Umar ibn Ibrohim Xayyom Nishopuriy) (1048.18.5, Nishopur - 1131.4.12) - matematik, astronom, faylasuf, hakim va mutafakkir shoir. Nishopurda boshlangich maʼlumotni olgach, Balx, Buxoro va Samarqandda tahsil koʻrgan.


    Milliy – ma’naviy qadriyatlar –muayyan xalq, millat, e’latlar tomonidan yaratilgan ulkan boy ma’naviy me’roslar tizimi .

    Yuqorida bildirilgan fikrlardan kelib chiqqan holda ushbu bitiruv malakaviy ishimizda milliy ma’naviy qadriyatlarni o’quvchilar ongiga singdirishni nazariy asoslariga to’xtalish ushbu ish maqsadini yoritishga xizmat qildi.




    1.2. Milliy – ma’naviy qadriyatlarni singdirishning nazariy asoslari.

    Yurtimizda inson olamini yuqori bosqichga ko’tarishda ta’lim siyosati asosiy masala hisoblanadi. Chunki «Har kimning bilim olish huquqi» Konstitusiyaviy kafolatlangan bo’lib (41 - modda), uning komil shaxs bo’lib yetishishi uchun «fikrlash, so’z va e’tiqod yerkinligi» (29 - modda) beriladi. Shuningdek ma’naviy tarbiya olib borish davlat nazoratdadir (57 - modda). Bu nima degani? O’zbekistonda ma’naviy ma’rifiy ishlar umumjahon ta’lim talablari doirasida amalga oshiriladi deganidir. Biroq, turli oqim va yo’nalishlarning davlat standartlaridan tashqari faoliyati, xatti – harakatlari bizda ma’naviy tajovuz sifatida qabul qilinadi va ular qonun bilan ta’qiqlanadi. Demak, yurtimizda yosh avlodni har tomonlama tarbiyalashda, kamolga erishishda, qonun bilan himoyalanishi muhim hisoblanadi.

    O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov, «Ma’naviyat haqida gap ketar ekan, men avvalo, insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat yetadigan, inson ichki olamini boyitadigan, uning iymon – irodasini, ye’tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonning uyg’otadigan qudrat botiniy kuchni tasavvur qilaman» [1,2,3,4] – degan fikrini “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” asarida bildirgan. Demak, ma’naviy tarbiya «qudratli botiniy kuch»dir. Insonni har tomonlama kamol toptirishda ruhan poklash; yuksalishga da’vat qilish; ichki olamini boyitish (bilimini); irodasini mustahkamlash; ye’tiqodli qilish; vijdonini charaxlashga xizmat qiladi. Bunday beqiyos fikrlarda jamiyatning ijtimoiy va pedagogik – psixologik muammolari o’z aksini topgan. Demak bugungi kunda m’naviy tarbiya ijtimoiy – pedagogik muammo sifatida yuzaga chiqmoqda. Mamlakatimizda yangi turdagi o’quv yurtlari-akademik liseylar va kasb hunar kollejlari tashkil qilinmoqda. Bu bilan o’zbekiston ta’lim tizimida yangi yo’nalish paydo bo’ldi. Ularda yangi umidlar bilan mustaqillik yillarida ilk bor maktab ostonasiga qadam qo’ygan o’quvchilar ta’lim olishmoqda.

    Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.
    Demak, bu o’quvchilar butunlay yangi pedagogik texnologiyalar asosida tarbiyalanishi ijtimoiy – pedagogik zaruriyatdir. Ma’naviy tarbiyaning eng qimmatli vositasi ota-bobolarimizdan bizgacha yetib kelgan ulkan boy ma’naviy me’rosi hisoblanadi.

    Shunday qilib, yangi turdagi o’quv yurtlari o’quvchilari ma’naviy jihatdan tarbiyalanishi lozim. Buning uchun ularda Prezidentimizning yuqorida bayon qilgan ma’naviy tarbiyaning mohiyatini singdirish lozim. O’zgacha aytganda, yangi turdagi o’quv yurtlari o’quvchilarini ma’naviy tarbiyalashda ushbu tuyg’ularning ularda shakllanishiga jiddiy ahamiyat berish va butun faoliyatini shunga yo’naltirish lozim: - boshlang’ich sinf o’quvchilarini milliy – ma’naviy qadriyatlar asosida tarbiyalash; - boshlang’ich sinf o’quvchilarni milliy – ma’naviy qadriyatlar asosida kamol toptirish; - o’quvchilarning dunyoqarashini boyitish; - o’quvchilarni bosqichma-bosqich ma’naviyatchashmalari bilan qurollantirish; - o’quvchilarni muomala san’atiga o’rgatish; - boshlang’ich sinf o’quvchilarda milliy – ma’naviy qadriyatlar asosida ichki olamni boyitish; - boshlang’ich sinf o’quvchisining bilimini oshirish; - o’quvchilarni tinglovchi sifatida yemas, balki baxs jarayonining fa’ol ishtirokchisi, haqiqatni yuzaga chiqarishda muhim xulosalarni tarkib toptiruvchi shaxs sifatida tarbiyalash; - boshlang’ich sinf o’quvchilarini milliy – ma’naviy qadriyatlar asosida irodali qilib tarbiyalash; - boshlang’ich sinf o’qituvchisining xarakterini shakllantirishga erishish; - boshlang’ich sinf o’quvchilarini milliy – ma’naviy qadriyatlar zamirida burchni anglashga o’rgatish kabilar orqali o’quvchilarda milliy-ma’naviy dunyoqarashning shakllantirilishi negzida ularda ota-onaga nisbatan, o’z burchini anglash o’rgatiladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida yeng go’zal insoniy tuyg’ularni asta sekinlik bilan tarkib toptirishda MMQ larning o’rnini hyech narsa bilan baholab bo’lmaydi. Keyingi bosqich esa o’quvchilarini milliy – ma’naviy qadriyatlar zamirida vijdonli qilib tarbiyalash orqali o’quvchilarda ta’lim-tarbiya atrof muhitga ongli munosabatda bo’lish atrof muhitga sadoqat, adolat va muhabbat tuyg’usi bilan yondashish ko’nikmasi shakllantiriladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarda oriyat tushunchasini shakllantirish esa murg’ak qalblarda biron bir ishga o’z munosabatini oriyat nuqtayi nazardan bildirishga odatlantiriladi.

    Boshlang’ich sinf o’quvchilarining faoliyati to’g’risida fikr yuritganda shu narsa alohida ta’kidlanishi lozimki, uning asosini ona tarbiyasi tahlil qiladi. Oiladagi an’analar farzandga ism qo’yish, yaxshi muallim qo’liga topshirib, savodini chiqarish, ilmliqilish; tabiatga o’rgatish; odob – axloqqa yo’naltirishlar boshlang’ich sinf o’quvchilari faoliyatining asosini tashkil qiladi.

    Bolalar oilada ijtimoiy hayot talabalarini anglaydi. Keyinchalik esa ularni to’laqon anglatdi pedagogning zimmasiga yuklanadi.

    Boshlang’ich sinf o’quvchisiga zamonaviy bilim berib, uning dunyoqarashini kengaytirish uchun pedagogdan avvalo, shunday bilimga yega bo’lish talab yetiladi. Bu borada u o’z ishining ustasi, tashabbuskor, pedagogik faoliyat mag’zini va negizini anglash talab qilinadi. Bunda har bir pedagog o’quvchilarni tarbiyalashda oila pedagogikasiga tayanib boshlang’ich ta’lim mazmunini go’zal bilim va go’zal fikrlar bilan yetkazib berish kerak.

    O’quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish uchun yeng sodda ya’ni, bugungi jamiyatda, umuman, kundalik xayotda ko’p qo’llaniladigan «Yaxshi odam» iborasi, tushunchasidan kelib chiqqan holda yaxshi odam o’zi kim? U nima qilishga qodir? degan savollarga javob tariqasida o’quvchilarga batafsil tushuntirish ishlari amalga oshirilsa, o’quvchilar qalbida yaxshi insonlarga o’xshash ishtiyoqi paydo bo’ladi. Bunda yaxshi insonga xos ijobiy hislatlarini birmuncha yorqinroq ranglar bilan, salbiy xususiyatlarini qora ranglar asosida tasvirlab ko’rsatish orqali yanada yaqqolroq tasavvur hosil qildirish mumkin. Chunki boshlang’ich sinfda tahsil olayotgan o’quvchi uchun ranglar asosida tushunchalarni shakllantirish qobiliyati kuchli bo’ladi. Bu o’rinda bir mutafakkirning maktab haqidagi quyidagi fikrini keltirishim lozim: «Maktab voyaga yetayotgan avlod tafakkurini, dunyoqarashini shakllantirish ustaxonasidir…». Maktab haqidagi fikr yuritar yekanmiz, u ta’lim maskani sifatida pedagog va o’quvchining faoliyatini o’z ichiga oladi. Pedagogning fidoyilik fazilati, o’zini tutishi, fikri va nutqining sofligi yosh avlod tafakkurida o’ziga xos axamiyat kasb etadi.



    • o’qituvchi

    • fidoiylik

    • fazilat

    • fikr

    • nutqlar qo’yiladi.

    Yuqaridagi ta’riflardan shuni anglash mumkinki, o’qituvchi faoliyatida fidoiylik muhim fazilat hisoblanadi. Kimnidir fidoiy deb atash uchun kishi ayrim xususiyati milliy an’analar, qadriyatlarni o’zida shakllantirgan bo’lishi kerak, bundan tashqari o’zi boshqalarga yaxshilik qiladigan va yaxshilikka o’rgatadigan bo’lishi lozim. Fidoiy bo’lish insondan eng ulug’ ne’matlarni talab qiladi. Bu borada u o’sib ulg’ayib kelayotgan yosh avlod bilan ishlashda charchoq nima ekanligini sezmasligi uchun u bolalar dunyosi, bolalar olami bilan yashashi kerak.

    “Boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun pedagog ularning xayotida asosiy rol o’ynaydi. Ayni shu vaqtlarda fikrimcha, pedagog bola dunyoqarashini shakllantirish uchun quyidagi 4 qoidaga amal qilishi kerak. Bular: 1. har bir bola xarakteri alohida ye’tibor berib aynan unga xos yo’nalishda ta’lim berish; 2. ta’lim bilan bir qator tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish, bu tamoyil bo’yicha o’zi namuna bo’lishi kerak; 3 «Mahalla-oila-maktab» yo’nalishi bo’yicha birgalikdagi ishlarini olib borish; 4. Yoshiga moslab bolalarga dars boshida yoki dars tugashidan bir necha daqiqa oldin kichik hikoya yoki afsona, tarixdagi mashhur qahramonlarimiz haqidagi bitiklardan keltirish;

    Bundan tashqari, dunyoqarashni shakllantirish va kengaytirish jarayonida pedagogni tashabbuskorligi muhim. O’quvchida yendigina shakllanayotgan qobiliyat talantni jonlantiradi. Yana bir xususiyat o’qituvchi-pedagogning san’atkorlik qobiloiyati, bu har qanday sharoitda vaziyatning to’g’ri tashkil qilish imkonini va o’quvchining izlanuvchanligini, o’qishga intilishni oshiradi. Mana shu yo’nalishlarini amalga to’g’ri qo’llay olishning taminlash maqsadida hozirda maktablarda pedagog bilan bir qatorda maktab ruhshunos bilan maslahatlashgan holda faoliyat yurgizishi, har bir bolani ichki dunyosi o’rganishda uning yordamida bevosita foydalanish zarur.

    Keyingi bosqichda, o’qituvchi pedagogning asosiy faoliyatidan biri bu bolalarga tabiat, oilaga mehr uyg’otishdir. Bola ongida o’zi yashab turgan zaminga, uning har bir xasisga, jondor hashoratiga, bir siqim tuprog’iga muhabbatni shakllantirish. Uning natijasida bizning yosh avlod biz qilib kelayotgan tabiatga noto’g’ri munosabatni takrorlamaydi. Biz duch kelgan muammolarni yechimini topadilar.

    O’quvchi dunyoqarashini shakllantirishda, ijtimoiy hayotda o’z o’rniga yega bo’lishni fidoiy malakali o’qituvchi pedagogning roli uning faoliyati muhim ahamiyat kasb yetadi. Bunga misol tariqasida yosh avlod trbiyasi sohasida o’z faoliyatlarini a’la darajada bajarib, davlatimiz mukofatlariga sazavor bo’lgan bir qancha pedagoglarni keltirish mumkin.

    Zero, ularning faoliyatini fikrlaydigan, dunyoqarash keng va iqtidorli yoshlar qiyofasida ko’rish mumkin”.[15]

    Boshlang’ich ta’limda o’quvchilarni har tomonlama tarbiyalashda quyidagilarga e’tibor berilsa maqsadga muofiq hisoblanadi.:

    Birinchidan o’quvchilarning ijtimoiy kelib chiqishi;

    Ikkinchidan oiladagi muhit, sharoit;

    Uchinchidan har bir o’quvchining individual xususiyati;

    To’rtinchidan dunyoqarashi;

    Beshinchidan qiziqishi;

    Oltinchidan ma’lumotlarni qabul qila olish va uni qayta ishlash ko’nikmasining shakllanganligi;

    O’quvchilarni o’z ustida ishlashni o’rgatishda mustaqil faoliyat yuritish ko’nikmasini shakllantirish lozim. Mustaqil ishlarni tashkil yetish va uni ilmiy metodik jihatdan samarali boshqarish ta’lim-tarbiya jarayonida, yosh avlodni har tomonlama kamol topishda, istagi bilan ongli ravishda o’qishi, tadbirlarda ishtirok etishi o’ziga xos ahamiyat kasb etadi. Unda milliy qadriyatdan foydalanish yaxshi samara beradi.

    O’quvchilar biron mavzuni mustaqil holda atroflicha o’rganib, mavzu bo’yicha fikr-mulohazalarni aniq, me’yoriga yetkazib bayon yetishda milliy qadriyatlardan keng foydalanish har bir pedagogning beradigan ilmiy-metodik yo’lanmasi alohida ahamiyat kasb yetadi, chunki yoshlar tafakkurini boyitishda o’qituvchi doimo yetakchilik qiladi. Shuning uchun ham boshlang’ich ta’limda o’quvchilarni mustaqil ravishda dars topshiriqlarini bajarishga uyga vazifani o’zlari bajarishi, mustaqil ravishda rasm qalamlarni to’g’irlash, ranglarni tanlay olish, qarorlar qabul qilishi tashabbus bilan chiqishiga o’rgatib boriladi.

    O’quvchilarda mustaqil fikrni shakllantirishda odobnoma va o’qish kabi fanlarning o’rnini alohida ta’kidlash kerak. O’quvchilar ushbu darslarda bolalarga xos xayol og’ushida milliy qadriyatlarimiz bilan bevosita va bilvosita topishib boradi.

    Shuni unitmaslik kerakki, o’quvchilarda mustaqil fikr – mulohaza qobiliyatlarini dialektik holda rivojlantirishda ularga beriladigan muammoli savollarning mantiqiy aniq va tushunarli bo’lishi ham nazariy ham amaliy jihatdan muhim rol o’ynaydi.

    Zamonaviy, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash xususida gap borar yekan, Prezident Islom Karimov, «Tarbiyachilarning o’ziga zamonaviy bilim berish ularning ma’lumotini, malakasini oshirish kabi paysalga solib bo’lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz… O’qituvchi bolalarimizga zamonaviy bilim bersin deb talab qilamiz. Ammo zamonaviy bilim berish uchun avvalo murabbiyning o’zi anna shunday bilimlarga yega bo’lishi kerak» deb ko’rsatadi [17].

    Ta’lim tarbiya jarayonida boshlang’ich sinf o’quvchilarini MMQ bilan qurollantirishda ularga nisbatan ongli yondashuvni amalga oshirmay turib, ta’limni samarali boshqarish, o’qitish qiyin. O’quvchilarda darsga bo’lgan qiziqishni faollashtirib borishda yeng samarali yo’l dars jarayonini qiziqarli qilib tashkillashtirishdir. Bunda birinchi navbatda o’quvchilar ongiga mos keladigan ma’lumotlardan foydalanish kerak. Ikkinchi navbatda uni o’zlashtirish jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni olib kirish kerak.

    Boshlang’ich sinf o’quvchilarga Fan mazmun mohiyatini singdirishda ota-bobolarimiz tomonidan bularga meros qilib qadirlangan ulkan boy-ma’naviy manbadan to’g’ri foydalanishni yo’lga qo’yish zarur bo’ladi.

    Shuni alohida qayd yetish lozimki, biz ushbu BMI da boshlang’ich sinf o’quvchilarga milliy - ma’naviy qadriyatlarni singdirish orqali ularda insoniy fazilatlarni tarkib toptirish bilan bir qatorda ota-bobolar me’rosiga jiddiy yondashuvi amalga oshiriladi.

    Bunda:


    - qadriyatlarning mazmuni;

    - milliy-ma’naviy qadriyatlar tizimi;

    - milliy-ma’naviy qadriyatlarni ahamiyati;

    - milliy-ma’naviy qadriyatlarga hurmat hissini shakllantirish talab qilinadi. Chunki yuqorida qayd yetilganlarni hisobga olmasdan turib, maktab o’quvchilarini milliy qadriyatlarga qiziqtirib bo’lmaydi. Demak birinchi navbatda o’qituvchini tayyorgarligi yaxshi bo’lishi kerak boshlang’ich sinf o’quvchilariga milliy qadriyatlarni odobnoma va o’qish darslarida o’rgatish tizimi bo’yicha quyidagi takliflarni keltiramiz.

    Barkamol avlod dasturini amalga oshirishda boshlang’ich ta’limning o’ziga xos xususiyati bor. Bunda biz o’tmishimizga tegishli bo’lgan boy milliy merosimiz namoyandalari Abu Nosr Farobiy, Hoja Bahouddin Naqshbandiy, al-Xorazmiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Mirzo Bobur, Alisher Navoiy kabi buyuk daholarning pand-nasixatlariga tayanamiz. Komil inson tarbiyasi ham buyuk siymolarning diqqat e’tibori markazida turgan muammolardan biri bo’lgan. Bunga isbot sifatida birgina Abu Nosir Farobiyning «Fozil odamlar shahri» nomli asaridagi g’oyaning o’zi yetarli yoki Sohibo’iron Amir Temur bobomiz tomonidan butun dunyoga ma’lum bo’lgan sharoit barkamol avlod tarbiyasiga ye’tiborning yorqin dalillaridir.

    Demak, mamlakatimiz xalqlari milliy qadriyatimizni ulug’lovchi urf – odatlaridagi, mafkurasidagi ma’roifat tushunchasi, ilm va bilimga intilish xislati xullas komil inson bo’lishga harakat qilish jarayoni bir necha ming yillik tarixga yega. Respublika o’z mustaqilligini qo’lga kiritdi. «Mustaqillik – o’zaro hurmat, bir – birini tan olish bir – birini qadirlash asosida mamlakat fuqorolari o’zaro munosabatida ham, jahon davlatlari o’rtasidagi aloqalarda ham anna shu umuminsoniy qadriyatlarga tayanish, anna shu umumiy mezonlar asosida yashashdir».

    Mezon (arab. - tarozi) - 1) zodiak yulduzlar turkumi (Libra). Ung yorugʻ yulduzi 2,6 vizual yulduz kattaligida Ilon, Ilon eltuvchi, Aqrab, Sunbula yulduz turkumlari orasida joylashgan. Oʻzbekistonda qish oxiri, bahor va yoz boshlarida koʻrinadi;
    [8,9]

    Mustaqillik tufayli yesa boy o’tmishimizni o’rganishga keng yo’l ochildi.

    Yuqorida nomlari tilga olingan ulug’ bobolarimizning yurt tinchligi, Vatan taraqqiyoti yo’lida va xalq farovonligi haqidagi, shuningdek Komil inson to’g’risidagi ta’limotlari, ularning yuksak ma’naviyatli kishilar yekanligiga shubha qolmaydi. Demak biz mustaqilligimiz va barkamol avlod tarbiyasiga ham to’liq javobgarligimiz va bunga to’liq ma’naviy asosimiz bor.

    Ajdodlarimiz orzusini ye’tiborga olgan yurtboshimiz bu borada jahonshumul ahamiyatga yega bo’lgan ishlarni amalga oshirmoqdalar. Jumladan, «Taraqqiyotning o’zbek modeli» ya’ni yurtboshimiz tomonidan jamiyatni isloh qilishning ilmiy asoslangan bosh tamoyili yoki bevosita barkamol avlod tarbiyasiga tegishli bo’lgan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ning 1997 yil 29 – avgustda qabul qilinishi ota-bobolarimiz yezgu –niyatlarini amalga oshirish yo’lidagi buyuk qadam dea olamiz.

    Bugungi kunda “Barkamol avlod dasturi”ning o’z vaqtida qabul qilinganligi ta’lim-tarbiyada muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda yosh avlodning har tomonlama yetuk shaxs sifatida shakllanishda milliy-ma’naviy qadriyatlar dasturul amal bo’lib xizmat qiladi.

    Bular:

    - barkamol avlod orzusini amalga oshirish;



    - orzuga erishish maqsadi va vazifalarini to’g’ri belgilash;

    - orzuga yerishmoq yo’li bo’yicha tushunchalar berish;

    - uzluksiz ta’lim tizimini to’liq amalga oshirish;

    - kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish bosqichlari;

    - kadrlar tayyorlash milliy dasturi milliy modeli;

    - milliy modelni amalda joriy yetish yo’llari;

    - raqobatbardosh mutaxassis tayyorlashga erishish.

    Albatta bu qayd yetilgan ketma – ketlik orqali yosh avlodni barkamol shaxs qilib shakllantirishga erishiladi.

    Shuning bilan birga Respublikamiz ma’naviya va ma’rifat kengashi ham barkamol avlod tarbiyasi mafkurasini xaqimiz qalbi va ongiga singdirish borasida o’z Amaliy ishlarini muvofiqlashtiribborsa, Ushbu yo’nalishdagi ishlar yanada rivojlanar yedi. Jumladan, inson huquqlari milliy markazi, ma’rifatparvarlar jamiyati, Oila ilmiy-amaliy markazi, faylasuflar milliy jamiyati, ijtimoiy fikr markazi kabi tashkilotlar o’z ish faoliyatlarini barkamol avlod tarbiyasi bilan uyg’un holda tashkil etib borsa barkamol avlod tarbiyasida qayta yutuqlarga erishish mumkin.

    Milliy qadiriyatlar o’rganish o’zlikni anglashning asosiy bosqichlaridan biri bo’lib, ularni o’rganishning bir qancha uslublari mavjud.

    Uslub - tilning inson faoliyatining muayyan sohasi bilan bogʻliq vazifalariga koʻra ajratilishi. Kishilar faoliyatning barcha sohalarida aloqa qilish jarayonida tildagi leksik, frazeologik, grammatik va fonetik vositalarni tanlash va ishlatishda birbirlaridan maʼlum darajada farq qiladilar.
    Jumladan: oila tarbiyasi – yo’nalishida halqimizning boy tajribasi o’rganilgan. Vatanparvarlik yo’nalishida halqimizning buyuk siymolari faoliyati, ularning yel oldidagi xizmatlari ko’rsatilgan va shunga o’xshsh milliy qadriyatlar o’rganib chiqilgan. Zamonaviy ta’lim-tarbiyada yesa KTMD da qayd yetilganidek «O’quv uslubiy majmualarining ham ta’lim jarayoni didaktik va axborat ta’limotining Yangi avlodini ishlab chiqi shva joriy yetish », axborat bazasini yaratish va ular orasida ta’lim berish dolzarb muammodi. Ma’lumki XXI asr intellektual salohiyatni yuksaltirish asri bo’lib, u halq ho’jaligi tarmog’ining barcha sohalariga o’z informasion texnologiyalari bilan kirib kelmoqda. Shu jumladan ta’lim sohasida ham yangi zamonaviy axborot va telekomunikasion texnologiyalardan keng foydalanilmoqda. Inson tafakkuri har ishga qodir. Shuning uchun ham yeng asosiy muammolarni ijodkor o’z tafakkuri orqali yechishga harak qiladi va bunda kompyuterlar qo’yilgan maqsadga tezroq va qulayroq usul bilan yetib olishga imkoniyat yaratadi.
    Kompyuter (ing . computer - hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) - oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama.
    Mana shu holatni inobatga olgan holda o’z izlanishlarimizda kompyuterlardan kengroq foydalanish tizimini yo’lga qo’yishni o’z oldimizga vazifa qilib qo’ydik. Milliy-ma’naviy qadriyatlarimizni yoshlar ongiga singdirishda, ayniqsa boshlang’ich ta’limda har tomonlama qiziqarli usullardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bizlarga berilgan keng imkoniyatlardan to’g’ri foydalanib, yoshlarni barkomol avlod darajasiga ko’tarishda, o’qituvchining pedagogik mahoratga va pedagogik qobiliyatga ega ekanligi muhim ko’rsatkich hisoblanadi.

    Milliy-ma’naviy qadriyatlarni boshlang’ich sinf o’quvchilariga odobnoma va o’qish darslarida singdirish borasida bir qancha ishlar amalga oshiriladi. Undan foydalanib dars mazmunini boyitish texnologiyasi to’g’risida keyingi bobda alhida to’xtalib o’tamiz.



    Download 440 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




    Download 440 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi

    Download 440 Kb.