• Islom Karimov
  • Markaziy Osiyodagi
  • Xorazm
  • Baqtriya
  • Antropologiya
  • “FALSAFA” FANINING MAZMUNI




    Download 2,64 Mb.
    bet3/57
    Sana10.04.2017
    Hajmi2,64 Mb.
    #4422
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57

    2.

    FALSAFA” FANINING MAZMUNI



    BIRINChI BO’LIM

    Falsafaning baxs mavzulari, jamiyatdagi o’rni va asosiy vazifalari
    1-mavzu. Falsafaning predmeti va asosiy mavzulari. Falsafiy dunyoqarash. Falsafaning asosiy yo’nalishlari, fanlar tizimidagi o’rni va vazifalari. Mustaqillik va falsafiy dunyoqarashning yangilanish zarurati.

    "Falsafa" atamasining mohiyati va mazmuni, uning tarixiy va zamonaviy talqinlari.

    Falsafaning bahs mavzulari va ularning xilma-xil talqinlari. Abadiy va o’tkinchi muammolar. Falsafiy mavzularni ilmiy-nazariy o’rganish va tadqiq etish masalalari.Falsafiy bilimlar negizida tibbiy bilimlarning ishtiroki.

    Falsafada milliylik va umuminsoniylik. Jahon falsafasi taraqqiyotida milliy falsafiy maktablarning o’rni. Islom Karimov — istiqlol falsafasining asoschisi.

    Islom Abdugʻaniyevich Karimov (1938-yil 30-yanvar, Samarqand shahri - 2016-yil 2-sentabr, Toshkent shahri) - davlat va siyosat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti. Oʻzbekiston Qahramoni (1994).

    Dunyoqarash tushunchasi, uning moxiyati, mazmuni. Afsona va rivoyatlar — mifologik dunyoqarashning g’oyaviy ildizi. Diniy dunyoqarash, uning asosiy qadriyatlari va tamoyillari.

    Falsafa — dunyoqarash sifatida. Uni dunyoqarashning boshqa shakllari bilan o’zaro bog’liqligi. Falsafiy dunyoqarashning umuminsoniy va milliy xususiyatlarini o’rganishning ahamiyati.

    Ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimida falsafaning o’rni va mavqei. Falsafaning boshqa fanlarga ta’siri, O’zbekistonda ijtimoiy fanlar tizimidagi zamonaviy o’zgarishlar jarayoni. I.Karimov ijtimoiy-falsafiy bilimlarning yangi mazmundagi tizimini yaratish zaruriyati haqida.

    Falsafaning asosiy funksiyalari. Yosh avlodni ma’naviy komillik, istiqlolga sodiqlik ruhida tarbiyalashda falsafaning ahamiyati.

    Tarixiy rivojlanish, ijtimoiy taraqqiyot va falsafiy tafakqurning aloqadorligi. Insoniyat falsafiy dunyoqarashining o’zgarish dialektikasi, uning tarixiy va ijtimoiy jarayonlarga bog’liqligi.

    Istiqlol va falsafiy dunyoqarashning o’zgarishi zarurati. Mustaqillik — falsafiy tafakkur o’zgarishining asosi va shart-sharoiti. Mafkuraviy bo’shliq va uni yangi mafkura bilan to’ldirishning falsafiy vazifalari. Mustaqillikni mustahkamlash, yangi tafakkurni shakllantirishda falsafa­ning o’rni va ahamiyati.

    Falsafiy dunyoqarash o’zgarishida ta’lim-tarbiyaning ahamiyati. Mustaqillik davrida ijtimoiy-falsafiy fanlarni o’qitish talablarining o’zgarishi. Falsafiy dunyoqarash o’zgarishi va yoshlar kamoloti. Yoshlar ongida yangicha dunyoqarashni shakllantirish vazifalari.

    IKKINChI BO’LIM

    Falsafa tarixi va tarix falsafasi

    2-mavzu. Qadimgi Sharq va Antik dunyo falsafasi

    Sharq — jahon sivilizatsiyasining markazlaridan biri. Qadimiy Sharq, Misr va Bobildagi falsafiy va tibbiy bilimlarning rivoji. Hind falsafasi: vedalar va upanishadalar, jaynizm, xinduizm va buddizm, qadimgi Xitoy fal­safasi: konfutsiylik va daosizm g’oyalari.

    Antik dunyo falsafasi. Antik dunyo va Yunoniston falsafasining klassik davri.

    Yunoniston, Yunoniston Respublikasi (Helliniki Dimokratia) - Janubi-Sharqiy Yevropada, Bolqon yarim orolning janubida va uning atrofidagi orollarda (yiriklari - Krit, Evbeya, Rodos, Lesbos) joylashgan davlat.
    Milet va Eley maktablari. Gerak­lit, Pifagor va pifagorchilar.

    Sofistlar falsafasi. Suqrot va Aflotun falsafasi. Platonning g’oyalar dunyosi va soyalar dunyosi to’g’risidagi ta’limoti. Yunonistonlik atomistlar: Levkipp, Demokrit va boshkalar. Aristotelning hayoti, faoliyati va asarlari.

    Ellinizm davri va stoiklar falsafasi. qadimgi Rimda falsafiy fikrlar. Xristianlikning shakllanishi, tarqalishi va g’arb falsafa fikrlariga ta’siri.

    3-mavzu. Markaziy Osiyodagi falsafiy fikrlar, uning jahon

    madaniyatida tutgan o’rni

    Markaziy Osiyodagi eng qadimgi falsafiy qarashlar.

    Asar (arab. - iz, qodsiq) - 1) bi-ror narsadan qolgan yoki undan darak beruvchi belgi; nishon, iz; 2) Muhammad (sav) dan qolgan barcha sunnatlar; 3) olim, yozuvchi, rassom, bastakor va boshqa ijodining mahsuli.
    Markaziy Osiyo - Osiyo materigining ichki qismidagi tabiiy oblast. Maydoni 6 mln. km². Shim. va gʻarbiy chekkasi Mongoliya, XXR bilan RF oʻrtasidagi davlat chegarasigacha boʻlib, sharqi Katta Xingan, jan.
    Qadamgi Xorazm, So’g’diyona, Afrosiyob, Shosh madaniyati, uning milliy istiqlol mafkurasi shakllanishidagi ahamiyati.

    "Avesto" va zardushtiylik g’oyalari.

    Xorazm, Qadimgi Xorazm - Turon va Eron mintaqalari oraligʻida joylashgan tarixiy oʻlka va qadimgi davlat. Xorazm hududi qadimda Amudaryo adoqlaridan janubga tomon Murgʻob va Tajan daryolarining yuqori oqimlarigacha choʻzilgan.
    Afrosiyob - Samarqandning qadimgi xarobasi. Bu nom tarixiy manbalarda qadimgi Samarqandga nisbatan faqat 17-asrdan boshlab uchraydi. Qadimgi Samarqand sugʻd manbalarida Smarakanve deb atalgan. Mil. av.
    Zardushtiylik, zoroastrizm - miloddan avvalgi 7-6asrlarda vujudga kelgan din. Asoschisi - Zardusht deli. Soʻnggi tadqiqot xulosalariga qaraganda, Oʻrta Osiyo, xususan, Xorazm 3. vatani boʻlgan. Oʻrta Osiyo, Eron, Afgʻoniston, Ozarbayjon hamda Yaqin va Oʻrta Sharqning bir necha mamlakatlarida tarqalgan.
    Avesto — mamlakatimiz sivilizatsiyasi va xalqlarimiz ijtimoiy fikri tarixining qadimgi namunasi. Makedoniyalik Iskandar istilosi, Baqtriya va Kushon davlati davridagi g’oyaviy qarashlar, Mar­kaziy Osiyoda buddaviylik.
    Baqtriya, Baqtriyona, Baxtar zamin Baktriya - Amudaryoning yuqori va oʻrta oqimidagi tarixiy vi-loyat. Asosan hozirgi Oʻzbekiston va Tojikistonning jan. viloyatlari hamda Af-gʻonistonning shim. qismini oʻz ichiga olgan.
    Buddizm (Budda nomidan olingan), Buddaviylik - jahonda keng tarqalgan dinlardan biri (xristianlik va islom dini bilan birga). Unga eʼtiqod qiluvchilar taxminan 500 mln.dan ortiq. Miloddan avvalgi 6-5-asrlarda Hindistonda paydo boʻlgan.

    Moniy va Mazdakning falsafiy qarashlari. Ularning tarixiy taqdiri va xalqlarimiz ma’naviy taraqqiyotiga ta’siri. Markaziy Osiyoning arablar tomonidan bosib olinishi.

    Arablar, al-arab - G‘arbiy Osiyo va Shim. Afrikadagi arab mamlakatla-rida yashovchi xalqlar guruhi. Umumiy soni 199 mln. kishi (1992). A., asosan Afrika va Osiyo mamlakatlarida: Misr, Sudan, Liviya, Tunis, Jazo-ir, Marokash, Livan, Suriya, Iroq, Iordaniya, Saudiya Arabistoni, Yaman va boshqa yerlarda yashay-di, bu mamlakatlar aholisining qariyb 80% ini tashkil qiladi.
    Mustamlakachilikka qarshi kurash — ozodlik va mustaqillik g’oyasi timsoli.
    Kurash - sport turi, belgilangan qoidaga muvofiq ikki sportchining yakkama-yakka olishuvi. Kurashish sanʼati koʻp xalqlarda qadim zamonlardan buyon maʼlum. K. ayniqsa Yunonistonda keng tarqalib, qad. olimpiada musobaqalaridan doimiy oʻrin olib kelgan.
    Qarshi (1926 37 yillarda Behbudiy) - Qashqadaryo viloyatidagi shahar (1926 yildan), viloyat markazi (1943 yildan). Qashqadaryo vohasining markazida, Qashqadaryo boʻyida, xalqaro t. yil va avtomobil yoʻllari kesishgan joyda.
    Ilk o’rta asrlarda Vatanimizning jahondagi yirik madaniyat markazlaridan biriga aylanishi. Sivilizatsiyamizning Sharq xalqlari madaniyatiga ta’siri.
    Xalq - bu odamlar jamoasi boʻlib, ularning tili, madaniyati, sanʼati, dini boshqa jihatlarini birgalikda aks ettiradi. Xalq tushunchasi keng boʻlib jihatlari bilan birlashtiriladigan odamlar yigʻindisiga aytiladi.

    Imom al-Buxoriy va Imom at-Termiziy buyuk hadisshunos olimlar. "Al jome’ as-saxix" asari, Imom ul-A’zam Abu Hanifa, imom Moturidiy va Burhoniddin al-Marg’inoniy qarashlari, "Al-Hidoya" asari. Al-Xorazmiy, al-Farg’oniy, Forobiy, Beruniy va Ibn Sinoning ilmiy-falsafiy qarashlari. Tasavvuf va uning tariqatlari.

    Mo’g’ul bosqini: ijtimoiy-siyosiy va madaniy-falsafiy tafakkur tanazzuli. Bosqinchilarga qarshi kurash - mustaqillik g’oyalari va harakati timsoli. Markaziy Osiyo uyg’onish davrining bosqichi, ular o’rtasidagi uzviy aloqadorlik masalalari.

    Ilk o’rta asrlardagi Vatanimiz madaniyatining sharq va jahon sivilizatsiyasiga ta’sirini o’rganish muammolari. "Alloh qalbimizda, yuragimizda" tamoyili va ilk o’rta asrlardagi diniy fikrlarni falsafa o’rganishning hozirgi davrdagi ahamiyati.

    Mo’g’ul bosqini oqibatlari va markazlashgan davlat g’oyasi. Amir Temur va temuriylar davlati uning ijtimoiy-siyosiy hayoti.

    14-asr oʻrtalarida barlos beki oʻgʻli Temur Taragʻay buyuk siyosiy arbob sifatida tarix sahnasida namoyon boʻladi. Nufuzli turk amiri Qazagʻon nabirasi - Samarqand hukmdori Xusayn bilan ittifoqchilikda Temur Movarounnahrni birlashtirish va uni moʻgʻil bosqinidan ozod qilish uchun kurash boshlaydi.
    "Temur tuzuklari" va milliy g’oyalar rivoji.

    Ulug’bek — o’rta asr madaniyatining atoqli vakili. Ulug’bek akademiyasi. Alisher Navoiyning hayoti va ijodi. Bobur va boburiylar davri — Temur davri milliy g’oyalarining Sharq va Xindistonga tarqalish jarayoni sifatida "Boburnoma" va uning g’oyalari. Mirza Bedil va Bobo-raxim Mashrabning ijtimoiy-falsafiy qarashlari.

    Temuriylar davridan keyingi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar. Shayboniy va shayboniylar davrida falsafiy fikrlar.

    Boburiylar - Hindistonda (1526-1858) hukmronlik qilgan sulola. Temuriylarlzm Zahiriddin Muhammad Bobur asos solgan. Chet ellarda, mamlakatimizda, hatto Hindistonda ham Boburni va uning avlodlarini "buyuk moʻgʻullar" deb atash odat boʻlib qolgan.
    Shayboniylar - Buxoro xonligini boshqargan sulola (1500-1601). Shayboniyxon asos solgan. Shayboniyxon 15a. oxiri va 16-a. boshlarida tojtaxt uchun oʻzaro kurashayotgan temuriy shahzodalar (q. Temuriylar)nhht oʻzaro nizolari oqibatida Movarounnahrning asosiy shaharlari: Samarqand va Buxoroni osonlik bilan egallab, yangi davlatga asos solgan.
    Yagona milliy g’oyaviy tamoyillar tizimining umumetnik xususiyatini yo’qotishi. Dunyoviylikning zaiflashuvi. Milliy g’oyalar tizimi­ning umumiy tanazzuli. XVII-XVIII asrlarda mamlakatning xonlik va amirliklarga bo’linib ketishi. Ulardagi ijtimoiy-siyosiy ahvol va madaniy jarayonlar. Ogaxiy va Axmad Donish faoliyati.

    Millatning g’oyaviy tarqoqligi va mafkuraviy zaiflik oqibati. Chorizm istilosi va falsafiy fikr taqdiri. Maf­kuraviy maydonda istilochilar g’oyalarining ustivorligi.

    XIX asr oxiri va XX asr boshlarida falsafiy fikrlar. Jadidlar harakati. Jadidlik — milliy g’oyalar uchun kurash falsafasi. Behbudiy, Munavvarqori, Fitrat, Cho’lpon, Abdulla qodiriy, Abdulla Avloniy — jadidlik falsafasining namoyandalari.

    Sobiq ittifoq va totalitarizm davri, mustabidchilik mafkurasi asoratlari: falsafiy xulosa va saboqlar. Mar­ksizm: uni qadrlanish va qadrsizlanish sabablari.

    4-mavzu. O’rta asrlar va yangi davr Ovrupadagi falsafiy fikrlar

    Rim imperiyasining qulashi va Ovrupada yagona milliy mafkuraning tanazzuli. O’rta asrlarda Ovrupa madaniyati. Nomina­lizm va realizm, apologetika, patristika va sxolastika g’oyalari.

    Renessans davri falsafiy tafakkuri. Ovrupada XV-XVII asrlardagi ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar va yangi zamon fal­safiy tafakkurining shakllanishi. Rim falsafasi: J.Bruno, N.Kopernik, F.Bekon, T.Gobbs qarashlari.

    XVII asr Ovrupa falsafasidagi ratsionalizm. XVIII asr ma’-rifatchiligi: Volter, Russo, Lametri, Didro, Gelvetsiy, Golbax.

    I.Kant — nemis falsafasining namoyandasi. Kantning dunyoni falsafiy anglash haqidagi ta’limoti. V.Gegel — ne­mis falsafasining yirik namoyandasi. Gegeldan keyingi falsafiy oqim va g’oyaviy jarayonlar.

    O’rta va yangi davr Ovrupa falsafasini o’rganishning hrzirgi davrdagi ahamiyati.

    5-mavzu. Hozirgi zamon jahon falsafasi va uning

    asosiy oqimlari

    Hozirgi zamon falsafasidagi vorislik va yangilanish, Zamonaviy xorijiy Sharq mamlakatlarida falsafiy fikrlar, oqim va maktablar.

    Pozitivizm falsafasi. O.Kont, D.S.Mill, G.Spenserning qarashlari. Neopozitivizm va postpozitivizm g’oyalari. Empiriokrititsizm falsafasi. F.Nitsshening falsa­fiy qarashlari.

    Hayot falsafasi — hozirgi demokratik mamlakatlarida inson yashashining tamoyili sifatida. A.Bergson va O.Shpengler falsafiy ta’limoti. Pragmatizm falsafasi. Ch.Pirs, U.Jeyms, JDyuining falsafiy qarashlari. "Amerikacha yashash modeli" g’oyasi va uning amalga oshirilishi.

    Ekzistensializm falsafasi. Kyerkegor — inson falsafa­sining asoschisi. Inson qadri va haq-huquqlari muammosi.

    Farb mamlakatlarida jamiyat falsafasi. Industrial va postindustirial jamiyat nazariyasi. K.Popper va uning "Ochiq jamiyat" nazariyasi. "Ziddiyatlar nazariyasi" — konfliktologiya va uning asosiy tamoyillari. A.3yemmel, R.Darendorf, A.Kozer va T.Parsons qarashlari.

    UChINChI BO’LIM

    Ontologiya: borliq xaqida falsafiy qarashlar

    6-mavzu. Olam va odam: falsafiy talqin. Borliq falsafasi.

    Tabiat falsafasi

    Olam va fanning paydo bo’lishi va evolyutsiyasi haqida hozirgi zamon falsafasi fikrlari.Salomatlik va kasalliklarning inson borlig’ining integrativ shakllari sifatidagi mohiyati.

    Olam va odamning mavjudligi, yashashi va salomatligi bilan bog’liq muammolar — falsafaning asosiy masalasi, olam to’g’risidagi monistik, dualistik va plyuralistik qarashlar hamda ularning bugungi kundagi ahamiyati.

    Olam tushunchasi. Olamning diniy, ilmiy va falsafiy manzarasi. Olamning namoyon bo’lish shakllari: moddiy, ma’naviy, tabiiy, ijtimoiy, individual va boshqalar.

    Odam va olam, ularning dunyoviy, diniy va falsafiy talqinlari. Borliq tushunchasining mohiyati va ma’nosi. Borliq, yo’qlik, mavjudlik, moddiylik va ruhiylik tushunchalari. Ularning dunyoviy, diniy va falsafaiy talqinlari. Borliq haqidagi tarixiy konsepsiyalar.

    Ob’yektiv va sub’yektiv borliq tushunchalari. Borliqning anorganik, organik va ijtimoiy shakllari. Mikrodunyo, makrodunyo, megadunyo va ularning namoyon bo’lish xususiyatlari. Borliq va vujudga kelish. Abadiylik, azaliylik, mangulik, o’tkinchilik, tug’ilish va o’lim, "bu dunyo" va "u dunyo" to’g’risidagi mushohadalar.

    Voqelik (reallik) tushunchasi. Materiya kategoriyasi. Uning xususiyatlari va namoyon bo’lish shakllari haqida zamonaviy qarashlar. Materiyaning butunlik tamoyili va uning qismlarga bo’linganligi. Materiyaning ko’rinishi.

    Harakat tushunchasi. Harakatning asosiy shakllari va ular o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik. Harakatning abadiyligi, uzluksizligi va tinchlikning nisbiyligi tamoyili.

    Borliqning fazo va vaqtda mavjud bo’lish tamoyili. Ma­kon va zamon tushunchalari, ularning o’zaro bog’liqligi. Fazo — vaqt o’lchamlari va ularning cheksizligi muammosi. Makon va zamonning abadiyligi va uzluksizligi tamoyili. Ijtimoiy makon va zamon, uning taraqqiyot tamoyillari.

    Borliq va uning mavjudlik usullarini falsafiy o’rganishning yoshlar ma’naviy kamolotidagi ahamiyati.


    TO’RTINChI BO’LIM

    Falsafiy qonunlar va kategoriyalar

    7-mavzu. Falsafiy qonunlar va kategoriyalar

    Taraqkiyot jarayonida takrorlanish tamoyili. qonun va qonuniyat tushunchalari. Qonunlarning ob’yektivligi. Tabiat va jamiyat qonunlari. Falsafiy krnunlar va ularning o’ziga xos xususiyatlari.

    Voqelik va o’zgarish jarayonida ayniyat va ziddiyat dialektikasi. Ayniyat, tafovut, qarama-qarshilik va ziddiyat tushunchalari. Ular o’rtasidagi aloqadorlik. Ayniyat va ziddiyat dalektikasining tabiat va jamiyat uchun axamiyati. I.Karimov o’zgarishlarning ziddiyatli xarakteri, uni yechish yo’llari, imkoniyatlari to’g’risida. Mustaqillik va jamiyatning tadrijiy taraqqiyoti.

    Olamning mavjudligi — mikdor va sifat voqeligi tarzida. Miqdor va sifat tushunchalari. Me’yorning buzilishi va yangi sifatga o’tish. Taraqqiyotning tadrijiy o’zgarish usuli va uning hozirgi O’zbekistonda namoyon bo’lish xususiyatlari.

    O’zgarish va rivojlanish jarayonida o’z-o’zini inkor etish tamoyili. Inkor tushunchasi. Inkorni inkor dialektikasi. Vorislik — eskining inkori va yangilikning shakllanishi sifatida. Yangilikda eskilik elementlarining saqlanishi va barham topishi muammolari. Yangini qurmasdan - eskisini buzmaslik tamoy­ili. Mustaqillikni mustaxkamlash jarayonida vorislik va yangilanishning o’ziga xos xususiyatlari. Bu jarayonning istiqlol mafkurasini shakllantirish va komil inson tarbiyasi uchun ahamiyati.

    Olam mavjudligi va o’zaro aloqadorligining alohida, xususiy va umumiy jihatlari. Butun va bo’lak, sistema struktura va element — olam tuzilishining namoyon bo’lish shakllari sifatida. Ayrimlik xususiylik va umumiylik, butun va qism—kategoriyalari.

    Moxiyat va hodisa voqelikdagi o’zaro bog’liqlikning ko’rinishlari sifatida. Mohiyat va hodisa kategoriyalari. Ularning ta­biat va jamiyatda namoyon bo’lishi. O’zbekistonning istiqloli va mustaqillikni mustahkamlashning tub moxiyati. Bu boradagi amaliy qadamlar - o’zgarishlar jarayonining hodisalari tarzida.

    Voqelikda mazmun va shaklning namoyon bo’lish xususiyatlari. Mazmun va shakl kategoriyalari, ularning tabiat va inson hayotida namoyon bo’lish xususiyatlari. O’zbekistonning istiqloli: islohotlarning amalga oshish jarayonida mazmun va shaklning birligi.

    O’zgarish va o’zaro aloqadorlik jarayonidagi sababiy bog’lanishlar. Sabab va oqibat kategoriyalari. Voqea va hodisalar o’zaro aloqadorligining sabab va oqibat bog’lanishi tarzida amalga oshishi.

    Voqeliqdagi zaruriy va tasodifiy jarayonlar. Zaruriyat va tasodif kategoriyalari, ularning o’zaro aloqasi va bir-birini taqozo etish tamoyili. Zaruriyat va tasodifning na­moyon bo’lish xususiyatlari.

    O’zgarishlar va taraqqiyot jarayonida imkoniyat va voqelik. Imkoniyat va voqelik kategoriyalari, ularning mohiyati va mazmuni. O’zbekistonning mustaqilligini mustahkamlashda imkoniyat va voqelikning uyg’unligi.


    BEShINChI BO’LIM

    Gnoseologiya: bilish falsafasi

    8-mavzu. Ong va ruhiyat. Bilish falsafasi

    Ong va ruhiyatni shakllanishi va rivojlanishi haqidagi tabiiy ilmiy tasavvurlar va qarashlar. Falsafada ong va ruhiyat muammosi.

    Inson ongining tabiiy-ijtimoiy jihatlari. Ong va in’ikos. In’ikosning mohiyati, asosiy shakllari. In’ikos jarayoni.

    Hissiyot va tasavvur. Iroda va tafakkur. O’z — o’zini anglash.Onglilikk va ongsizlik muammolari. Ong, til va nutq.

    Ong va xotira. Gipnoz va parapsixologik hodisalar.

    Ijtimoiy va individual ong. Bilim va bilish falsafiy tahlil mavzui sifatida. Bilish — gnoseologiyaning asosiy kategoriyasi. Bilim — bilishning maqsadi hamda asosiy natijasi. Bilish ob’yekti va sub’yekti. Sub’yektning aktivligi va bilimning ob’yektivligi.

    Inson bilishining asosiy bosqichlari: Hissiy va aqliy bi­lish. Sezish, idrok, tasavvur, tushuncha, hukm va xulosa.

    Ilmiy bilishning mohiyati va uslublari. Metod, nazariya va metodologiya. Umumiy va maxsus ilmiy uslublar. Bilishda empirizm va ratsionalizim. Amaliy va nazariy tadqiqotning uslublari va vositalari.

    Haqiqat tushunchasi. Hakiqatga erishish - bilishning asosiy maqsadi. Hakikatning turli shakllari: mutloq, nisbiy va sarob xaqiqatlar. Haqiqatning aniq-ravshan (konkretliligi) haqiqat mezoni.


    OLTINChI BO’LIM

    Ijtimoiy falsafa

    9-mavzu. Jamiyat va inson falsafasi. Jamiyat falsafiy taxlil ob’yekti.

    "Jamiyat" tushunchasi, uning mohiyati, mavjudligi va taraqqiyoti qonunlari. Jamiyat — insoniyatning umumiy oilasi. Ja­miyat mavjudligining moddiy va ma’naviy omillari. Jamiyat taraqqiyoti hakida turli xil nazariyalari. Jamiyat rivojida tadrijiylik va vorislik. Jamiyat tarixi va taraqqiyotiga sinfiy qarash hamda ijtimoiy ziddiyatlarni mutlaqlashtirishning zarari.

    Inson olamning tarkibiy qismi. Odam, inson, individ va shaxs tushunchalari. Inson tarixning yaratuvchisi va eng ulug’ ijtimoiy qadriyat. Antropologiya — inson to’g’risidagi fan.

    Antropologiya - (antropo … va … logiya) - odamning kelib chiqishi va evolyutsiyasi, odamzod irqlarining pay-do bo‘lishi, odamning tana tuzilishida-gi normal farq-tafovut, o‘zgaruvchanlik haqidagi fan. A.
    Insonning jamiyatdagi o’rnini zamonaviy talqinlari.

    Insonning tabiati va mohiyati. Inson mavjudligi: (jism) va ruh (ma’naviyat) uyg’unligi. Inson borligi: tabiiy jonzot, biologik zot, ijtimoiy vujud. Insonning ma’naviy-ruhiy olami. Shaxsning tabiiy, ijtimoiy va ma’naviy-psixologik xususiyatlari. Maqsad va manfaatlar inson borlig’ining tamoyillari sifatida.

    Jamiyat hayotida barqarorlik va beqarorlik. Barqaror rivojlanish — tinchlik va tadrijiy taraqqiyot garovi. Insoniyatning xavfsiz rivojlanish imkoniyatlari va muammolari. Jamiyat taraqqiyotida tolerantlik tamoyili.

    Jahonning milliy davlatchilik taraqqiyoti. Taraqqiyotda o’ziga xoslik va moslik tamoyili. O’zbekistonning milliy istiqloli. Mustaqillikni mustahkamlash, ozod va obod Vatan bunyod qilish jarayoni.

    Taraqqiyotning o’zbek modeli — jamiyat rivojining tadri­jiy rivojlanish konsepsiyasi.

    Jamiyat va oila. Sog’lom avlod tarbiyasi — jamiyat kelajagi uchun harakat.

    Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi.
    Ona va ayolning muqaddasligi - o’zbekona qadriyat. Ona tili — millat ruxi.
    Til deb murakkab muloqot tizimiga yoki shu tizimni oʻrganish va ishlatish qobiliyatiga aytiladi. Tilni oʻrganuvchi sohaga tilshunoslik deyiladi. Jahon tillari miqdorini aniqlash uchun til va sheva orasida farq oʻrnatish zarur.
    O’zbekistonda jamoa, tashkilot va uyushmalar faoliyati. Jamiyat taraqqiyotida davlat. Islohotlar siyosati va davlatning islohotchi ekanligi.

    10-mavzu. Global muammolar falsafasi. Jaxon sivilizatsiyasi va taraqqiyotning o’zbek modeli


    Insoniyat istiqbolini belgilovchi eng ustuvor yo’nalish, jarayon va muammolar. Jahon taraqqiyotining yaqin va uzoq, kelajagini ilmiy bashorat qilish imkoniyatlari. Ilmiy bashorat kilish usullari. Ilmiy gipoteza va taxminlar, ularning ahamiyati. I.Karimov tomonidan asoslangan "O’zbekiston — kelajagi buyuk davlat" g’oyasi ilmiy bashorat namunasi. Ijtimoiy taraqqiyotning hozirgi davr va uning o’ziga xos xususiyatlari. Xalqaro integratsiya jarayonlari va universal texnologiyalar. Umumbashariy muammo­lar, ularning asosiy yo’nalish va namoyon bo’lish xususiyatlari. Umumbashariy muammolarini xal qilish yo’llari va imkoniyatlari.

    Jahon va O’zbekiston XXI asrda: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqkiyot kafolatlari. XXI asr boshlarida O’zbekiston taraqkiyotining asosiy yo’nalish va xususiyatlari.



    Respublikamiz tabiati va uni asrab-avaylash muammolari. Orol bo’yi ekologiyasi va mamlakatimiz tabiatini asrashda inson mas’uliyati. Sog’lom avlod uchun xarakat va O’zbekiston inson salomatligiga e’tibor. Ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash vazifalari.O’zbekistonda inson salomatligiga e’tibor.


    4.

    FALSAFA” FANIDAN MUSTAQIL TA’LIM UChUN

    REFERAT MAVZULARI


    Download 2,64 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




    Download 2,64 Mb.