Korxonalarda texnik xavsizlikni taminlash asoslari. Otdan darak beruvchi qurilmalar ulardan foydalanish talablari qollash usullari




Download 172,64 Kb.
Sana10.12.2023
Hajmi172,64 Kb.
#115190
Bog'liq
H.F.X.8

KORXONALARDA TEXNIK XAVSIZLIKNI TAMINLASH ASOSLARI. OTDAN DARAK BERUVCHI QURILMALAR ULARDAN FOYDALANISH TALABLARI QOLLASH USULLARI

XUDOYBERGANOV. S

  • Mehnat xavfsizligining asosiy masalalaridan biri ishlovchilarning xavfsizligini taminlash bo'yicha ish hisoblanadi. Zamonaviy ishlab chiqarish uni doimiy ravishda texnik jihatdan qurollantiruvchi, kimyoviy va mikrobiologik vositalardan foydalanishi, mobillashgan jarayonlarning keng qo'llanilishi bilan xarakterlanadi. Bunday sharoitlarda xavfsizlik talablarining buzilishi, baxtsiz hodisalarga olib keladigan xavfli holatlarni keltirib chiqaradi.
  • Mehnat xavfsizligi - bu shunday mehnat sharoitiki, bunday ishlab chiqarishda ishchilarga zararli va xavfli omillarning ta'sirini butunlay oldi olingan bo'ladi. Ishlab chiqarish sharoitida odamlar ishlab chiqarishning fizik va kimyoviy omillaridan jarohatlanadi.
  • Bino-inshootlarning xavfli fizikaviy omillari harakatlanayotgan mashinalar, uskunalarning himoyalanmagan ko'zgaluvchan elementlari, harakatlanuvchi buyumlar, materiallar, uskunalar yoki materiallarning sirtidagi yuqori yoki pastki haroratlar, elektr setidaga xavfli kuchlanishlar, qisilgan havoning, gazning energiyasi, portlashlar, to'lqin zarbi va shunga o'xshashlar hisoblanadi. Odamlarning sog'ligi uchun ayniqsa ishlov berilayotgan materiallardan va instrumentlardan uchayotgan qismlar jiddiy xavf tug'diradi. Bino-inshootlarida xavfli kimyoviy omillari inson organizmiga achchiq, zararli va og'rituvchi moddalarni ta'siri bilan xarakterlanadi.
  • Bino-inshootlarning u yoki bu xavfli omillarining paydo bo'lishi texnologik jarayon, uskunalar konstruktsiyasi, mehnatni tashkillashtirish darajasi va unga o'xshashlarga bog'liq bo'ladi.
  • Bino-inshootlarning xavfli omillari namoyon bo'lish xarakteri bo'yicha ochiq va yopiq turlarga bo'lish mumkin. Ochiq xavfli omillar ochiq tashqi belgilari mavjudligi bilan xarakterlanadi. Bunga mashinalarning harakatlanayotgan qismlari, yong'in, ko'tarilgan va tarozidagi osilgan holda turgan yuklar kiradi.
  • Yopiq xavflar mashina, mexanizm, jihoz va asboblardagi ko'zga ko'rinmas nukson va kamchiliklar yoki ma'lum avariya va xavfli holatlarda paydo bo'ladigan kamchilik ko'rinishda bo'ladi.
  • Bino-inshootlarning mashina va mexanizmlarning xavfli zonalari.
  • Ishchilar xavfning manbaiga bevosita tekkanda yoki unga yo'l qo'yib bo'lmaydigan masofaga yaqinlashganda jarohatlanishi mumkin. Inson sog'ligiga va hayotiga xavf tug'diradigan xavfli ishlab chiqarish omillari doimo mavjud bo'lgan yoki vaqti-vaqti bilan namoyon bo'ladigan fazo xavfli zona hisoblanadi.
  • rasm. Xavfli zonalar: 1-tishli uzatmalardagi; 2-tasmali uzatmadagi (zanjirli); 3-kadanli o'zatmadagi; 4-aylanma valiklardagi; 5-charxlash stanogidagi; 6-diskli arradagi; 7-old surgichi bor traktorlardagi; 8-yuk ko'tarish mexanizmdagi; 9-kesuvchi apparatdagi; a-doimiy xavfli zonalar, b-fazoda xavf doimiy bo'lmagan zonalar.
  • Xavfli zona harakatlanayotgan, aylanayotgan elementlar atrofida, ko'tarish-transport mashinalari bilan harakatlantirilayotgan yuklar yaqinida hosil bo'lishi mumkin. Himoya vositasini tanlashda eng muhim holat xavfli zonalar o'lchamini (chegarasini) belgilash hisoblanadi.
  • Masalan yukni ko'tarib turgan po'lat arqonlardan biri uzilganda yukni otilish masofasi L quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi:
  • L= 2√ h {Lc(1-cosⱷ) + a} ,
  • bu erda h-yukni ko'tarish balandligi, m; ls–arqon uzunligi, m; a-yukning chetki qismidan og'irlik markazigacha bo'lgan masofa, m; ⱷ-yukning og'irlik markazi bilan arqon orasidagi burchak.
  • Bino-inshootlarda jarayonlariga xavfsizlik talablari. Texnologik jarayonlarni tashkil etishni va bajarishni loyihalashda davlat standarti quyidagilarni hisobga olishni taqoza etadi:
  • -xavfli va zararli ta'sir etishi mumkin bo'lgan ishlab chiqarish chiqindilari, materiallari bilan ishchilarni bevosita kontaktli aloqada bo'lishini oldini olishni;
  • 2-rasm. Yuk arqoni uzilganda xavfli zona chegarasini aniqlash sxemasi.
  • -xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari mavjud bo'lganda kompleks avtomatlashtirish va mexanizasiyalashtirishni joriy etish;
  • -ishchilarning himoyasini ta'minlovchi va avariya holatida ishlab chiqarish uskunalarini o'chirish nazorati sistemasini taminlash va texnologik jarayonlarni boshqarishni amalga oshirish;
  • -xavfli va zararli omil hisoblangan ishlab chiqarish chiqindilarini ish joylaridan chiqarish va uni zararsizlantirish.
  • Texnologik jarayonlarga xavfsizlik talablari esa texnologik hujjatlarda bayon etilishi kerak.
  • Yashash binosini tanlashda uni sanitar normalarga mosligini, yong'in va portlash xavfi bo'yicha uning kategoriyalarini hamda elektr tokidan jarohatlanish bo'yicha xonalar sinfini va boshqalarni aniqlash muhim hisoblanadi.
  • Bino-inshootlarixavfsizlikni ta'minlovchi asosiy omillardan biri uskunalarga xizmat qiluvchi xodimlarni kasbiy tayyorgarligi va bajaradigan ishiga ularning jismoniy imkoniyatini mavjudligidir.
  • Inshootlarda uskunalarga umumiy xavfsizlik talablari. Ishlab chiqarish uskunalarga, mashina va mexanizmlarga mehnat sharoiti va ularning elementlari, uskunalar konstruktsiyalarini hisobga olgan holda, sodir bo'lishi mumkin bo'lgan xavfli va zararli omillar manbaini aniqlashdan so'ng, xavfsizlik talablari belgilanadi.

Download 172,64 Kb.




Download 172,64 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Korxonalarda texnik xavsizlikni taminlash asoslari. Otdan darak beruvchi qurilmalar ulardan foydalanish talablari qollash usullari

Download 172,64 Kb.