|
-rasm. Biogazdan foydalanish texnologik sxemasi
|
bet | 67/72 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 3,9 Mb. | | #110943 |
Bog'liq Qayta tiklovchi energiya manbalari oquv qollanma (2) (3)
1-ferma; 2-go‘ng qabul qilgich; 3-nasos; 4-metantenk; 5-gazgolder; 6-issiqlik almashtirgich; 7-qozon; 8-go‘ngxona.
Achitish jarayonida hosil bo‘lgan biogazlar gazgolderga keyin iste’molchiga uzatiladi. Chiqindilarni achitish temperaturasigacha (45-550S) qizdirish uchun va metantenkda issiq rejimni saqlashga issiqlik almashuvchi (telpoobmennik) element orqali qozonda qaynatilgan issiq suv oqib turadi. O‘zbekiston issiqlik iqlimi uchun bunday suv isitib turishga ketadigan biogaz miqdori metantenkdan chiqadigan umumiy gazning 10...20% ga teng. Achitqi chiqindilar ular to‘planadigan joyga yig‘ilib so‘ngra dalaga jo‘natiladi.
Ishlab chiqilgan biogaz miqdori va quduq chiqindi o‘g‘it sifati faqat temperaturaga emas balki mahsulotni achitish davomiyligiga bog‘liq. Metantenkda masalan, 5 sutka davomida chiqindini achitishda biogaz 50% ga, 10 sutkada 90%ga va 20 sutkada esa 98% maksimal imkoniyat darajasidan olinadi. Mahsulotni achitish davomiyligiga ko‘ra, metantenk zaruriy hajmi aniqlanadi hamda nasoslar yordamida qo‘shiladigan chiqindi miqdori ham hisobga olinadi. Ayrim hollarda achitish jarayonini tezlashtirish maqsadida biogaz bir qismi gazgolderdan kompressor yordamida metantenk pastki qismiga haydaladi va metantenkdagi butun massa aralashuviga erishiladi. Bu maqsadda kerakli aralashtirgich qurilmalari ham ishlatiladi.
Tadqiqotlar ko‘rsatilishicha, anaerob usulida chiqindi va mahsulotni qayta ishlash orqali quyidagicha biogaz miqdorini olish mumkin:
Bir jon boshiga to‘g‘ri keladigan biogaz ko‘rsatkichlari 8.1-jadvalda keltirilgan.
|
| |