• Xo‘jalik extiyojlari uchun biogazning sarfi
  • Biomassa energiyasidan foydalanish
  • Biogazni sarflash normalari




    Download 3,9 Mb.
    bet66/72
    Sana04.12.2023
    Hajmi3,9 Mb.
    #110943
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   72
    Bog'liq
    Qayta tiklovchi energiya manbalari oquv qollanma (2) (3)

    Biogazni sarflash normalari


    1 odamga 1 porsiya ovqat tayyorlash 0,15 - 0,3 m3
    1 l. suv qaynatish 0,03 - 0,05 m3
    1 m2 turar joy maydonnni isitish 0,2 m3/sut.
    Maishiy gaz yondirgichi iste’moli 0,20 - 0,45 m3/soat*) Xomashyoni qayta ishlash uchun yuklamaning sutkali dozasini qurilmaga umumiy yuklash xajmidan 10%ga teng qilib olish tavsiya etiladi. Bu holatda 986 kg 10% dir.

    1. MISOL: 4 kishidan iborat oila 100 m2 maydonga ega binoda yashaydi, 100 m2 ni tashkil etgan maydonda boquvdagi 20 bosh sigirdan olingan go‘ng biogaz qurilmaning 15 m3 reaktorida ishlatiladi.



    Xo‘jalik extiyojlari uchun biogazning sarfi


    4 kishilik oilaga 3 marta ovqat tayyorlash 1,8 - 3,6 m3/sut. Maydoni 100 m2 uyni isitish 20 m3/sut. Hajmi 15 m3 reaktorni qo‘shimcha isitish 6 m3/sut. Bir kunda bitta sigirga 3 litr qaynatilgan suv kerak, demak, 20 ta sigir uchun 60 litr suv qaynatish kerak. Uy hayvonlarining 100 m2 maydonli imoratlarining isitilishi 1,8-3 m3/sut 20 m3/sut
    Shunday qilib, sigirlarni boqish uchun 21,8- 23 m3/sutka biogaz kerak. Xo‘jalikka hammasi bo‘lib sutkasiga 46,9-52,6 m3 kerak, ammo hajmi 15 m3 reaktorda faqat 30 m3 biogaz ishlab chiqiladi.
    Shuning uchun, biogaz qurilmasi hamma vaqt xo‘jalik ehtiyojlarini qoplay olmasligini bilish kerak, lekin BGQ fermerning faoliyatini anchagina yengillashtiradi. Hajmi aniq hisoblangan reaktorni g‘isht, beton yoki metalldan foydalanib qurish mumkin. Eski metall sisternalar va idishlardan (“Sanoatkontexnazorat”
    talabiga javob beradigan sharti bilan) foydalanish ancha arzonroq bo‘ladi.
      1. Biomassa energiyasidan foydalanish


    Hayvonlar ferma xo‘jaliklari chiqindilarni va chiqindi oqimlarini qayta ishlash samarali variantlaridan biri anaerob yo‘l bilan mikroorganizmlarga ajratib hisoblanadi. Bu jarayon chiqindilarni zararsizlantirishni ta’minlab, ularni o‘g‘it sifatida saqlab bir vaqtda alohida energiya manbai-biogaz olishga imkon beradi.
    O‘zbekistonda biomassani qayta ishlash asosida 10 mlrd m3 metan gazi yoqilg‘isini olish mumkin.
    Biogazni ishlab chiqarish chiqindini anaerob achitishga asoslanadi, bunda ular maxsus zich yopiladigan idish-metantenkda saqlanadi. Achitish manbai bo‘lgan chiqindi mikroblari metantenkda rivojlanadi, u esa birin-ketin organik moddalarni yemirib kislota hosil bo‘lishigacha olib boradi, so‘ngra bu kislotalar metan hosil qiladigan bakteriyalar orqali gazsimon mahsulotga aylanadi, ya’ni metan va uglekislotaga aylanadi. Shu bilan bir vaqtda achitish mobaynida chiqindi, ya’ni noxush hidlarni chiqindi yo‘qotish jarayoni, degelmintaziya (ya’ni odamlar, hayvonlar va o‘simlik tarqatuvchi bakteriyalarni, qurtlarni qabul qilish), turli urug‘larni o‘sib chiqishini neytrallash va o‘g‘it moddalarni mineral fermalarga olib ketish bajariladi (8.2-rasm).
    Bu jarayon texnologiyasi quyidagicha bajariladi. Hayvonlar fermalaridan chiqindilar maxsus idishga tushadi, so‘ngra fekal nasos yordamida uni metantenkka joylashtiriladi va unda achitish jarayoni boshlanadi.



    Download 3,9 Mb.
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   72




    Download 3,9 Mb.