• USLUBIY KO`RSATMA
  • ASOSIY ADABIYOTLAR
  • QO`SHIMCHA ADABIYOTLAR
  • O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi




    Download 5,96 Mb.
    bet6/6
    Sana02.01.2020
    Hajmi5,96 Mb.
    #8243
    1   2   3   4   5   6

    TkVtts


    Q= ------------,

    1000


    bunda Tts -qatlamning chiziqli zichligi, teks

    Tts Vyas


    chuzish e = ----- = --------

    Tx V tts


    (chiqindilar xisobga olinmaydi)

    Bunda, Tk - xolst chiziqli zichligi, teks

    V yas - yassilovchi val chiziqli tezligi, m/min

    Tx Vyas


    Bu erdan Tk = ---------

    Vtts


    na 1000 na 1000 V tts na 1000

    S2= ---------------= ------------------ = -------------;

    Tk Vtts TxVyas V tts Tx Vyas
    Savash mashinasi ish unumdorligini aniqlash;

    Savash mashinasi ish unumdorligi, agar Tx = 400 k teks va FVK = 0,92 bo`lganda An= 0,06 FVK Tx V = 0,06 0,92 7,55 400 = 166,5 kg/s

    Tx =400 000teks va Gx 16,8 kg bo`lsa, xolst ishlanguncha ketgan vaqt quyidagicha topiladi;

    Lx

    t = -----------



    V

    bunda, Lx - xolst uzunligi, m

    1000 16800

    Lx =----------------- =42 m

    400 000

    42

    Bunda t= ----- = 5,56 min



    7,55

    NAZORAT SAVOLLARI :


    1. Savash mashinasidagi asosiy ishchi organlar uzatmalari guruxlarini ayting?

    2. T-16 savash mashinasida nechta elektrodvigatel qo`llaniladi va ular qaysi ishchi organlarni harakatga keltiradi?

    3. Savash mashinasidag biror bir organ aylanish chastotasi qanday aniqlanadi?

    4. Mashinadagi umumiy va xususiy cho`zish tushunchalariga izox bering va cho`zish qanday aniqlanadi?

    5. Savash darajasi va formulasini yozing?

    6. Savash mashinasidagi ish unumdorligiga ta`sir etuvchi omillar nimadan iborat?

    7. Savash mashinasi ish unumi qaysi formuladan topiladi? Unumdorlik normasichi?

    8. Xolst to`liq o`ralguncha ketgan vaqt qaysi formuladan topiladi?

    9. Xolst ogirligi qanday topiladi?

    10. O`kituvchi tomonidan berilgan masalani eching.



    5 - TAJRIBA ISHI
    MAVZU: Tarash mashinalarida texnologik jarayonlar taxlili. Ta`minlovchi mexanizm va qabul barabani uzellarining ishlash printsipi va tuzilishi
    ISHDAN MAQSAD: Tarash mashinalarida texnologik jarayonlarini o`rganish, asosiy ishchi organlar tezligini o`lchashni o`rganish. Tarash mashinalari qoplamalari tuzilishi va ishini o`rganish.
    TOPSHIRIQ:

    1. Tarash mashinalarida ishlashda xavfsizlik qoidalari va tarash tsexlarida yongin xavfsizlik qoidalarini o`rganish.

    2. Qabul, bosh va ajratuvchi baraban qoplamalari funktsiyalarini o`rganish. Shlyapkali tarash mashinasining ishlash printsipi o`rganilsin va chizmasi chizilsin.

    3. Elastik va yarim qattiq, nukul metal qoplamalar asosiy ko`rsatkichlarni aniqlang: qoplama balandligi va yo`gonligi, tishlari balandligi va ogish burchagi, nomeri

    4. Ta`minlovchi stolcha profili chizilsin.

    5. Qabul va bosh baraban, ta`sinlovchi stolcha va qabul barabanni o`rtasidagi oraliqlar o`rganilsin.

    6. Shlyapkalar hamda old pichoqning bosh barabanga nisbatan qo`yilishi o`rganilsin.

    7. "RIETER" tizimidagi S-4A, S-50 tarash mashinasi ishi o`rganilib eski mashinalaridan farqi izoxlansin.

    8. Tarash mashinasi ishchi barabanidagi tishlar sonini xisoblang.
    ASOSIY MA`LUMOTLAR
    Tarash mashinalarni o`rganishdan oldin har bir talaba tarash tsexlarida texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishishi kerak.

    Tarash mashinasi juda xavfli mashinalar qatoriga kiradi. U katta tezlikda aylanuvchi ishchi organlar,tigli tish va ignali qoplamalarga ega. Shu sababli aylanuvchi organlarga yaqinlashmaslik kerak, aks holda baxtsiz hodisa ro`y berishi mumkin. Tarash mashinalarda aylanuvchi barabanlar va boshqa aylanuvchi mexanizmlar ish paytida yopiq holda bo`lishi kerak.

    Mashina ishlayotgan paytda quyidagilar man etiladi:

    - qopqoqlarni ko`tarish va ochish;

    - mashina ta`mirlash, tasmalarni kiygizish va ochish, qoplamalarga qo`l tegizish, qabul , bosh barabanlar va shlyapkalar ostidan momiqlarni olish;

    - piltajoylagichni tozalash, ajratuvchi barabanlar va yassilovchi valiklarga o`ralgan tarandilarni ajratib olish.

    Tarash mashinalarining qay darajada ishlashi mashina ishchi organlari qoplamalari holatiga bogliq bo`ladi. Qoplamalar ko`rsatkichlariga tarash mashinalarining uzluksiz ishlash vaqti, taram sifati va taralgan piltaning notekisligi bogliq bo`ladi. Hozirgi kunda qoplamalarning uch ko`rinishi qo`llanilmoqda: qattiq, elastik va yarim qattiq. Qoplamalar turi tarash mashinasi ishchi organlari vazifasiga va qayta ishlanayotgan tolali material ko`rinishiga bogliq holda tanlanadi. Qoplamalarning asosiy ko`rsatkichlari ularning nomeri, balandligi va ignalarning ogish burchakgidir.

    Qattiq qoplamalar- qabul barabanini qoplash uchun qo`llaniladi va arrali deb yuritiladi.

    Asosan, bu qoplamalarning balandligi 4,5 dan 6 mm gacha tishlarning ogish burchagi 60-90 S bo`ladi.

    Bosh baraban va ajratuvchi barbanlarni qoplash uchun qo`llaniladigan qattiq qoplamalar nuqul metall qoplamalari (rus tilida TsMPL- tselno- metalicheskaya pilchataya lenta) deyiladi.

    Bosh baraban qoplama tishlari balandligi 2,3-1,2 mm, ogish burchagi 75-80 gradus. Ajratuvchi baraban qoplama tishlari balandligi 2,3-3,4 mm, ogish burchagi 60-75 S.

    Yarim qattiq qoplamalar - qattiq va elastik qoplamalar orasida o`rta holatni egallaydi. Bular asosan shlyapkalarni qoplash uchun qo`llaniladi.

    Yarim qattiq qoplamalarning xizmat ko`rsatish vaqti elastik qoplamalarga nisbatan ikki marotaba katta. Qoplamadagi ignalar balandligi 8-10 mm, ogish burchagi 80S.

    Elastik qoplamalar - rezina elimi bilan bir-biriga yopishtirilgan beshta maxsus to`qima qatlamidan iborat asosdir. Bu asosga po`lat simdan yasalgan xalqachalar ma`lum tartibda zich terib chiqiladi. Har bir xalqachalar ikkitadan egik igna bo`lib, ularning o`tkir uchlari lentaning bir tomonidan chiqib turadi. Bu qoplamalarning kamchiliklari: tez-tez charxlab turish kerak. Ignalar orasiga tolalar kirib qolib, ularning tarash qobiliyatini yomonlashtiradi.

    Arrasimon tishli qoplamalar nomeri quyidagicha topiladi:

    t - tishning qadami

    N- arrasimon tishli lenta qalinligi, mm
    Hamma ip yigiruv fabrikalarida paxta va ximiyaviy tolalarni karda va qayta tarash sistemalarida yigirishda shlyapkali tarash mashinalari ishlatiladi.

    Savash tsexidan keltirilgan xolst A xolst valiklari 1 ustiga qo`yiladi. Xolst valikdan tushib ketmasligi uchun uni ikki tomonidan yon stoykalar 2 dagi maxsus uyikka kiritib qo`yadilar.

    Xolst sekin aylanib turgan bitta yoki ikkita valik 1 yordamida yoziladi va silliq stolcha 3 da sirpanib, sekin aylanib turgan ta`minlovchi tsilindr 4ga boradi. Bu tsilindr xolstni stolchaning qayrilgan ustki qismiga katta kuch bilan bosib, tez (minutiga 600-900 marta ) aylanib turgan qabul barabani 5 ga beradi. Barabanning sirti arrasimon tishli lenta bilan qoplangan.

    Qabul barbanni tishlari ta`minlovchi tsilindr uzatgan xolstga qadalib, uning tolalarini jadal titadi, mayda tutamlar va aloxida tolalarga ajratadi, tola xas-cho`p va iflosliklardan tozalanadi. Shu bilan birga navbatdagi ignali sirtlarning ishini osonlashtiradi.

    Qabul barabani ostiga pichoq 6 va panjara 7 o`rnatilgan. Pichoqlar xolstdagi qolgan-qutgan yirik xas-cho`plarni mashinaning ostiga urib tushiradi.

    Ayni vaqtda va panjara yaxshi tolalarning qabul barabani tishlaridan tushib ketishga yo`l qo`ymaydi.

    Qabul barabani tishlariga birlashib ketgan ayrim tolalar va tutamlar elastik ignali lenta yoki nukul metall arrali lenta qoplangan katta baraban 8 gaberiladi. Bu baraban minutiga 160-200 marta aylanadi. Katta baraban tolalarni qabul barabanidan olib, uning ustiga joylashgan shlyapka 10 ga keltirib beradi. Markazdan qochar kuch ta`sirida tolalar chetga uchib ketmasligi uchun katta barabanning qabul barabani bilan shlyapka 10 ga keltirib beradi. Markazdan qochar kuch ta`sirida tolalar chetga uchib ketmasligi uchun katta barabanning qabul barabani bilan shlyapka orasidagi sirti orqa plita 9 bilan to`silgan.

    Shlyapkalar T-simon qismli chuyan bruschalardan iborat. Ularning barabanga qaragan tomoniga ignali lenta qoplangan.

    Shlyapkalar bir-biriga zanjir yordamida ulanib, shlyapka polotnosini xosil qiladi, shlyapka polotnosi baraban aylanayotgan tomonga qarab juda sekin (30-60 minutda bir marta)aylanadi.

    Mashinadagi 92-110 shlyapkadan barabanning sirtiga bir vaqtda 37-43 tasi yaqinlashadi, ya`ni tarashda qatnashadi.

    Shlyapkalarning ignalari baraban ignalariga qarama-qarshi egilgan bo`ladi. Shuning uchun baraban bilan shlyapkalar tola jadal taraladi, tolalarning uchlari to`grilanadi va bir-biriga parallelashadi. Tarash jarayonida shlyapka ignalari orasiga tolalar to`lib qoladi, tolalarni taroq 11 chiqarib tashlaydi, chutka 12 esa ignalarni tozalab turadi. Shlyapkalardan ajratib olingan chiqindilar shlyapka tarandasi deb ataladi.

    Old pichoq 13 shlyapkadan chiqadigan chiqindi tarandi miqdorini rostlab turadi. Buning uchun oraliq rostab turiladi. Baraban va shlyapkalar orasida taralgan tolalar katta barabandan o`tib, ajratuvchi baraban 14ga keladi.

    Ajratuvchi baraban sirtidan ignalar katta baraban ignalariga qarama -qarshi egilgan.

    Ajratuvchi barban minutiga 9-16-30 marta aylanadi. Natijada ajratuvchi barban sirtida yupqa tola qatlami hosil bo`ladi.

    Ajratuvchi barabanga o`tgan tolalarni tez aylanib turgan tebranma harakatlanuvchi taroq "eshkak" 15 urib tushiradi. Urib tushirilgan maxsulot yupqa qatlam shaklida bo`lib, taram 16 deb ataladi. Taram voronka 17ga to`planadi va undan o`tadi, so`ngra yassilash vallari 18 orasidan o`tib zichlanadi va yumaloq pilta 19 a aylanadi, pilta taxlagich mexanizm 20ning voronkasi 22ga yo`naladi.

    Pilta taxlagich mexanizm esa piltani idish (taz) 21ga ma`lum shaklda taxlaydi.

    Shunday qilib tolali materialni tarash mashinasida qayta ishlashda maxsulot ancha (100-140) marta ingichkalashadi.

    Tarash mashinasi sxemasi


    Eski tarash mashinasi bilan yangi "RIETER" mashinalarining farqlari.

    № Ko`rsatgichlar S-4-A CHMM-14 Farqi

    1 Ish unumdorligi, kg/s 30-80 25 55

    2 Ajratish baraban tezligi, min 460 40,6 419,4

    3 Pilta chiqarish tezligi, m/min 193 - -

    4 Umumiy cho`zilish, marta 80-300 33-190 110

    5 Tosdagi pilta ogirligi, kg 25-40 16 24

    6 Shlyapkalar soni, ta 112 74 38

    7 1 m piltadagi notekislik 0,2-0,7 3,5 -

    8 Pilta chiziqli zichligi, kteks 3,5-6,5 3,33-5 1,5

    9 Bosh baraban tezligi, min-1 600 650 50

    Rasm-14. "Riter" tizimidagi tarash mashinasi.



    USLUBIY KO`RSATMA

    Qoplamalarni o`rganishga kirishishda, talabalar Bilan tarash jarayonida qoplamalar roli va vazifasi hakida suxbat o`tkaziladi. Bunda, qoplamalar tolalarni tarash, tolalarni saqlashi, xas cho`plar tushishi va tolalar bir qoplamadan ikkinchisiga o`tishi aniqlanadi. Qoplama turlari avval namunalarda, keyin tarash, turlari avval namunalarda, keyin tarash mashinasi ishchi qismlarida o`rganiladi. Har bir qoplama namunalarida, uning balandligi va eni, ogish burchagi va tishlar balandligi aniqlaniladi.

    Qoplama balandligi va tish balandligi chizgich va keyin gentsirkul yordamida aniqlanadi. Tish ogish burchagi shablon bo`yicha yoki transportir yordamida aniqlanadi.

    10 ta tish ogish burchagi o`lchanib, o`rtachasi hisoblanadi. burchak esa 900- da hisoblanadi. Arrali lenta nomeri formula bo`yicha hisoblanadi:

    100 100

    N= -------- ----------

    tn 78
    bunda, t - tish qadami, mm

    n - qoplama asoslari yo`gonligi, mm namunalarda o`rganib, mashina ishchi qismlariga o`rganishga o`tiladi.

    Ishchi qism yuzasida tishlar sonini aniqlash uchun oq qog`ozga iz olinadi va 1 sm2 dagi soni sanaladi, keyin, bilgan holda, yuzasi aniqlanadi, sm2 1 sm2 dagi tishlar soni yuza ko`rsakichiga ko`paytiriladi va ishchi qism yuzasidagi tishlar soni aniqlaniladi.

    NAZORAT SAVOLLARI :


    1. Nima uchun ip sifati va barcha yigirish fabrikalarida bajariladigan texnologik jarayonlar tarash tsexidagi ishlariga bogliq?

    2. Tarash mashinalari ishchi organlarini qoplash uchun qanday turdagi qoplamalar qo`llaniladi?

    3. Tarash mashinasidagi texnologik jarayonlar nimadan iborat?

    4. Tarash mashinalarida qayta ishlanadigan xolstdan qanday chiqindilar ajraladi? Chiqindilar tushadigan joyni ko`rsating?

    5. Qabul barabani ostidagi ishchi juftlar asosiy vazifasini aytib o`ting?

    6. Qabul barabani va ta`minlovchi stolcha o`rtasidagi oraliq (razvodka) qanday o`rnatiladi va uning kattaligini ayting?

    7. S-4A bilan ChMM-14 mashinalar orasidagi farqni izoxlang?

    6-TAJRIBA ISHI


    MAVZU: Ajratuvchi baraban ishi va tuzalishini o`rganish. Tolani ajratuvchi barabandan ajratib olish va pilta shakllantirish.

    ISHDAN MAQSAD: Ajratuvchi baraban ishi va tuzilishini o`rganish, hamda pilta taxlagich cho`zish asbobi, ajratuvchi baraban tolani ajratib olish mexanizmlari bilan tanishish.

    TOPSHIRIQ:

    1. Ajratuvchi baraban funktsiyalarini aniqlash, ishi va tuzilishini o`rganish.

    2. Cho`zish asbobi, yassilovchi val va pilta taxlagich ishi va tuzilishi bilan tanishish. Cho`zish asbobi sxemasi chizilsi
    ASOSIY MA`LUMOTLAR
    Ajratuvchi baraban sirtiga o`tib yigilgan tolalar qatlamini minutiga 1000-1800 tebranma xarakatlanuvchi taroq o`rib tushiradi (9 rasm, a) taroq mexanizmi plastinka 1 va kolonka 2dan iborat bo`lib, val 3 ga maxkamlangan. Taroq maxsus mexanizmdan tebranma xarakat olib, taramni ajratuvchi baraban garniturasi tishining orqa tomonidan tushirib oladi.

    Tajribalar shuni ko`rsatadiki, ajratuvchi baraban sirtidagi tolalar qatlamini tushirib olish uncha qiyin emas, ammo taramni erkin ravishda ajratib olish lozim. Ajratuvchi taroq ajratuvchi baraban sirtidan xamma tolalarni ajratib olishi uchun taroqning tebranishi ajratuvchi baraban tezligiga mos bo`lishi kerak.


    Rasm-15. Ajratuvchi baraban sirtidan taramni ajratib olish.


    Taramni valiklar yordamida ajratib olish usuli keyingi vaqtlarda keng tarqaldi ajratuvchi baraban 1 dan tolalar qatlami valik 2 dan diametri 76 mmli valik 3 olib, o`z ogirligi bilan taramni bosuvchi valiklar 4ga beradi. Valik 3 ga xam nuqul metall qoplangan.

    Rotatsion valik o`rnatilgan DK markali tarash mashinalari (FRG) xam mavjud (9-ram v). Rotatsion valik ichi bo`sh tsilindr 1, tsilindr to`ppa-to`gri kesib o`tgan teshiklar 2, tsilindrning ichiga o`rnatilgan val 3, bu valga maxkamlangan taroqlar 4 lardan iborat.

    Tsilinbr bilan val bir tomonga qarab sinxron aylanadi, lekin val o`qi tsilindr o`qiga nisbatan ekstsentrik o`rnatilgan. Shuning uchun taroqlarning xar biri navbat bilan tsilindr teshigiga chiqib, ajratuvchi tsilindr sirtiga tolalar qatlamini tushirib oladi. Bu mexanizmda xammasi bo`lib, 12 ta taroq bor.

    Pnevmatik mexanizm yordamida ajratuvchi baraban sirtidagi taramni ajratib olish usuli (9-rasm,g) berilgan. Ajratuvchi baraban 1 sirtidagi taram pnevmatik soplo 2 yordamida tortib olinib, valik 3 ga beriladi.,bu valik sirtiga nuqul metall lenta qoplangan. Bundan keyin taram transport valiklari 4 va 5 orasidan chiqarib olinadi. Valik 3 ni tozalab turish uchun uning ustiga tozalovchi 6 o`rnatilgan.

    Valik 3 va tarnsport valiklari 4, 5 ustiga chang tortib oluvchi soplo 7 o`rnatilgan. Taram tarsport valiklaridan keyin yassilash vallari orqali o`tib, pilta taxlovchi mexanizm yordamida idishga taxlanadi.
    USLUBIY KO`RSATMA
    Ajratuvchi baraban qismlarini i`rganishga kirishar ekansiz, uning vazifasini aniqlash darkor.

    Asosiy e`tiborni bosh barabandan tolalarning ajratuvchi barabanga o`tishda pichoq, ajratuvchi baraban qoplamalari va bosh baraban ostidagi oldingi panjaraning qanday rol o`ynashiga qaratmoq lozim.

    Tolalarni ajratish koeffitsenti Ks aniqlashda talabalar turli mashinada brigada xolda ishlaydilar. Xar bir brigada Ksni xar bir mashinada aniqlaydi. Olingan natijalar xisobga olinadi.

    Ksni formula bo`yicha aniqlashda avval ds aniqlaniladi. Buning uchun 1 m taralgan pilta dp aniqlanadi.

    Va-b

    Ds=dp --------- e abx-vpt



    Vb.b
    Bunda Va-b Vb.b bosh va ajratuvchi baraban tezligi e- baraban va valik a.b.p.t. orasidagi cho`zish.

    Bosh baraban shlyapka kismidagi erkin tolalar ogirligi quyidagicha aniqlaniladi: mashina ishlaganda yurgizuvchi shesternya to`xtatiladi, 1 min. Dan keyin cho`zuvchi shesternya yoqiladi va yurgizuvchi shesternya to`xtatiladi, tolalar teriladi. Bu esa erkin tolalar bo`ladi. 1 min mashina ishlashida ajratuvchi baraban yuza qismida tolasiz yo`lakcha xosil bo`ladi.

    Oxirida bosh va ajratuvchi barabanlar aylanma tezlanishi o`lchanib, quyidagi formula bo`yicha ajratuvchi baraban yuza qismidagi qo`shilishlar soni aniqlaniladi:

    Vb.b


    m= --------,

    Va.b.


    Bunda Vb.b -bosh baraban tezligi, m/min

    Va.b.- ajratuvchi baraban tezligi, m/min


    NAZORAT SAVOLLARI


    1 Ajratuvchi barabandan valikli mexanizm orqali taramni qanday ajratadilar?

    2 Ajratuvchi taroqning tebranishlar soni qanday aniqlanadi?

    3 Roatsion valik o`rnatilgan DK markali tarash mashinasi xaqida gapiring?

    4 Pnevmatik mexanizm yordamida ajratuvchi baraban sirtidagi taramni ajratib olish usuli nimadan iborat?



    7-TAJRIBA ISHI
    MAVZU: Tarash mashinalarida texnologik xisob.
    ISHDAN MAQSAD: Ishchi organlan aylanish chastotasini , ishchi organlar orasidagi cho`zish, mashina ish unumdorligi, tarash darajasini xisoblashni o`rganish. Taralgan pilta notekisligi va chiziqli zichlikni aniqlash bo`yicha almashtiruvchi shesternyalarni almashtirish va xisoblash bo`yicha ko`nikmalar xosil qilish.
    TOPSHIRIQ:

    1 Tarash mashinalarida kinematik sxema asosida texnologik xisob xosil qilishni o`rganish.

    2 Ishchi organlar aylanish chastotasi, cho`zish, tarash darajasi, mashina va ish unumdorligi formulalari o`rganilib, ular asosida masalalar echilsin.

    3 Taram sifati va taralgan pilta notekisligini aniqlash.


    ASOSIY MA`LUMOTLAR
    Tarash mashinasining texnologik xisobi
    Tarash mashinasining ishchi organlari xarakatni bir necha elektrodvigatelodan oladi. ChM-60 tarash mashinasida yuqori tezlikda xarakatlanuvchi ishchi organlar xarakatni D1 elektrodvigateldan oladi. Tasmali uzatma oraqali qabul barabani 2 va bosh baraban 4 xarakatga keltiriladi. Bosh barabandan tasmali , chervyakli va tishli uzatmalar orqali xarakat shlyapkali polotno vali 5 ga va ajratuvchi barabanning shyotkasi 6 ga beriladi.

    Mashinaning qolgan ishchi organlari xarakatni D2 elektrodvigateldan oladi.

    Almashtiruvchi shesternya Za= 17…34 tishli bulib, mashinaning ish unumdorligini o`zgartirish uchun almashtiriladi. Bu shesternyaning tishlar soni o`zgarganda mashinaning ta`minlovchi va chiqaruvchi organlarning tezligi o`zgaradi.

    Shesternya Zb= 15…40 mashinada umumiy cho`zishni o`zgartirish uchun qo`llaniladi. Bu shesternyaning tishlar soni o`zgarganda faqatgina mashinaning ta`minlovchi organlarning tezligi o`zgaradi va buning uchun bu shesternya cho`zuvchi deb ataladi. Shesternya Zb= 27… 30 ajratuvchi valik 8 va ajratuvchi baraban 7 orasida cho`zishna o`zgartiradi.

    Bosuvchi vallar 10 va ajratuvchi valik 8 orasida cho`zishni o`zgartirish uchun shesternya Zk=30…35 va shesternya Zm= 38…42 qo`llaniladi. Shesternya Zc= 38 tish cho`zish asbobi bilan konveyner 11 orasidagi cho`zishni o`zgartiradi. Piltataxlagich 14 va cho`zish asbobi 13 orasidagi cho`zishni o`zgartirish uchun Z1=41…43 ishlatiladi.

    Cho`zishni xisoblash


    Ikkita ishchi organ orasidagi cho`zish ularning chiqaruvchi va ta`minlovchi aylanma tezliklarining nisbatiga teng. Umumiy cho`zish esa bir necha xususiy cho`zishlar ko`paytmasiga teng.

    Ta`minlovchi tsilindr va qabul barabani orasidagi cho`zish:


    Vkb Vkb = P d nkb

    e= ------



    Vtts Vtts = P d nkb
    Vкб = 3,14
    VТЦ=3,14

    Za Zb
    Za=25 ва Zb =25 deb qabul qilamiz, unda
    Vтц= 0,00125
    е1=612 /0,78=788
    Bosh va qabul barabanlar orasidagi cho`zish:


    e2=Vbb/Vkb=
    Ajratuvchi va bosh barabanlar orasidagi cho`zish:
    e3=Vab /Vbb

    Vab = 3,14 Za=25
    deb olamiz, unda
    Vab = 2,43 = 60,9 m/min

    Vbb=3,14
    e3= 60,9/1542=0,039
    Ajratuvchi valik va ajratuvchi baraban orasidagi cho`zish:
    e4=
    Zd = 28 va Zm =40 qabul qilamiz, unda
    e4= 1192 /(2840) =1,06
    Bosuvchi vallar va ajratuvchi valik orasidagi cho`zish:
    e5=
    Zm=40 va Zk = 32 olamiz, unda e5=1,17
    Piltali konveyner va bosuvchi vallar orasidagi cho`zish:
    e6 = 1,09Zk/Ze
    Zk =32, Ze = 34 unda e6=1,03
    Cho`zish asbobining ta`minlovchi jufti va lentali konveyner orasidagi cho`zish:
    e 7 =1,19 Ze/Zc
    Ze=34 va Zc =38, unda e7= 1,1934/38 =1,07

    Chuzish asbobida chuzish:


    Dchts 27 42 49 21 58 67

    e8= --------- = ------ ------ ------ ------- ------- ------ = 1,3

    Dtts 72 33 21 49 62 23
    Pilta taxlagich valiklari va cho`zish asbobi orasidagi cho`zish:
    e9 = 43,2/Z1
    Z1=42 unda e9 =1,03

    Mashinadagi umumiy cho`zish :



    Е =


    Zb =25, Zd = 28, Zc= 38 Z1= 42 deb qabul qilamiz unda, e =161000000 / (25 = 143

    Berilgan tarifdan biz bilamizki, umumiy cho`zish barcha xususiy cho`zishlar ko`paytmasiga teng. Unda :


    Е =

    ASOSIY ADABIYOTLAR

    1 Sh.R. Marasulov "Paxta va kimyoviy tolalarni yigirish" T., 1979. 1- qism.

    2 K.I.Badalov "Laboratorny praktikum po pryadeniyu xlopka i ximicheskix volokn". 1978.

    3 V.V.Joxovskiy, K.I.Badalov , N.A.Osmin "Pryadenie xlopka i drugix tekstilnx volokon M.Legkoprombtizdat 1988.



    QO`SHIMCHA ADABIYOTLAR

    1 N.N. Milovidov , P.P. Faminskiy "Pryadenie xlopka" 1 chast. M. Legkoprombtizdat 1978.

    2 M.A.Azimov "Yigiruv fabrikalarini loyixalash", T., 1991.

    3 A.A.Shirokov "Spravochnik po xlopkopryadeniyu" M., 1978.

    MUNDARIJA:
    1. Tajriba ishlarini bajarish bo`yicha uslubiy ko`rsatmalar…………..….……………3

    2. Texnika xavfsizligi bo`yicha asosiy talablar………………………………………..4

    3. 1-Bo`lim. Paxta tolalarini titish, aralashtirish, tozalash va savash……..…………..5

    4. 1-Tajriba ishi………………………………………………………………………..7

    5. 2-Tajriba ishi………………………………………………...………………….….12

    6. 3-Tajriba ishi………………………………………………………………….…….21

    7. 4-Tajriba ishi………………………………………………………………….…….28

    8. 5-Tajriba ishi………………………………………………………………….…….39

    9. 6-Tajriba ishi……….………………………………….……………………..……..45

    10.7-Tajriba ishi………………………………………..………………………………49



    11. Adabiyotlar ro`yxati……………………………………………………………….54

    Download 5,96 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 5,96 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi

    Download 5,96 Mb.