• 4-TAJRIBA ISHI MAVZU: Titish va savash mashinalarni kinematik sxemalari taxlili va unda texnologik hisob. ISHDAN MAQSAD
  • ASOSIY MA`LUMOTLAR
  • O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi




    Download 5,96 Mb.
    bet3/6
    Sana02.01.2020
    Hajmi5,96 Mb.
    #8243
    1   2   3   4   5   6
    USLUBIY KO`RSATMA
    T-16 savash mashinasi mexanizmdlari texnologik jarayonlarni o`rganish paytida o`rganiladi, har bir mexanizm vazifasi tuzilishi va ishi o`rganiladi.

    Savash mashinasi ximoyalovchi qurilmalarga ega. Pedalli rostlagich yordamida tola tushamalardagi notekislikning oldini olishga va tekis xolst olinadi.

    Pedallarda tola tushamasi yugonligi o`zgarganda pedalli tsilindrning tezligi avtomatik ravishda o`zgaradi. Bu pedalli rostlagichning birinchi funktsiyasi. Richaglar o`lchami quyidagicha, mm a=745 b=115, v=1000, g=283, d=250, 270, 290 e=145 j=460, z=230

    Uzatmalar soni

    745 1000 270 460

    i = ------------------------- = 85,36

    115 283 145 230

    bunda d =270 mm

    Regulyator uzatmalar soni richag yoki tayanch 0 ning holatini o`zgartirish orqali uzatmalar sonini ko`paytirish uchun richag (d)ning uzunligini oshirishi kerak. Pedalli rostlagich rostlovchi chaykasi vintining qadami 1,75 mm gaykaning bir marta aylanishida tayanch 16 3,5 mm ga uzayadi yoki kamayada. Rostlovchi chayka aylanishi ta`sirini aniqlash uchun variantda tadqiqot o`tkaziladi.

    I variant : konussimon barabanchada tasma o`rtada bo`lganda xolst ishlab chiqariladi.

    II- variant : rostlovchi chaykani soat strelkasi bo`yicha ikki aylanmada oldindan aylantirib, kichik chiziqli zichlikdagi xolst ishlab chiqariladi.

    III- variant : rostlovchi chaykani birinchi variantga bogliq holda soat strelkasiga qarama-qarshi 2 aylanmada yuqori chiziqli zichlikdagi xolst ishlab chiqariladi.

    Har bir variantda bir-ikkita xolst ishlab chiqariladi va o`rtacha ogirligi aniqlanadi, chiziqli zichligi, bo`laklar bo`yicha notekisligi aniqlanadi. Natijalar jadvalga kiritiladi:


    Variantlar

    Хоlst og`irligi, kg

    Хоlst chiziqli zichligi, teks

    Bo`laklar bo`yicha xolst notekisligi

    1










    2










    3










    NAZORAT SAVOLLARI:
    1. Savash mashinasining asosiy vazifasi nimadan iborat?

    2. Yangi markadagi savash mashinalarini sanab o`ting.

    3. T-16 savash mashinasida texnologik jarayonlar bo`yicha ishchi organlarni sanab o`ting.

    4. Savash jarayoni titish jarayonidan nima bilan farq qiladi?

    5. Pedalli rostlagichning asosiy vazifasi nimadan iborat?

    6. Turli barabanlar savash mashinasida nima uchun kerak?

    7. ERM V 5/5 savash mashinasining 1-16 savash mashinasidan farqi nimadan iborat?

    8. Plankali va ignali savagichlarning bir-biridan farqini ayting.

    9. Savash samaradorligiga ta`sir etuvchi omillarni ayting.

    10. ERM V 5/5 savash mashinasi ishlashini tushuntiring.



    4-TAJRIBA ISHI
    MAVZU: Titish va savash mashinalarni kinematik sxemalari taxlili va unda texnologik hisob.
    ISHDAN MAQSAD: Titish va savash mashinalarning kinematik sxemasini o`rganish va ularning texnologik hisobini keltirish.
    TOPSHIRIQ:

    1. Turli titish mashinalari kinematik sxemasi o`rganilsin va chizmasi chizilsin.

    2. O`qituvchi ko`rsatgan titish mashinasi bo`yicha texnologik hisob bajarilsin.

    3. T-16


    4. T-16 savash mashinasi kinematik sxema chizilsin va texnologik hisobni bajaring va aniqlang:

    a) ishchi qismlar tezligi;

    b) cho`zish;

    v) savash darajasi;

    g) mashina ish unumdorligi

    5. T-16 savash mashinasida xolst uzunligini metrda aniqlash formulasi o`rganilsin.


    ASOSIY MA`LUMOTLAR
    Paxtani yigirish uchun qo`llaniladigan mashinalarda friktsion, egiluvchan va tishli uzatmalar keng tarqalgan. Mexanik uzatmalar tuzilishi turlicha bo`ladi: tasmali, konussimon barabanli, tsilindrsimon shesternyali, chervyaki uzatmalar, reduktorlar, differentsial mexanizmlar va boshqalar. Egiluvchi va qattiq uzatmalarni o`rganishda etaklovchi, etaklanuvchi shesternya, shkiv, bloklarning mashina texnologik rejimiga ta`sir etilishi aniqlanadi. Kinematik sxemalarni o`rganish uchun barcha qopqoqlar va uzatmalar chiviqlari ochiladi. Barcha uzatmalar ikki guruxga bo`linadi.

    Birinchi guruxga ta`minlashga bogliqmas (pichoqli baraban, savagich, ventilyator va urovchi vallar)kiradi. Ikkinchi guruxga ta`minlashga bogliq holdagi organlar (ta`minlovchi tsilindrlar, pedalli rostlagich, turli barabanlar, ajratuvchi tsilindrlar, yassilovchi vallar) kiradi.



    Birinchi guruxdagi ishchi organlar uzluksiz ishlaydi. Titish mashinalarining kinematik sxemalarini o`rganish jarayonida barcha qopqoqlarni o`rganish darkor.


    Texnologik jarayonlar orqali etaklovchi, etaklanuvchi shesternya, shkiv va bloklarning elektrodvigateldan xarakat uzatiladigan uzatmalari ko`riladi.



    Download 5,96 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 5,96 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi

    Download 5,96 Mb.