• Foydalanilgan adabiyotlar.
  • Takrorlash uchun savollar.
  • Аннотоция: Мазкур маъруза матн тукимачилик ва енгил саноат инсти




    Download 1,38 Mb.
    bet7/40
    Sana10.04.2017
    Hajmi1,38 Mb.
    #3920
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   40

    Tayanch iboralar

    Pilta sifati, nuqson, xizmat ko’rsatish, nazorat qilish, notekis pilta, ingichka pilta, chiqindi, yo’g’on pilta, pereslejina, moylangan pilta, bo’sh pilta.



    M A ` R U Z A 12.
    MAVZU: Pilta qo’shish mashinasi. "TEKSTIMA 1576" markali mashina.
    Reja:

    1. Qayta tarashdan maqsad va uning mazmuni, maqsadi

    2. Mahsulotni qayta tarashga tayyorlash.

    3. Pilta qo’shish mashinalarining markalari.

    4."Tekstima 1578" pilta qo’shuvchi mashinaning tuzilishi va afzalliklari.
    Foydalanilgan adabiyotlar.

    1.Sh. R. Marasulov «Paxta va ximiyaviy tolalarni yigirish» , Toshkent, 1979 y. 1-qism.

    2.N. N. Milovidov, K. I Badalov «Pryadenie xlopka» , M, 1972 y.1 kims

    3.I. G Borzumov, K. I Badalov «Pryadenie xlopka i ximicheskix volokon»M, 1986 y

    4. N. I. Truevcev «Mexanicheskaya texnologiya voloknistix materialov», M, 1969 y
    Qayta tarash ingichka (T k5...11,8 teks) va o’rta yo’g’onlikdagi, juda katta mustaxkamlik, tiniq, elastik, yaltiroqlik va tozalikka ega iplar tayyorlash uchun qo’llaniladi, Bunday iplardan yuqori sifatli gazlamalar, trikotaj iplar, to’qima, to’qima-buyumlari va texnik gazlamalar tayyorlash uchun qo’llaniladi.

    Qayta tarashdan maqsad - parallel joylashgan, yaxshi tozalangan, uzunligi bo’yicha bir xil tuzilgan tolalardan tayyorlangan taralgan piltalar olishdir.

    Qayta tarash mashinasida:

    1) tolalar tutami aloxida tolalarga ajratib taraladi;

    2) tolalar xas-cho’p va nuqsonlardan tozalanadi;

    3) uzun tolalar taralib, kalta va zararlangan tolalar ajra-tilib tashlanadi;

    4) tolalarning uchlari to’g’rilanib, ular bir-biriga parallellashtiriladi;

    5) taralgan, tozalangan paxta tolasidan yuqori sifatli pilta olinadi va idishga taxlanadi.

    Qayta tarash mazmuni shu bilan izohlanadiki, bunda oxirgi uchlari qisilgan tolalar taroqlar bilan oldingi uchlari taraladi, keyin birta taroq( bilan oldingi uchlari qisilgan tolalarning orqa uchlari taraladi.

    Taroq mashinalarda qisilgan tolalarni aloxida tolalarga ajratadi, kalta va zararlangan tolalarni ajratib tashlaydi. Qayta tarashda ajratib tashlangan kalta tolalar tarandi deyiladi. Talablarga bog`liq xolda tarandi miqdori 6% dan 25% gacha bo’ladi. Tarandi asosan o’rta chiziqli zichlikdagi ip ishlab chiqarish uchun boshqa komponentlar aralashmasiga qo’llaniladi (60% gacha aralashma tarkibi).

    Qayta tarashda quyidagi natijalarga erishiladi:

    - mahsulotdagi kalta tolalar miqdori 20-30% ga kamayadi, tolalarning modal` va shtapel` uzunligi 1,5-2 mm oshadi, o’rtacha uzunligi - 0,2-0,5 mm va kvadratik ogishi 25-26 dan 22%gacha kamayadi;

    - taralgan piltada tolalarning to’g’rilanish koeffisiyenti 0,5-0,55 gacha o’sadi, xolstchada 0,75-0,86 qayta tarashdan oldin taralgan piltada 0,79-0,89 gacha bo’ladi;

    - xas-cho’p va nuqsonlar kamayadi, og`irlik bo’yicha 55% gacha va miqdor bo’yicha 40% gacha;

    - mahsulotdagi tolalarning ajralish yaxshilanadi;

    - kalta tolalar chiqindilardan tozalash samaradorligi, shuningdek, ip mustaxkamligi, uning to’g’rilanishi va tozaligi tarandi tarkib va miqdoriga bog`liq ; bo’ladi. Shu vaqtning o’zida tarandi miqdori amaliy jixatdan tolalar joylashishi va to’g’rilanishi samaradorligiga ta`sir ko’rsatmaydi.

    Qayta taralgan iplar tayyorlash uchun xom ashyo, 1, 2, 3 tip ingichka tolali paxta bo’lib, ammo o’rta chiziqli zichlikdagi ingichka ip tayyorlash uchun 4 va 5 tip o’rta tolali paxta qo’llaniladi.

    Tarash mashinasidan olingan pilta uchlari unchalik to’g’rilanmagan (kk0,5-0,56) va bir biriga nisbatan yaxshi joylashmagan bo’ladi. Qayta tarashda esa shu mahsulot taroq bilan taralib nafaqat kalta tolalarni tarandiga, balki qisqichdan tashqari tutamdagi uchlari to’g’rilanmagan va bir biriga nisbatan parallel joylashmagan uzun tolalar ham taralib ajratib tashlanadi. Qayta tarash mashinasi tarash mashinalaridan farq qiladi: unda kichik xolstchalardan pilta ishlab chiqariladi. Shuning uchun, odatda tarash mashinasidan olingan piltani qayta tarashga tayyorlash kerak bo’ladi.

    Qayta tayyorlashda tayyorlanmagan mahsulotda tarandi miqdori qayta tarashga tayyorlangan mahsulotga nisbatan 2 marta ko’p bo’ladi, olinadigan ipning uzish yuki, tekisligi va tozaligi bo’yicha sifati talabga javob bermaydi.

    Mashinani mahsulot bilan bir tekisda ta`minlash, mashinaga xizmat ko’rsatish uchun sharoit yaratish va qayta tarashning samaradorligini ko’tarish uchun qayta tarash mashinalari aloxida piltalar yoki bir qatorga joylashgan 16-24 piltalardan tuzilgan xolstchalar bilan ta`minlanadi.

    Mahsulotni qayta tarashga tayyorlashning mazmuni shundan iboratki, bunda mahsulotni cho’zish asbobida cho’zish natijasida tolalar to’g’rilanadi va parallellanadi, yo’g’onligi bo’yicha ko’ndalang yo’nalishda to’g’rilanadi, qo’shilishlar natijasida va qatlamlardan galtaklarga o’ralgan xolstcha olinadi. Mahsulotni cho’zish va qo’shish asosan turlicha tizimlar bo’yicha amalga oshiriladi. Tolalarni to’g’rilash va parallellash uchun tarash mashinasidan olingan piltalar piltalash mashinasi I o’timidan o’tkaziladi; masalan L2-50-1 turdagi mashina. Piltalash mashinasidan olingan piltalardan pilta qo’shish mashinalarda xolstcha hosil qilinadi. Hozirgi paytda yigiruv fabrikalari "Tekstima" modelli 1576 og`irligi 24 kg gacha bo’lgan galtaklarga o’ralgan xolstchani avtomatik ajratib olish xususiyatiga ega bo’lgan qayta tarash mashinasi bilan ta`minlanmoqda. Qayta tarash mashinalari xolstcha bilan ta`minlanadi. Bunday tayyorlashda piltalarning umumiy cho’zilishi EK4-8, pilta qo’shish mashinalarida qo’shishlar soni (tk16...24) va piltalash mashinalarida esa (dk 6...8) 96-192 ga teng.

    1576 Tekstima modelli pilta qo’shish mashinasining tuzilishi.

    Tekstima modeli 1576 mashinasida 50-80 kteks chiziqli zichlikdagi xolstchaga 24 tagacha piltalar qo’shiladi. Ta`minlovchi stolcha 1 ga diametri 500 ml va balandligi 1000 mm li piltalar tos 2 lar qo’yiladi. Piltalar toslardan aylanuvchi silindr va valiklar yordamida tortiladi. Bunda piltalar to’g’rilanishi uchun yo’naltiruvchi plankalardan o’tadi. Keyin esa piltalar yassilovchi asbobga stolcha bo’yicha bir biriga yaqin harakatlanadi. Yassilovchi asbob diametri 132 mm va uzunligi 340 mm 2 juft yassilovchi vallardan tuzilgan bo’lib, bunda hakarakatlanayotgan tolalar qatlami zichlanadi. O’rovchi asbob esa diametri 550 mm va uzunligi 260 mm 2 ta valdan iborat. Xolstchali -galtakdagi kj 10-12 kN gacha bo’lib, zich urashni ta`minlaydi va pnevmatik sodir bo’ladi. O’rash tezligi 60-100 m.min. Xolstcha diametri 158 va uzunligi 265 mm bo’lgan -galtaklarga o’raladi. Xolstchaning to’liq diametri 600 mm. Berilgan uzunlikdagi xolstcha -galtakka o’ralgandan s o’ng impul`s schyotchigi yordamida mashina avtomatik to’xtaydi. Keyin qisqichli disklar avtomatik ravishda ko’tariladi, pnevmatik tizimlar yordamida galtakka o’ralgan xolstcha 3 piltali konveyer 4 ga itariladi. Qisqichli disklar esa avtomatik ravishda pastga tushadi. Qo’yuvchi mexanizmlar yordamida shu disk orasiga bo’sh galtaklar qo’yiladi Shundan keyin disklar bir biriga yaqinlashib, galtaklarni bosib qo’yuvchi mexanizm orqaga qaytadi, ya`ni xolst o’rala boshlaydi. Xolstchani ajratib olish jarayoni 23 s davom etadi. Konveyer 4 dan xolstcha 1577.1 modelli ko’taruvchi mexanizm nov 5 ga itariladi. Ko’taruvchi mexanizmga ip-1577.2 modelli telejka 6 ni keltiradi va ko’taruvchi mexanizmni ilmoqlar bilan blokirovka qiladi.

    "Harakatga" degan knopka bosilgandan so’ng pnevmotizim ko’tariladi va 5 ogadi, 4 ta xolstcha bir vaqtda ko’tariladi va telejka 6 novda itariladi. Telejka pilta qo’shuvchi mashinalarga qaytuvchi 8 ta bo’sh galtak sigadigan magazindan iborat. Mashina elektr to’xtatgichlarga ega bo’lib, qoplamalari ochilsa oq signal lampasi yonadi, pilta uzilsa yoki tosdan chiqib ketsa ta`minlash zonasidagi chap yoki ung tomonni ko’rsatuvchi lampa, ma`lum uzunlikdagi xolstcha o’ralgandan keyin esa "Schyotchik" lampasi yonadi. Bundan tashqari elektrik sxemalarni ko’rsatuvchi shkaf 7 va kompressor 8 dan iborat. Mashinaning ish unumdorligi 175-466 kg.soat.

    Pilta qo’shuvchi mashinalarga xizmat ko’rsatish.

    Ishchi ikkita pilta ulash mashinalariga xizmat ko’rsatadi. U xolstcha sifatini nazorat qilib turishi, bo’sh toslarni to’liq piltali toslar bilan almashtiradi.

    Xolstcha to’liq o’ralgandan so’ng ularni bo’sh galtaklar bilan almashtiriladi va konveyer yoki keyingi mashinaga uzatadi. Ishchi mashina xolati, uning tozaligi, ish joyining tozaligiga javobgardir. Mashinani moylash qarov bo’yicha yo’riqnomalarga asoslangan xolda olib boriladi.

    Xolstchalardan chiqadigan chiqindilar va ularning kelib chiqish sabablari:

    Peresechka - uzunligi bo’yicha ingichka joylarning takrorlanishi bo’lib, u asosan cho’zish asbobi shesternyasi tishlari singanda kelib chiqadi.

    Pereslejina - uzunligi bo’yicha ingichka joylarning turli uchastkalarda tartibsiz takrorlanishi bo’lib, piltalarning notekisligi tosdan cho’zish asbobigacha haddan tashqari tortilishi, cho’zish asbobida oraliqlar (razvodka) ning noto’g’ri qo’yilishi, valiklarga tushadigan yukning noto’g’ri qo’yilishi natijasida kelib chiqadi.

    Ingichka joylar asosan mashina avtomatik to’xtashi natijasida ba`zi uzatmalarda piltalarning qatnashmasligi natijasida kelib chiqadi.

    Yirtik xolstchalar xolstchani zich qilib o’rash mexanizmining yaxshi ishlamasligi va yukning noto’g’ri qo’yilishidan kelib chiqadi.



    Takrorlash uchun savollar.
    1. Mahsulotni qayta tarashga tayyorlashning mazmuni haqida gapiring?

    2. Tekstima 1576 modelli pilta qo’shish mashinasida asosiy texnologik jarayonlarni gapiring?

    3. Xolstchalardan chiqadigan chiqindilar turlari va kelib chiqish sabablari nimadan iborat?

    4.Pilta qo’shish mashinalarining markalarini aytib bering?

    5.LXV-300 va «TEKSTIMA 1576» pilta qo’shish mashinalari farqlarini izohlang?

    6.Pilta qo’shish mashinalaring asosiy ishchi qismlarini aytib bering?

    7.Pilta qo’shish mashinalariga qanday xizmat ko’rsatiladi?



    Download 1,38 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   40




    Download 1,38 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Аннотоция: Мазкур маъруза матн тукимачилик ва енгил саноат инсти

    Download 1,38 Mb.