• M A ` R U Z A 1 MAVZU
  • Foydalanilgan adabiyotlar
  • Takrorlash uchun savollar
  • Tayanch iboralar
  • Аннотоция: Мазкур маъруза матн тукимачилик ва енгил саноат инсти




    Download 1,38 Mb.
    bet2/40
    Sana10.04.2017
    Hajmi1,38 Mb.
    #3920
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40

    K I R I SH .


    Hozirgi davrda yyengil sanoat va to’qimachilik korxonalari oldiga katta vazifalar qo’yilgan. Hozirgi zamon talablariga hamda jaxon standartlariga, bozor iqtisodiyoti talabalariga javob bera oladigan ip va gazlamalar ishlab chiqarish davr talabi bo’lib bormoqda. Mana shularni inobatga olib muxandis va olimlarimizning oldiga dasturlar va tadbirlar ishlab chiqarish qo`yilmoqda. O’zbekiston hukumati qo`llayotgan bir qator tadbirlarga muvofiq xo’jalik korxonalarini iqtisodiy boshqarishning yangi usuli hissadorlik jamiyatlarini tashkil qildi. Bu tadbirning asosiy maqsadi – xalk xo’jaligining yengil sanoat mahsulotlarga bo’lgan talablarni sifatli mahsulot bilan bozorni to`ldirishdan iborat.
    Hukumat - davlatning oliy kollegial ijroiya organi. H. turli mamlakatlarda turlicha nom bilan ataladi: Vazirlar Kengashi (Fransiya, Italiya, Polsha), Vazirlar Mahkamasi (Buyuk Britaniya, Oʻzbekiston), davlat kengashi (XXR) va h.k. H.
    Mahsulot - iqtisodiy faoliyatning ashyolar va xizmatlarda mujassam etilgan natijasi. Uning moddiy-buyum shakli moddiy M. koʻrinishiga ega. Maʼnaviyat sohasida gʻoya, ixtiro va kashfiyotlar, yangi texnologiyalar, i.t.
    Ilmiy tadqiqot institutlarining loyihalovchi mutaxassislarining faoliyatida GPI-4 yangi fabrika to’qimachilik korxonalarini loyixalashda eskilarini qayta jixozlash oid ko’p ishlarini amalga oshirmoqda. Jamiyatni bosqichma-bosqich va muntazam rivojlantirish jarayonida, taraqqiyot samarasini oshirishda ilmiy texnika taraqqiyotining roli juda katta.
    Texnika (techne - mahorat, sanʼat) - moddiy boylik olish hamda odamlar va jamiyatning extiyojlarini qondirish maqsadida inson atrofdagi tabiatga taʼsir qilishiga imkon beradigan vositalar va koʻnikmalar majmui.
    Bunda asosiy ko`zda tutilgan maqsad - korxonalarining mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqariladigan mahsulot sifatini yaxshilash, qo`l mehnatini kamaytirish va hokazo.

    Mamalakatimizning iqtisodiy qudratini oshirish uchun ishlab chiqarishning hamma tarmoqlarini kengaytirish, turli tarmoqlarini bir me`yorda rivojlanishini ta`minlash, ishlab chiqarishni boshqarishning yangi shakllarini qo`llash va shu yo`l bilan korxona samaradorligini oshirish kerak. Bu yangi iqtisodiy, tashkiliy o`zgarishlarning hammasi jamiyatimizning, shu jumladan har bir insonning extiyojlarini qondirishga ko`rsatilgan tadbirlar bo’lib, ular asosan yangi, tezkor, ixcham, qulay uskunalarini qo`llash xom ashyodan samarali foydalanish mehnatni ilgor tajriabalar asosida ilmiy tashkil qilish hisobiga bajariladi.

    Yengil sanoat, shu jumladan to’qimachilik sanoati xalqning moddiy, ma`naviy va madaniy talablarini qondirishda katta rol o`ynaydi. Shuning uchun to’qimachilik mahsulotlarining yangi turlarini, bejirim kiyim- kechaklar ishlab chiqarishni borgan sari ko’paytirib borish kerak.

    M A ` R U Z A 1

    MAVZU: TO’QIMACHILIK SANOATI XALQ XO’JALIGINING

    RIVOJLANTIRISHDAGI AHAMIYATI.


    REJA:
    1. To’qimachilik korxonalarining rivojlanishi.

    2. Paxta yigirishdagi yangi texnika va texnologiya.

    3. To’qimachilik mashinalarining holati.

    4. Mahsulot sifatini oshirish uchun qo`yilgan talablar.

    5. Zamonaviy texnologiya bilan eski texnologiya orasidagi farq

    Foydalanilgan adabiyotlar :

    1.

    Xalq - bu odamlar jamoasi boʻlib, ularning tili, madaniyati, sanʼati, dini boshqa jihatlarini birgalikda aks ettiradi. Xalq tushunchasi keng boʻlib jihatlari bilan birlashtiriladigan odamlar yigʻindisiga aytiladi.
    Adabiyot (arab. - adab so‘zining ko‘pligi) - 1. Fan va amaliyotning biror sohasidagi yutuqlarni umumlashtiruvchi asarlar majmui (texnikaviy A., qishloq xo‘jaligi A.i, siyosiy A. va boshqalar). 2. San’atning bir turi (badiiy A. deb ham ataladi)
    Sh.R. Marasulov « Paxta va ximiyaviy tolalarni yigirish», Toshkent, 1986 yil,I-qism.
    Toshkent - Markaziy Osiyoning eng yirik qadimiy shaharlaridan biri - O‘zbekiston Respublikasining poytaxtidir. Oʻrta Osiyoning yirik sanoat-transport chorraxasi va madaniyat markazlaridan biri. Mamlakatning shimoli-sharqiy qismida, Tyanshan togʻlari etaklarida, 440–480 m teppalikda, Chirchiq daryosi vodiysida joylashgan.

    2.N.N. Milovidov , K.I.Badalov « Pryadenie xlopka», M,1972 yil,I-qism

    3.B.A. Azimov « Paxta yigirish fabrikalarini loyixalash»,T,1995 yil.

    4.N.I. Truevcev «Mexanicheskaya texnologiya voloknitiux materialov», M, 1969 yil.
    Jamiyatni bosqichma - bosqich va muntazam rivojlantirish jarayonida, taraqqiyot samarasini oshirishda ilmiy-texnika taraqqiyotining roli juda katta. Bundan asosiy ko`zda tutilgan maqsad, korxonalarning mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqariladigan mahsulot sifatini yaxshilash, qo`l mehnatini kamaytirish va ishlash sharoitlarini tubdan yaxshilash.

    Mamlakatimiz iqtisodiy qudratini oshirish uchun ishlab chiqarishning hamma tarmoqlarini kengaytirish, turli tarmoqlarning bir me`yorda rivojlanishini ta`minlash, ishlab chiqarishni boshqarishning yangi shakllarini qo`llash va shu yo`l bilan korxonalarning samaradorligini oshirish kerak.

    Prezidentimiz chiqarayotgan qarorlarida bir qancha korxonalarning o`z- o`zini mablag’ bilan ta`minlash, ijara usulini qo`llash, korxonalarni yakka tartibda boshqarish, ijara usulini qo`llash va shunga o`xshash bir nechta iqtisodiy - tashkiliy tadbirlar hisobiga xalq xo’jaligining hamma tarmoqlarini iqtisodiy quvvatini oshirish ko`zda tutilgan. Bu yangi iqtisodiy - tashkiliy o`zgarishlarining hammasi jamiyatning, shu jumladan har bir insonning extiyojlarini qondirishga qaratilgan tadbirlar bo’lib, ular asosan yangi, tezkor, ixcham, qulay uskunalarni qo`llash, xom ashyodan samarali foydalanish, mehnatni ilg`or ishchilar tajribasi asosida ilmiy tashkil qilish hisobiga bajariladi.

    Yengil sanoat, shu jumladan, to’qimachilik sanoati xalqning moddiy va madaniy talablarini qondirishda katta rol o`ynaydi. Shuning uchun, to’qimachilik mahsulotlarining yangi turlarini yaratish, yuqori sifatli gazlamalar, trikotaj buyumlari va bejirim kiyim-kechaklar ishlab chiqarishni borgan sari ko’paytirib borish lozim. Buning uchun esa, ishlab chiqarish korxonalarining samaradorligini oshirsh, ularni qayta jixozlash, yuqori unumli yangi texnologiyani qo`llash, qo`l mehnati o`rniga mexanizasiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan, komp`yuterlashtirilgan uskunalarni keng qo`llash, yangi fabrikalar ko`rish shart.

    Shunday qilib, ishlab chiqariladigan mahsulot miqdorini ko’paytirish, sifatini yaxshilashning asosiy yo`nalishlaridan biri ishlab turgan fabrikalarning texnikasini, uskunalarini yangilash va yangi fabrikalarni qurish hisoblanadi.

    Yangi fabrikalarni loyixalash va eskilarni qayta jixozlashda ishlab chiqariladigan mahsulotlar assortimentini kengaytirish, sifatini yaxshilash, qo`l mehnatini kamaytirish, fabrika sexlarida ishlash sharoitini yaxshilash, ishchilarning xordiq chiqarish xonalarini tashkil qilish masalalari ko`zda tutilishi kerak.

    Bundan tashqari, har qanday yangi loyixalanadigan va qayta jixozlanadigan korxonalardan olinadigan samaraning yuqori bo`lishini ko`zlash kerak. Eng avvalo ish usullari samarali, ishlab chiqariladigan iplarning tannarxi arzon, kam mehnat talab qilishini ko`zda tutish kerak. Bu ko`rsatkichlarga erishish uchun esa qabul qilinadigan mashinalar yuqori unumli , ihcham bo’lishi, kam mehnat talab qilishi, texnologik jarayonlar, ip yigirish rejalari mohirona tuzilishi, yigirishda kam chiqindi chiqarish yo`llarini topish, g`altaklar sig`mini oshirish, mashinalarning uzluksiz ishlashini ta`minlash, yigirishdagi o’zilishni kamaytirish va ipning chiqishini ko’paytirish lozim. Ana shular asosiy omillar hisoblanadi.

    To’qimachilik sanoati murakkab va xilma-xil tarmoqlardan iborat, uning eng yirik tarmoqlaridan biri ip gazlama ishlab chiqarishdir. U to’qimachilik sanoatlarida ishlab chiqariladigan yalpi mahsulotning qariyib 78 % ini ishlab chiqaradi.

    O’zbekistonda ip yigirish texnikasi borgan sari takomillashib bormoqda. Paxta tolasi to’qimachilik sanoatining asosiy xom ashyosi. Boshqa tabiiy tolalarga nisbatan paxta tolasining yigiriluvchanlik xossasi yuqori. Undan ip yigiruv fabrikalarida har xil yo’g’onlikdagi iplar yigirilib olinadi, bu iplardan esa pishiq, nafis va chiroyli, rang-barang gazlamalar to`qiladi.

    Paxta tolasi bilan qatorda kimyoviy tolalar ishlab chiqarish ham o’smoqda. Bu esa mamlakatimiz to’qimachilik sanoati xom ashyo bazasini yanada kengaytirib va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar assortimentini kengaytirishga imkon beradi. Hozirgi zamon va bozor iqtisodiyoti talablarini inobatga olib paxta yigirish mashinalarini takomillashgan, komp`yuterlashgan, avtomatlashtirilgan yangidan-yangi turlari ishlab chiqarilib viloyatimiz shaxarlarida qo`llanilmoqda. Hozirgi vaqtda chet el inventetciyasini olib kirishga keng imkon berilishi natijasida chet el ishlab kelayotgan korxonalarning soni kundan kunga oshib bormoqda.

    Ma`lumki, yigiruv mashinalari va ularda bajariladigan jarayonlar boshqa soxalarda ishlatiladigan mashinalarga nisbatan ancha murakkab va xilma-xil. Bu mashinalarga a`lo sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish, ularning ish unumini oshirish uchun ularda bajariladigan jarayonlarning fizikaviy moxiyatini chuqur, logik jarayonlarni aniq o`rganish, taxlil qilish, ularni modellash lozim. Buning uchun matematika va kibernetika fanlari yutuqlaridan keng foydalanish zarur. Ayniqsa paxta tolasi va kimyoviy tolalarni yigirish nazariyasini yaxshi bilish kerak. Bu borada yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash hozirgi kunning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu esa oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlari talabalarini o`zbek tilida yozilgan darslik va qo`llanmalar bilan tula ta`minlashni taqozo qiladi.

    Til deb murakkab muloqot tizimiga yoki shu tizimni oʻrganish va ishlatish qobiliyatiga aytiladi. Tilni oʻrganuvchi sohaga tilshunoslik deyiladi. Jahon tillari miqdorini aniqlash uchun til va sheva orasida farq oʻrnatish zarur.

    Ip yigiruvchi muxandis o`quv yurtida tadbiq qilib, ip yigirish korxonalarning ishini tashkil qilish kerak. Buning uchun yigiruvchi muxandis o`z mutaxassisligini yaxshi egallagan bo’lishi, mashina va uskunalarni, ularning ish unumini oshirish yo`llarini yaxshi bilishi zarur. Bandan tashqari, mahsulot sifatini yaxshilash, mehnat unumdorligini oshirishning yangi yo`llarini topishi va shu bilan korxonalarning samarali ishlashini ta`minlashi lozim.

    Ip yigirishda qo`llaniladigan yangi texnika va texnologiyani yaratish quyidagi yo`nalishlar bo’yicha bormoqda:

    1. Titish va savash mashinalaridan tuzilgan yangi agregatlar qo`llanilmoqda, ularning tolani tozalash xususiyatlari ancha yuqori bo’lib, 70-80 % gacha iflosliklar ajralib chiqmoqda;

    2. Yangi tarash mashinalarining ish unumdorligi oldingi mashinalarga qaraganda 1,5 - 2 baravar yuqori;

    3. Titish-savash mashina agregatlariga tarash mashinasi ulanib yangi potok hosil qilinadi; bunday potoklarda texnologik jarayon yana bir bosqichga kamayadi;

    4. Pilik mashinalarida urchuqning aylanish tezligi 20-25% ko’payadi. Yangi loyixada halqali yigirish, pnevmomexanik va rotorli yigirish usullari qabul qilingan.

    5. Yigirish mashinalarida urchuqning aylanish tezligi 15000-20000 min -1  ga, pnevmomexanik yigirish kamerasining aylanish tezligi 40000-50000 min -1 ga etadi.

    Yangi halqali yigirish mashinalari P-76 va P-75 markalarida urchuqning aylanish tezligi nu  - 14000-16000 min -1 gacha ko’paytirilgan.

    "RIETER" firmasida ishlab chiqarilgan halqali yigirish mashinalarida G-5/2 va G-30 urchuqni aylanish tezligi pilik mashinasinikiga o’xshash pasayib, tezlik nu - 17000-20000 min-1gacha bo’lib tezlikni o`zgarishi kop`yuter orqali boshqariladi.

    Bundan tashqari bu mashinalarda ish unumdorligi 4-5 martagacha yuqori bo’lib, urchuqqa qolgan iplarni maxsus moslama yordamida o’zib tushiriladi, tayyor mahsulot avtomat yordamida olinadi va bo`sh naychalar qo`yiladi. Momiq surgichlari mavjud bo’lib, mashina va poldan paxta tolalarni terib tozalaydi.

    Titish-savash sexida o`rnatilgan avtomatik ta`minlagich birdaniga 70 ta kipga xizmat ko`rsatadi. Bu mashina komp`yuterlashgan bo’lib, kerakli ma`lumotlar va sodir bo’lgan kamchilik va nuqsonlar komp`yuter tablosida ko`rsatiladi. Bundan tashqari ogoxlantiruvchi lampalari va ogoxlantiruvchi signallari mavjud.

    Agregat tarkibida metall tutgich mavdjd bo’lib, juda sezgir magnit yordamida , juda kichkinagina metall parchasi paxta aralashmasi tarkibida tushib qolsa ham, metall aralashgan aralashma maxsus o`rnatilgan qopga kelib tushadi, bu esa keyingi jarayondagi texnologik mashinalarni ishdan chiqarmaslikka, yongin xavfining oldini olishga olib keladi.

    Metallar (yun. metalleuo - qaziyman, yerdan qazib olaman) - oddiy sharoitda yuqori elektr oʻtkazuvchanligi, issiq oʻtkazuvchanligi, elektr oʻtkazuvchanligi, elektr magnit toʻlqinlarini yaxshi qaytarishi, plastikligi kabi oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan oddiy moddalar. M.

    Savash mashinalari tarkibiga tarash mashinasi ham o`rnatilgan bo’lib, aralashma tozalanib quvurlar orqali tarash mashinasining ta`minlovchi bunkeriga kelib tushadi. Bu esa ishchi kuchini tejash, qo`l mehnatini yengillashi, atrof muxitni changsizlanishiga, yongin xavfsizligiga juda katta e`tibor berilgan.

    Avtomatik ta`minlagichning ish unumdorligi 650-1000 kg/s gacha. Tarash mashinalarining ish unumdorligi 30-80 kg/s gacha, yetkazilgan bu ko`rsatgich boshqa tarash mashinalariga nisbatan 4-5 martaga ko’p demakdir. Mashina komp`yuterlashtirilgan, ogoxlantiruvchi lampalari va asosiy ishchi organlarini moylab turuvchi maxsus qismlari mavjud. Bundan tashqari, mashinaning hamma joyi to`sinlar bilan bekitilgan bo’lib, chiqindilar pnevmomexanik usulda chang yerto`lasidagi maxsus o`rnatilgan xaltaga borib tushadi, bu vazifani filtr bajaradi.

    Tarash mashinalari avtos`emlashtirilgan. Piltalash mashinasida pilta chiqish tezligi V= 360-900 m/min. Bu mashinada pilta chiziqli zichligini rostlovchi moslama mavjud. Avtos`yom va o`z- o`zidan to`xtatgichlari, ogoxlantiruvchi lampalari mavjud. Piliklash mashinasidagi urchuqning aylanish tezligi nu = 1200min-1 dan 1500 min-1 gacha , bu mashinaga momiq surgichlari mavjud bo’lib, pol va mashinadagi kalta tolalardan tozalaydi. Mashinada 3x3 cho’zish asbobi bo’lib pishitish qismidagi tez aylanib turgan (rogul`ka) ishchining xavfsizligini ta`minlash uchun oyna to`sinlar bilan to`sib qo`yilgandir. Bu mashinada tayyor mahsulotni terib olish mexanizasiyalashtirilgan. Mashina avtomatik ravishda s`yom qilinadi.


    Takrorlash uchun savollar:

    1. To’qimachilik korxonalariga qo`yilgan davr talablarini ayting.

    2. To’qimachilik korxonalarga chet el texnologiyasining kirib kelishi nimadan iborat.

    3. To’qimachilik sanoatining xalq xo’jaligidagi ahamiyati nimadan iborat.

    4. «RIETER» Firmasi haqida nimalar bilasiz va u qaysi mamlakatlarga faoliyat ko`rsatadi.

    5. Zamonaviy mashinilar qanday bo’lishi kerak ?

    6. Mahsulot sifatini oshirish uchun nimalarga e`tibor berish kerak ?

    Tayanch iboralar:

    To’qimachilik sanoati, texnika va texnologiya, firma, agregat, paxta tolasi, kimyoviy tola, mashina, ishchi qism, talab, qo`l mehnati.


    M A ` R U Z A 2
    MAVZU: PAXTA TOLASINING ASOSIY XOSSALARI.
    REJA:

    1. Yigirish tizimlari.

    2. Ip va uning asosiy xossalari.

    3. Ip va yarim fabrikatlarning asosiy xossalari.

    4. Paxta tolasining asosiy xossalari.

    5. Yigirish rejasining tuzilishi .



    Foydalanilgan adabiyotlar :

    1. Sh.R. Marasulov « Paxta va ximiyaviy tolalarni yigirish», Toshkent, 1986 yil, I-qism.

    2.N.N. Milovidov , K.I.Badalov « Pryadenie xlopka», M,1972 yil,I-qism

    3.B.A. Azimov « Paxta yigirish fabrikalarini loyixalash»,T,1995 yil.

    4.N.I. Truevcev «Mexanicheskaya texnologiya voloknitiux materialov», M,1969 yil.
    Ip yigirish jarayonida tolali materiallar - paxta, jun, ipak, sintetik sun`iy tolalardan ip yigirib olinadi.

    Ipak, pilla tolasi - ingichka, pishiq, yaltiroq, tovlanib turadigan tola; ipak qurtining ipak ajratuvchi ikkita bezidan chiquvchi suyuqlikdan hosil boʻladigan tabiiy toʻqimachilik xom ashyosi. Ipak - ipak qurti pillasini oʻrab turgan uzunasiga bir-biriga yopishmagan, seritsin (ipak yelimi) bilan qoplangan va yelimlangan ikki toladan iborat.
    Ip hozirgi vaqtda takomillashgan yigirish mashinalarida yigiriladi.

    Ma`lum yo’g’onlik va pishiqlikdagi ip yigirish uchun maxsus yigirish tizimidan foydalanadi.

    Tanlangan mashina va mexanizmlar hamda ularda bajariladigan jarayonlar majmui yigirish tizimi deb ataladi.

    Yigirish tizimi yigirilayotgan ipning yo’g’onligiga, turiga, nimaga ishlatilishiga ip olinadigan tolali materiallarning asosiy xossalariga (asosan uzunligiga va ixchamligiga) qarab tanlanadi.

    Ip asosan to`rtta yigirish tizimida: karda (oddiy), qayta tarash (grebennoy), melanj va apparat tizimlarida yigiriladi.

    a) karda (oddiy) tizimi. Bu tizimda asosan o`rta tolali oq paxtadan yo’g’onligi T= 100-15,4 teksli (N 10-65) gacha bo’lgan ip yigirish uchun qabul qilingan. Bu tizimda texnologik o`timlar soni 5 yoki 6 ta bo’ladi.

    Karda tizimida yigirilgan ip pishiq, bir tekis, toza chiqaradi, undan chit, surp, maya, satin va boshqa bejirim pishiq gazlamalar to`qiladi. Ip mahsulotning 60% dan ko’pi shu tizimda yigirilganligi sababli bu tizimdan keng foydalaniladi.

    b) qayta tarash (grebennoy) tizim. Bu tizimda asosan, ingichka tolali paxtadan yo’g’onligi T= 11,8-340) gacha bo’lgan ingichka va yuqori sifatli ip yigirish uchun qabul qilingan. Bu tizimda texnologik o`timlar soni 9 tadan iboratdir.

    Bu tizimda yigirilgan ip karda tizimida yigirilgan ipga qaraganda ancha pishiq, bir tekis, toza, silliq va cho`ziluvchan bo’ladi, ammo maxsus mashinalar yordamida mahsulotga qo`shimcha ishlov berish zarurligidan va qayta tarashda kalta tolalarning chiqindi sifatida ajratib tanlanishi tufayli qayta tarash tizimida olinadigan ipning chiqishi miqdori kamayib ketadi. Bu esa uning tannarxini oshirib yuboradi. Shu sababli bu tizimdan uncha keng qo`llanilmaydi.

    Qayta tarash tizimida yigirilgan ipdan xilma-xil pishiq satin, mal-mal, mayya, vol`ta, markazet va boshqa yengil yozlik gazlamalar to`qiladi. Qayta tarash tizimida yigirilgan ipdan to`qiladigan gazlamalar ip gazlama sanogati ishlab chiqariladigan yalpi mahsulotning 20-25% ini tashkil etadi. Bundan tashqari tikuvchilik poyafzal sanoati uchun ingichka pishiq, cho`ziluvchan iplar galtak iplari, muline va kashtachilik hamda poponchilik iplari ham shu tizimda yigiriladi.

    v) Melanj tizimi - melanj francuzcha so`z bo’lib, aralashma ma`noni bildiradi. Bu tizimda asosan, o`rta tolali paxtadan, yigiruv fabrikasi chiqindilaridan shuningdek, paxtaning kimyoviy tolalari bilan q o`shib olingan aralashmasidan yo’g’onligi T= 100 -18,5 teks (N 10-54) gacha bo’lgan sifatli ip yigirilishi uchun qabul qilingan. Bu tizimda texnologik zanjirdagi o`timlar soni 9 tani tashkil etadi.

    Melanj tizimida ip bo`yalgan va bo`yalmagan aralashma paxtadan yigiriladi. Bu tizimda yigirilgan ip pishiq, bir tekis, tukli va toza bo’ladi; undan har-xil, rang-barang qimmatbaxo kostyumlik, pal`tolik gazlamalar, ip jun, ip duxoba gazlamalar va odeyallar to’qiladi. Bu tizimda yigirilgan ipdan to`qiladigan mahsulotlar ip gazlama sanoati ishlab chiqaradigan yalpi mahsulotlarning qariyib 10-15% tashkil qiladi.

    g) Apparat tizimi - bu tizimda asosan past sortli (V-VI-sortli) paxta va kalta tolali paxtadan 15 % gacha hamda yigiruv va to’quv fabrikalari chiqindilaridan , shuningdek, paxtaning jun va boshqa tolalar bilan birga (50% gacha) aralashmasidan yo’g’onligi T-500-41,7 teksli (N 2-24) ip yigirishda foydalaniladi. Bu tizimda texnologik zanjirda o`timlar soni to`rttani tashkil qiladi.

    Apparat tizimida yigirilgan ip bo`sh, notekis, cho`zilmaydigan, momiqday mayin va tukli bo’ladi. Bunday ip asosan, arqon sifatida ishlatiladi va undan har-xil yumshoq, issiq (ayniqsa bolalar uchun ishlatiladigan) gazlamalar to`qiladi. Bunday gazlamalar ip gazlamalar sanoati ishlab chiqariladigan yalpi mahsulotning qariyib 10-15% ni tashkil etadi.

    Har bir ip yigiruv fabrikasida ma`lum yo’g’onlikdagi va ma`lim sifatli ip ishlab chiqarilishi lozim. Yigirilgan ip yaxshi sifatli va tannarxi past bo’lishi kerak. Shu maqsadda ip yigirish tizimida, xom ashyo ingichkaligiga qarab, ma`lum yo’g’onlikdagi ip ishlab chiqarish uchun fabrikada yigirish rejasi to’ziladi. Bu rejada hamma mashinadan olinadigan xolst, pilta, pilik va ipning yo’g’onligi, pilta va pilik ipning pishitilish koeffisiyenti 1 m ga to`g`ri keladigan buramlar soni, cho’zish kattaligi va mashinalardagi asosiy ishchi organlarning tezligi ko`rsatiladi.

    Yigirish rejasi qanchalik aniq va mukammal to’zilsa, fabrika shunchalik samarador ishlaydi.

    Tolasining uzunligi 30/33 mm bo’lgan bazaviy sortli o`rta tolali paxtadan karda tizimida va ingichka tolali qayta tarash tizimida olingan, yo’g’onligi 18.5 - 100 teks (N 54-10).

    Yo’g’onlik 18.5 teksli (N = 54) tanda ipini yigirish rejasi.






    T/r



    Mashinalar


    Maxsu-

    lotning yo’g’onli-gi

    teks (№)


    Cho’zish

    marta


    Qo’shi-

    lishlar

    soni


    Pishi-

    tish

    koef.

    1 m.ga to’g’ri

    kelad. buram.

    soni


    Tezlik min-1

    Urchuq-

    lar

    Maxsulot chiqaruv.

    organlar

    1.

    Savash mashinasi

    384,6

    (0,0026)


    -

    -

    -

    -

    -

    10(yumalatib

    urovchi val)



    2

    Tarash mashinasi

    3225

    (0,31)


    119

    1

    -

    -

    -

    31(ajratish

    barabani)



    3

    LNS markali 1-o’tim

    3225

    (0,31)


    8

    8

    -

    -

    -




    4

    II-o’tim

    3225

    (0,31)


    8

    8

    -

    -

    -




    5

    Pillik mashinasi

    3225

    (3,5)


    11,2

    1

    10,35

    61,0

    800

    192

    6

    Yigirish mashinasi

    18,5

    (54)


    15,4

    1

    41,1

    824

    10400

    161

    Fabrikada texnologik jarayon to’g`ri borishi har bir yo’g’onlikdagi ip yigirish uchun aloxida yigirish rejasi to’ziladi. U quyidagi asosiy omillarni hisobga olib tuzilishi lozim:

    - texnologik jarayon qisqa bo’lishi, kam mashinalardan o`tishi, uning tannarxi past bo’lishi kerak.

    - katta tezlik bilan ishlaydigan eng so’nggi va takomillashganligi ko’zda tutish lozim.

    - jarayonlar to’la mexanizasiyalashtirilgan va iloji boricha avtomatlashtirilgan (ayniqsa o’zilgan ipni ulash, to’lgan naychalarni chiqarish avtomatlashtirilgan) bo’lishi kerak;

    - tayyorlov bo’limi mashinalari o’lchovlari kattalashtirilgan bo’lishi lozim.

    Yigirish rejasi mana shularni hisobga olgan xolda texnikaviy jixatdan ham yaxshi samara beradi, natijada a`lo sifatli va tannarxi past mahsulot ishlab chiqariladi.

    Samara (1936-91-yillarda Kuybishev "Куйбышев") - Samara (rus. Самара) Rossiya Federatsiyasidagi shahar, Samara viloyati markazi. Volga daryosining chap sohilidagi port shahar. Volgaga Samara daryosi quyilgan joyda joylashgan.

    2. Ip quyidagi talablarga javob berishi kerak:

    - ma`lum yo’g’onlikda, uzunligi, ko’ndalang kesimi bo’yicha bir tekis bo’lishi;

    - pishiqligi jixatidan GOST talablariga mos kelishi;

    - ma`lum uzayish koeffisiyentiga ega bo’lishi, turli uchastkalarda bir xil uzayishi;

    - 1 metrga to’g’ri keladigan buramlar soni bir xil, bir tekis pishitilgan bo’lishi;

    - toza bo’lishi (xas-cho’plar bo’lmasligi) va saqlash vaqtida iflos lanmasligi gigiena talablariga javob berishi;

    - ip qatlamlari naychalarga zich va to’g’ri o’ralishi naychalarga iloji boricha ko’proq uzun ip ketishi, ishlatish vaqtida ip naychalardan osongina chuvalib chiqishi lozim.

    Yigiruv fabrikasida paxta tolasi va boshqa tolalar bilan aralashmasidan har xil iplar yigiriladi. Ishlatilishi, ingichka yo’g’onligi (nomeri), tayyorlanishi va bo’yalishiga qarab iplar turli xillarga bo’linadi.

    Nimaga ishlatilishiga qarab iplar :

    - gazlama to’qiladigan (tanda va arqoq iplari);

    - trikotaj to’qiladigan (bunda asosan tanda ipi ishlatiladi);

    - texnika maqsadlari uchun (avtokard, bel`ting, kirza, turt va boshqa buyumlar ishlab chiqarilishi uchun) ishlatiladigan iplarga bo’linadi.

    Tanda ipi gazlamaning bo’ylama, arqoq ipi esa ko’ndalang iplarni hosil qiladi. Tanda ipi to’quv dastgoxida tarang turishi kerak, bu taranglik to’qish jarayonida bir necha marta o’zgarib turadi, shuning uchun pishiq va qayishqoq bo’lishi zarur. Bunday ip yuqori sifatli paxta tolasidan ishlanadi, unga arqoq ipiga nisbatan ko’proq buramlar berib, yaxshiroq pishitiladi. Aks xolda to’qish jarayonida o’zilaveradi, natijada mehnat unumdorligi ancha kamayadi, gazlama sifatsiz chiqadi.

    Trikotaj to’qiladigan ip toza, bir tekis va kamroq pishitiladigan bo’lishi kerak, chunki to’qish jarayonida halqa hosil bo’lish paytida iplar ko’pincha tarang holda emas, balki bo’sh holda bo’ladi, agar ip ko’p pishitilgan bo’lsa, halqalar chigal chiqishi mumkin.

    Agar ip bir tekis bo’lmasa iflos bo’lsa chigal halqalar hosil qilsa, to’qish paytida ko’p o’ziladi va ignalarning sinishiga sabab bo’ladi.

    G`altak ip (pishitilgan ip olishi uchun yakka iplar bir tekis bo’lishi kerak, aks holda ular noto’g’ri buriladi (eshiladi), natijada ip uncha pishiq chiqmaydi, galtak ipning pishiqligi maksimal bo’lishi uchun iplarning soni unchalik bo’lmasligi, ammo iplar uzunligi bo’yicha bir tekis bo’lishi lozim.

    Texnika maqsadlari uchun ishlatiladigan iplar juda pishiq va tekis buramlari soni juda aniq bo’lishi kerak. Bu iplar bir necha marta o’zilmasdan, bir oz uzayib o’zilishi lozim.

    Yigirish tizimiga qarab, paxta tolasidan yigirilgan ip:

    1. Karda tizimida yigirilgan;

    2. Qayta tarash tizimida yigirilgan;

    3. Melanj tizimida yigirilgan;

    4. Apparat tizimida yigirilgan iplarga bo’linadi.

    Iplar yakka va pishitilgan bo’ladi. Yakka ip - yigirish mashinasidan olinadigan tanda yoki arqoq iplar.

    Pishitilgan ip olish uchun bir necha yakka iplarni qo’shib buriladi. Ba`zan iplarni pishitishda ulardan o’zaro ilmoqlar, tugunchalar, spirallar hosil qilib, shakldor buramli ip olinadi.

    Tolalarning b o’yalishiga qarab iplar: 1. bo’yalmagan; 2. bo’yalgan; 3. bo’yalgan paxta tolasidan yigirilgan; 4. Melanj (har xil rangga bo’yalgan paxta tolasidan olingan; 5. gul bosilgan (nuqtalar yoki bo’yalgan uchastkalar tarzidagi rangli naqshlar, gullar bosilgan) xillariga bo’linadi. Bo’yalgan paxta tolasini yigirib ham ip olishi yoki oldin paxta tolasidan ip yigirib, keyin ipni bo’yash ham mumkin.

    Ba`zan iplar oqartirish va merserizasiya (natriy eritmasi bilan ishlov berish) jarayonida o’tkaziladi, ularning tuklari kuydiriladi. Bularning natijasida ip ko’rkamlashadi, strukturasi o’zgaradi, pishiqligi oshadi, kam kirishadigan bo’ladi, chiroyli va sifatli bo’yaladi.

    Ishlab chiqarilgan ipning sifati fabrika laboratoriyasida tekshirib boriladi. Laboratoriya ipning asosiy xossalari: yo’g’onligi (nomeri)pishiqligi, uzayishi pishitilishi muntazam ravishda sinab turiladi.

    3. Ipning xossalari yarim fabrikatning xossalari bilan chambarchas bog`liq bo’ladi. Yarim fabrikatlar (xolst, pilta, pilik)ning xossalari qanchalik yaxshi bo’lsa, ulardan shunchalik yuqori sifatli iplar olinadi.

    Ipning nomeri. Ipning yo’g’onligi va ingichkaligi uning asosiy xossalaridan biri bo’lib, teks (nomer) bilan ifodalanadi. Iplar yo’g’on, o’rtacha yo’g’onlikdagi va ingichka bo’ladi. Yo’g’onligi (500-41,7 teks bo’lgan ipning nomeri N 2-24 bo’ladi, bu ip odatda, yo’g’onligi past nomerli ip deyiladi; yo’g’onligi 41,7 -15,4 teks bo’lgan ipning nomeri N 24-65; bunday ip o’rta nomerli ip, yo’g’onligi 11,8 - 3 teks, ya`ni N 85-340 nomerligi ip esa ingichka yoki yuqori nomerli ip deb ataladi.

    Ipning nomerini (yo’g’onligini aniqlash uchun ip o’ralgan naychadan uzunligi 100 m ga teng ipning motavilada kalava qilib o’rab olinadi, so’ngra uni tarozida tortib, uzunligi og`irligiga bo’linadi (metrik o’lchov sistemasida)
    I

    N = -----;

    g

    bu yerda N - ipning nomeri



    I - uzunligi, m

    g – og`irligi, g


    Ipning nomeri kalava qilingan ipni tarozida tortmasdan kvadrat asbobi yordamida aniqlash ham mumkin.
    Yer - Quyosh sistemasidagi Quyoshdan uzoqligi jihatdan uchinchi (Merkuriy, Venera sayyoralaridan keyin) sayyora. U oʻz oʻqi atrofida va aylanaga juda yaqin boʻlgan elliptik orbita boʻyicha Quyosh atrofida aylanib turadi.
    Ma`lumki to’qimachilik sanoatida mahsulotning ingichka yo’g’onligini aniqlash uchun ko’pdan beri metrik o’lchov tizimi qo’llanilib kelmoqda. Ammo bu tizimda ancha kamchiliklar bor, chunki ma`lum uzunlikdagi mahsulotni tarozida tortib, uni og`irlikka bo’linadi, ya`ni uzunlik birligiga to’g’ri kelgan og`irlik topiladi, lekin og`irlik birligiga to’g’ri kelgan uzunlik topilsa, mahsulotning nomeri aniqroq bo’ladi. Mahsulotning o’rtacha nomerini tajribalarning o’rtacha arifmetik qiymati orqali topish ingichkaligi - massasi (razvesi) orqali aniqlanadi. Mahsulot qanchalik yo’g’on bo’lsa shunchalik og`irroq bo’ladi. Yuqorida keltirilgan kamchiliklari borligi uchun metrik o’lchov tizimidan SI tizimiga, ya`ni teks (tex) tizimiga o’tildi.

    Massa birligi uchun gramm, uzunlik birligi uchun kilometr qabul qilinadi. Mana shu xarakteristika teks deb ataladi. Shunday qilib, SI tizimida ip mahsuloti yo’g’onligini quyidagi formuladan foydalanib aniqlash mumkin:


    m 1000*m

    T = ----- = --------

    L L1
    bu yyerda T - mahsulotning yo’g’onligi , teks

    m - mahsulotning massasi, g

    L 1- mahsulotning uzunligi, km

    L - mahsulotning uzunligi, m


    Ip yigiruv fabrikalarida ishlab chiqariladigan ip va yarim fabrikatlarning yo’g’onligi har xil bo’lganligi tufayli yuqorida keltirilgan GOST ga asosan teksni katta va kichik birliklarda ham keltirish mumkin bo’lsa, milliteks (mg/km) ishlatiladi, bunday yo’g’onlikdagi mahsulotlar jumlasiga eng ingichka ip, pishiq va tolalar kiradi, agar yo’g’onligi 1000 teksdan katta bo’lsa, kiloteks (kg/km) da ifodalanadi. Bunday yo’g’onlikdagi mahsulot xolst va xolstchalar hisoblanadi.

    Masalan, 1000 * Tn = T = 0,001 Tk,

    bu yyerda Tm - mahsulotning yo’g’onligi, milliteks;

    Tk - mahsulotning yo’g’onlmigi, kiloteks;

    Yigiruv fabrikalarida tolalar, iplar va yarim fabrikatlarning ingichkaligi birlik massaga bevosita to’g’ri kelgan uzunlik bilan belgilanadi, boshqacha qilib aytganda, nomer teksning teskari qiymatiga teng:
    L m

    N = ----- = -----

    m L
    bu yyerda, N - mahsulotning nomeri;

    m - uzunligi;

    Lm- bo’lgan mahsulotning massasi, g Nomer bilan teks o’rtasidagi boglanishni topamiz:
    1000 1000

    N = N yoki T = ----- N = -----

    N T
    misol: T = 25 teks

    N = 40
    1000

    T = ----- = 25 teks

    N

    1000



    N = ----- = 40

    T
    Ipning pishiqligi dinamometrda aniqlanadi. Ipning uzuvchi kuchlar ta`siriga qarshilik ko’rsatish xossasi uning pishiqligi deb ataladi. Dinamometrda sinashda ipni uzuvchi kuchning topilgan qiymati ipning pishiqlik o’lchovi qilib qabul qilingan. Ipning uzuvchi kuchlar ta`sirida uzayish xossasi uning cho’ziluvchanligi deb ataladi.

    Ipning pishiqligi katta ahamiyatga ega. Shuning uchun uni to’g’ri aniqlash lozim. Ipning pishiqligi ikki usulda:

    1. Yakka iplarni o’zib;

    2. Kalava iplarni o’zib aniqlanishi mumkin.

    Ipning o’zilishi uzunligining qiymati quyidagi formula bilan aniklanadi:

    P gk

    R = ----- [km -----]



    T teks
    bu yyerda R - yakka ipning o’zilish uzunligi, m,km

    R - yakka ipning pishiqligi, teks

    T - ipning yo’g’onligi, teks
    Kalava ipning pishiqligi aniqlashda puxtalik qiymatidan foydalaniladi. Puxtalik qiymati quyidagi formuladan topiladi.
    Q

    D = ----


    T
    bu yyerda, D - puxtalik

    Q - kalava ipning pishiqligi, kg

    T - ipning yo’g’onligi, teks
    Ipning puxtaligi bilan o’zilish uzunligi o’rtasida quyidagi boglanish bor:

    R = K * D


    bu yyerda, K - tajriabadan topiladigan koeffisiyent; u 6-6,5 ga teng (ipning sifati ancha yuqori bo’lsa, bu koeffisiyent shuncha katta olinadi) Yakka ipning sifat ko’rsatkichi quyidagicha aniqlanadi:

    R

    Pk = -----



    S(r)
    bu yyerda, R - yakka ipning pishiqligi bo’yicha notekisligi, % S (r) - yakka ipning pishiqligi bo’yicha notekisligi, % Kalava ipning sifat ko’rsatkichi formula bilan topiladi:

    Q

    Pk = -----



    S (N)

    bu yyerda, Q - kaava ipning pishiqligi;

    S (N)  - ipning yo’g’onligi bo’yicha noteksligi, %. Paxta tolasining asosiy xossalari undan olinadigan ipning xossalariga bevosita ta`sir qiladi. Shuning uchun paxta tolasining asosiy xossalari bilan tanishib chiqamiz.

    Paxta tolasining tuzilishi (strukturasi) uning hamma xossalarini belgilaydi va tolaning pishib yetilgan lik darajasiga bog`liq bo’ladi.

    Hamma tolalar pishib yetilgan lik jixatdan 11 guruxga bo’linadi: 0,0; 0.5; 1.0; 1.5; 2.0; 2.5; 3.0; 3.5; 4.0; 5.0

    Agar paxta tolasi butunlay pishmagan bo’lsa (o’lik tola), devorlari juda yupqa uzun naychaga o’xshaydi. Bunday tola juda notekis va bo’sh bo’lib, undan sifatli ip olib bo’lmaydi, bo’yoqni yaxshi olmaydi. Bunday tolaning devori faqat bir qavat - kutikuladan iborat, xolos, kutikuladan esa moy - mumli moddalar juda ko’p, hujayra - sellyuloza juda kam bo’ladi. O’lik tolalar bir biriga yopishqoq yaltiroq, nafis qatlamlardan iborat.

    Tolaning pishiqligi uning ichki qavatidagi yigilgan sellyuloza miqdori bilan belgilanadi. Tola ichida sellyuloza qancha ko’p bo’lsa, tola shunchalik yetilgan bo’ladi. Chanoq ochilgandan keyin tola quriydi, uning devorlari bir biriga yopishgan lentasimon shaklini oladi, hamda unda jingalaklik hosil bo’ladi. Tolaning etilish darajasi ortadi, shunchalik ko’p jingalaklanadi. Paxta tolasi pishgan sari uning tashqi diametri ichki diametriga nisbatan oshadi va u pishganlik koeffisiyenti deb ataladi.

    Ba`zan pishib o’tib ketgan tolalar ham uchrab qoladi. Bunday tolalarning devori haddan tashqari qalin, pishiq, biroz dagal bo’ladi. Bunday tolalardan jingalakliklar bo’lmaydi.

    Tolaning pishib yetilgan ligi mikrokimyoviy usulda, polyarizaciya nuri ta`sirida olinadigan rangiga qarab, shuningdek mikroskop ostida ko’rinishi etalonga solishtirib ko’rib bilish mumkin.

    Paxta tolasining uzunligi har xil bo’ladi. Chigitdagi eng uzun tola, bu modal` uzunlik deb ataladi va Lm bilan belgilanadi. Tolaning madal` uzunligidan (3-4 mm) uzunroq tolalar gruppasiga shtapel uzunlik deb ataladi va L sht  deb belgilanadi.

    Hamma tolalarning o’rtacha uzunligiga to’g’ri keladigan uzunlik, o’rtacha uzunlik deb ataladi va Lu bilan belgilanadi.

    Tolaning shtapel` uzunligi yigirish va boshqa mashinalarga oraliq (razvodka) qo’yiladi.

    Paxta tolasining asosiy xossalari uning pishib etilishi, jingalakligi, tolasining uzunligi, tolaning bir tekisligi, tolaning yo’g’onligi, tolaning pipishiqligi va cho’ziluvchanligi, paxta tolasining namligi, paxta tarkibidagi xas-cho’plari kiradi.

    Paxta tolasining uzunligi qo’l yordamida shtapelga qilib tekshirish yoki laboratoriyada V.N.Jukov asbobi yordamida aniqlash mumkin. Tolaning uzunligi bir tekisligini ifodalovchi ko’rsatkich tolaning bazasi (S%) deb ataladi.

    Odatda, ingichka paxta tolasining bazasi 27-35% ni, o’rta tolali paxta tolasining bazasi 32-38% ni tashkil qiladi.

    Har xil uzunlikdagi tolalarni o’zaro solishtirib ko’rish uchun tekislik ko’rsatgichini kiritgan, bu ko’rsatgich modal uzunlik bilan bazaning ko’paytmasiga teng.


    S = Lm * S
    Paxta tolasining yo’g’onligi, ingichkaligi asosiy xossalaridan biridir. Tola qancha ingichka bo’lsa, bir xil yo’g’onlikdagi ipning ko’ndalang kesimida shuncha ko’p tola bo’ladi. Shuning uchun, undan ingichka va pishiq ip olinadi. Tolaning ko’ndalang kesimini mikroskop orqali o’lchash mumkin. O’rta tolali paxta tolasining ko’ndalang kesimi 18-24 mikron, ingichka tolasiniki 6-12, yo’g’on-dagal tolali paxtaniki esa 40 mikrongacha bo’lishi mumkin.

    Tolaning yo’g’onligi teks yoki milliteks bilan o’lchanadi. O`rta tolali paxta tolasining yo’g’onligi 222-181 mteks (N 4500-5500) gacha, ingichka tolali paxta tolasiniki 167-125 mteks (N 6500-8000) gacha. Tola yoki ipning yo’g’onligini aniqlashda quyidagi formulalardan foydalaniladi:


    m g mg

    T = ------ ------; -----; teks

    L km m
    bu yyerda, T - tolaning yo’g’onligi, teks, m - massasi, g (yoki mg)

    L - uzunligi, km (yoki m).

    Paxta tolasining pishiqligi uning asosiy xossalaridan hisoblanib ip yigirishda katta ahamiyatga ega.

    Tolaning cho’zuvchan kuchlarga qarshilik ko’rsatish qobiliyati uning pishiqligi deyiladi. Tola qanchalik pishiq bo’lsa, undan shunchalik pishiq ip olinadi. Agar tola 5 gk (gramm kuch) ta`sirida o’zilsa tolaning pishiqligi sortiga bog`liq bo’lib, u (dinomometr) yordamida aniqlanadi.

    Tolaning nisbiy pishiqligi quyidagi formuladan aniqlanadi.
    Rt

    Ri = ------[gk/teks]

    Tt
    bu yyerda, Ri - tolaning nisbiy pishiqligi, gk/teks;

    Rt - tolaning pishiqligi (uzuvchi nagruzka), gk

    Tt - tolaning yo’g’onligi, teks

    Paxta tolasining uzuvchi kuchlar ta`sirida bir oz uzayish xossasi uning cho’ziluvchanligi deb ataladi va uning miqdori 5-8% ni tashkil etadi. Tola qancha ko’p cho’zilsa (uzaysa), u shuncha elastik bo’ladi va undan shuncha pishiq ip olish mumkin:


    Rt = Rt * N
    bu yyerda, R - tolaning pishiqligi. gk;

    N - tolaning nomeri.

    SI - tizimida

    Rt = Rt [km]

    bu yyerda, T - tolaning yo’g’onligi, teks o’rta tolali paxtaning o’zilish uzunligi 24-25 km, ingichka tolali paxta tolasining o’zilish uzunligi esa 32-40 km.

    Tolaning pishib yyetilgan ligi uning o’z o’qi atrofidan 1800 burilishi natijasida tolalar palmani eslatuvchi shaklni oladi. Tolaning bunday buramligi uning jingalakligi deb ataladi.

    Tola qancha jingalak bo’lsa, shuncha yaxshi pishib yyetilgan bo’ladi, normal pishib yyetilgan bo’ladi, normal pishib yetilgan tolaning 1 sm uzunligiga 70-100 ta jingalaklik to’g’ri keladi.

    Paxta tolasining normal namligi yigirish jarayonida muhim rol o’ynaydi. Paxta tolasida ma`lum miqdorda namlik bo’ladi. Havoning namligi va haroratining o’zgarishi paxta tolasi boshqa materiallarga nisbatan tezroq "sezadi". Tolaning namligini o’zgartirish xossasi uning gigroskopligi deb ataladi.

    Paxta tolasining namligi formuladan topiladi:
    Dd - Dk

    Wf = -----------* 100%

    Dk 
    bu yyerda, Wf - namuna paxta tolasining namligi,%

    Dd - namuna paxta tolasining dastlabki massasi, g/kg

    Dk - namuna paxta tolasining quritilgandan keyingi massasi, g/kg

    Paxta tolasining namligi kondension apparat, elektrik nam o’lchash asbobi, termovlagometr va boshqa asboblar bilan o’lchanadi.

    Paxtaning hisobiy namligi quyidagi formuladan topiladi:

    ______


    Wp = (a    b  s)  100 - tk

    bu yyerda,  a  va  b  o’zgarmas koeffisiyentlar bo’lib, paxta uchun a- 0.8067; b- 0.02922; s - havoning nisbiy namligi; tk - quruq termometrning harorati.





    Download 1,38 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




    Download 1,38 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Аннотоция: Мазкур маъруза матн тукимачилик ва енгил саноат инсти

    Download 1,38 Mb.