|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti
|
bet | 93/102 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 0,86 Mb. | | #137329 |
Bog'liq 1-мавзу Суғуртанинг моҳияти ва функциялари-fayllar.orgSug‘urta ob’ekti - shaxsiy sug‘urtada fuqarolarning hayoti, sog‘ligi, mehnat qobiliyati: mulkiy sug‘urtada binolar, qurilmalar, transport vositalari, uy-joy mulki, tashiladigan yuklar va boshqa moddiy boyliklarni saqlash bilan bog‘liq manfaatlar; jismoniy yoki yuridik shaxsning o‘z hatti-harakati bilan uning shaxsga zarar keltirish fuqarolik mas’uliyati - mas’uliyatni sug‘urtalashda sug‘urta ob’ektlari bo‘lib hisoblanadi. Riskni baholash maqsadida sug‘urta ob’ekti sug‘urta kompaniyasining mutaxassislari tomonidan ekspertiza qilinishi mumkin.
Sug‘urta shartnomasi - ikki tomonlama yozma ravishdagi bitim bo‘lib, bunda sug‘urta kompaniyasi sug‘urta hodisasi tufayli zarar ko‘rilganda sug‘urtalanuvchiga sug‘urta qoplamasi yoki sug‘urta summasini to‘lash majburiyatini, sug‘urtalanuvchi esa belgilangan muddatlarda sug‘urta mukofotini to‘lash majburiyatini oladi. Sug‘urta shartnomasi tuzilganlik faktini tasdiqlash uchun sug‘urtalovchi sug‘urtalanuvchiga sug‘urta polisi beradi. Sug‘urta shartnomasini tuzishdagi asosiy, oddiy va qo‘shimcha shartlar sug‘urta shartnomasining mazmunini tashkil etadi.
Sug‘urta - har xil noxush xodisalar ro‘y berishi natijasida ko‘rilgan zararni qoplash hamda fuqorolarning hayotida tegishli sug‘urta xodisalari ro‘y berganda ularga moddiy yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etiladigan va undan foydalanish bilan bog‘liq (maqsadli pul fondlari) iqtisodiy munosabatlar yig‘indisi. O‘tkazish shartiga qarab, sug‘urta majburiy va ixtiyoriy bo‘ladi. Ob’ektiga ko‘ra, mulkiy, shaxsiy va javobgarlik sug‘urtasiga bo‘linadi. Sug‘urtaning asosini risk tashkil etadi. Sug‘urta - bu riskni taqsimlash usulidir.
Sug‘urtalanuvchi - qonun asosida yoki ikki tomonlama shartnoma asosida sug‘urta kompaniyasi bilan fuqoralik-huquqiy munosabatlarga kiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs. Sug‘urtalanuvchi uchinchi shaxs foydasiga sug‘urta shartnomasini tuzishga xaqli. Sug‘urtalanuvchi sug‘urta mukofotini o‘z vaqtida to‘lashi shart. Sug‘urta shartnomasini tuzish jarayonida sug‘urtalanuvchi sug‘urta ob’ektiga taalluqli bo‘lgan barcha ma’lumotlarni sug‘urta kompaniyasiga ma’lum qilishi shart.
|
| |