|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti
|
bet | 92/102 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 0,86 Mb. | | #137329 |
Bog'liq 1-мавзу Суғуртанинг моҳияти ва функциялари-fayllar.orgSug‘urta dalolatnomasi - sug‘urta xodisasi ro‘y berganda sug‘urta kompaniyasi tomonidan tuziladigan xujjat. Dalolatnomada molg‘mulkning zararlanish yoxud nobud bo‘lish sabablari, ko‘rilgan zarar miqdori va boshqa ko‘rsatkichlar bo‘ladi. Dalolatnomaga, zarur hollarda sug‘urta hodisasi va molg‘mulkning zararlanganligini tasdiqlovchi tegishli tashkilotlarning (yong‘inga qarshi kurash, davlat avtomobil nazorati, qishloq xo‘jaligi, veterinariya xizmati va boshqalar) yozma hulosasi ilova etiladi. Xalqaro sug‘urta munosabatlarida sug‘urta dalolatnomasini adjaster tuzadi va mohiyatan avariya sertifikatiga yaqinlashadi.
Sug‘urta mukofoti- sug‘urta mukofotining miqdori sug‘urta summasiga nisbatan foizlarda aniqlanadi. Sug‘urta mukofotining miqdori aniq summalarda ham ifodalanishi mumkin. Masalan, avtomobil egalarining uchinchi shaxsga zarar keltirish fuqarolik javobgarligini sug‘urtasida sug‘urta mukofoti aniq pul birligida ko‘rsatiladi.
Sug‘urtaviy foyda- sug‘urta xizmatining bahosi va tannarxi o‘rtasidagi farq. Sug‘urtaviy foyda sug‘urta operatsiyalarini amalga oshirish natijasida shakllanadi. Sug‘urtaviy foyda balans uslubi asosida sug‘urta mukofotlari tushumi va sug‘urta operatsiyalari tannarxini o‘zaro taqqoslash natijasida aniqlanadi. Sug‘urta operatsiyalarining tannarxi bu, sug‘urta kompaniyasining sug‘urta himoyasini ta’minlashga qaratilgan to‘g‘ri va egri, (shu jumladan zahira fondlariga ajratmalar) xarajatlarning yig‘indisidir. Odatda, sug‘urta tarifini hisoblashda nettog‘stavkaga yuklamada foyda ulushi ham ko‘rsatiladi. SHakllanish manbaiga ko‘ra, haqiqatdagi sug‘urtaviy foyda o‘z ichiga quyidagi foyda turlarini oladi: sug‘urta summasi zararlik ko‘rsatkichini kamaytirishdan olingan foyda, boshqaruv xarajatlarini iqtisod qilish natijasida olingan foyda, investitsiyadan olingan foyda va sug‘urta tarifida belgilangan foyda.
Sug‘urta puli- sug‘urta majburiyatini bajarish hamda sug‘urta operatsiyalarini moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmasdan o‘zaro kelishgan holda bir qancha sug‘urta kompaniyalarining ixtiyoriy uyushmasi. Sug‘urta puli, asosan, xavfli, yirik ob’ektlarni sug‘urtalash maqsadida tashkil etiladi. Har qaysi kompaniya o‘z sug‘urtalangan riskni pulga beradi va buning uchun, pul orqali yig‘ilgan sug‘urta mukofotlarining bir qismini oladi. Olingan sug‘urta mukofotlari hajmida sug‘urta koplamasini to‘lash bo‘yicha javobgarlikni o‘z zimmalariga oladi. Xorijiy
mamlakatlarda aviatsiya, atom, xarbiy risklarni sug‘urtalash uchun sug‘urta puli tashkil etilgan.
|
| |