|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti
|
bet | 68/102 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 0,86 Mb. | | #137329 |
Bog'liq 1-мавзу Суғуртанинг моҳияти ва функциялари-fayllar.orgRisk menejmenti - riskni kamaytirish yoki chegaralash bo‘yicha sug‘urta kompaniyasining maqsadli yo‘naltirilgan harakati. Risk menejmentining tarkibiy elementiga quyidagilar kiradi: riskni aniqlash, riskni baholash, riskni nazorat qilish va riskni moliyalashtirish.
Riskli holatlar - risk darajasiga ta’sir qiluvchi omillar. Sug‘urtalanuvchiga ma’lum bo‘lgan barcha riskli holatlar sug‘urta kompaniyasiga xabar qilinadi. Bu riskni baholashda muhim ahamiyatga ega. Riskli holatlarni tahlil etish syurveyer yoki adjasterning funksiyasiga kiradi. Bu sug‘urta kompaniyasini sug‘urta shartnomasini tuzish yoki tuzmaslik masalasi bo‘yicha qaror qabul qilishida hamda sug‘urta qoplamalari va summalarini to‘lashda muhim o‘rin tutadi. Riskli holatlar: shaxsiy va ashyoviy; to‘g‘ri va egri; tasdiqlanadigan va inkor qilinadigan: ob’ektiv va sub’ektiv turlarga bo‘linadi.
Risklarni tanlash - sug‘urta shartnomasini tuzish bo‘yicha mijozlardan kelib tushgan takliflarni tahlil etishga qaratilgan sug‘urta kompaniyasining faoliyati. Sug‘urta kompaniyasining muvozanatlashgan sug‘urta portfelini shakllanishida risklarni tanlash iborasini amaliy jihatdan ishlatish muhimdir. Sug‘urta amaliyotida risklarni tanlash ishini syurveyerlar amalga oshiradi. Risklarni tanlash - bu risk menejment sohasida olib boriladigan chora g‘ tadbirlarning bir qismidir.
Riskni baholash - risk parametrlarini xarakterlovchi barcha riskli holatlarni natura va qiymat ko‘rinishida tahlil etish. Eng ahamiyatli belgisiga qarab tegishli risklar guruhi ajratilgan hamda u riskni baholash mezoni hisoblanadi. Masalan, shaxsiy sug‘urta shartnomasini tuzishda insonning yoshiga e’tibor beriladi. Sug‘urta shartnomasi tuzilgan momentdan, sug‘urtalanuvchining o‘limiga yoki nogiron bo‘lib qolishiga olib keluvchi xavfli kasalliklarni aniqlash maqsadida mijoz qo‘shimcha ravishda dastlabki tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilishi mumkin. Sug‘urta kompaniyalarida riskni baholash ishini syurveyerlar amalga oshiradi. U sug‘urta ob’ekti bilan jiddiy tanishadi, har tomonlama tahlil etadi. Tahlil natijalariga muvofiq sug‘urtalanuvchi bilan sug‘urtaviy huquqiy munosabatlarga kirishishini maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida sug‘urta kompaniyasiga yozma xulosa beradi.
|
| |