34
3- bob. HISOBLASH JARAYONLARINING TURLARI. CHIZIQLI
HISOBLASH JARAYONLARI
3.1. Hisoblash jarayonlarining turlari.
3.2. Chiziqli hisoblash jarayoni.
3.3. Chiziqli hisoblash jarayonlariga misollar.
3.1. Hisoblash jarayonlarining turlari
Masala yechimining algoritmi ishlab chiqilayotgan davrda asosan uch xil
turdagi algoritmlardan foydalanib, murakkab ko‗rinishdagi algoritmlar yaratiladi.
Algoritmning asosiy turlariga chizig‗li, tarmoqlangan
va takrorlanadigan
ko‗rinishlari kiradi.
Murakkab masalalarning yechimini olish algoritmlari yuqoridagi turlarining
barchasini o‗z ichiga olishi mumkin.
Chiziqli turdagi algoritmlarda bloklar biri ketidan boshqasi joylashgan bo‗lib,
berilgan tartibda bajariladi (3.1-rasm). Bunday bajarilish tartibi ―tabiiy tartib‖ deb
ham yuritiladi.
.
3.1-rasm. Chiziqli hisoblash jarayoni
12
12
Alimov R.X., Xayitmatov O`.T., Fayzullayev S.X., Majidov R.R., Sattarova M. , Akramov A.A. Algoritm asoslari va
algoritmik tillar.
O‘quv qo‘llanma
. ТDIU, 2007. B. 30
1- ifoda
2- ifoda
n- ifoda
35
Ko‗p hollarda biron bir oraliq natijaga bog‗liq ravishda hisoblashlar yoki u
yoki boshqa ifodaga ko‗ra amalga oshirilishi mumkin yani
birorta mantiqiy shartni
bajarilishiga bog‗lik holda hisoblash jarayoni u yoki bu tarmoq bo‗yicha amalga
oshirilishi mumkin. Bunday tuzilishdagi hisoblash
jarayonining algoritmi
―tarmoqlanuvchi turdagi algoritm‖ deb ataladi (3.2-rasm).
Ko‗pgina hollarda masalalarning yechimini olishda bitta matematik
bog‗lanishga ko‗ra unga kiruvchi kattaliklarni turli
qiymatlariga mos keladigan
qiymatlarini ko‗p martalab hisoblash to‗g‗ri keladi.