9.1-jadval
46
Novatsiya va innovatsiyalar o„rtasidagi asosiy farqlar
Asosiy farqlar
Novatsiya Innovatsiya
Novatsiya Innovatsiya
1) amaldagi nazariya
doirasida qo‗llaniladi;
2) ko‗lam va vaqt bo‗yicha
chegaralanadi;
3) metodlar yangilanadi;
4) natija avvalgi tizimni
takomillashtiradi
1) tizimli, yaxlit va davomli bo‗ladi;
2) ma‘lum amaliyotda yangi faoliyat
tizimini loyihalaydi;
3) subyektlarning faoliyati to‗la
yangilanadi;
4) yangi texnologiyalar yaratiladi;
5) faoliyatda yangi sifat natijalariga
erishiladi;
6) amaliyotning o‗zi ham yangilanadi
I.P. Podlasiyning fikriga ko‗ra, ta‘lim innovatsionlari quyidagi o„zgarishlarga
olib keladi:
- pedagogik tizimning tamomila o‗zgarishi;
- o‗quv jarayonining o‗zgarishi;
- pedagogik nazariyaning o‗zgarishi;
- o‗qituvchi faoliyatining o‗zgarishi;
- o‗quvchi (talaba) faoliyatining yangilanishi;
- pedagogik texnologiyaning o‗zgarishi;
- ta‘lim mazmunining yangilanishi;
- o‗qitish shakl, metod va vositalarining o‗zgarishi;
- ta‘lim tizimi boshqaruvning o‗zgarishi;
- ta‘lim maqsadi va natijalarning o‗zgarishi.
46
Muslimov N.A., Usmonboyeva M.H., Sayfurov D.M., To‗rayev A.B. Innovatsion ta‘lim texnologiyalari. – T., 2015.
– 208 bet.
89
9.4. Ta‟limda pedagogning innovatsion faoliyati
Zamonaviy ta‘limga xos muhim jihatlardan biri pedagog faoliyatining
innovatsion xarakter kasb etishiga erishish sanaladi. Rivojlangan xorijiy
mamlakatlarda pedagog faoliyatining innovatsion xarakter kasb etishiga erishish
masalasi o‗tgan asrning 60-yillaridan boshlab jiddiy o‗rganila boshlagan. Xususan,
X. Barnet, J. Basset, D. Gamilton, N. Gross, R. Karlson, M. Maylz, A.Xeyvlok,
D.Chen, R.Edem, F.N. Gonobolin, S.M. Godnin, V.I. Zagvyazinskiy, V.A. Kan-
Kalik, N.V. Kuzmina hamda V.A. Slastenin kabi tadqiqotchilar tomonidan olib
borilgan ishlarda innovatsion faoliyat, pedagogik faoliyatga innovatsion yondashish,
innovatsion g‗oyalarni asoslash va ularni amaliyotga samarali tatbiq etish, xorijiy
mamlakatlar hamda respublikada yaratilgan pedagogik innovatsiyalardan xabaror
bilish orqali pedagog faoliyatida ulardan faol foydalanish borasidagi amaliy
harakatlar mazmunini yoritilgan.
V.A. Slastenin innovatsiyani yangilik yaratish, keng yoyish va foydalanishga
qaratilgan maqsadga muvofiq, yo‗naltirilgan jarayoni majmuyi deb biladi.
Muallifning fikriga ko‗ra har qanday innovatsiya yangi vositalar yordamida ijtimoiy
subyektlarning ehtiyojini qondirish va intilishlarini rag‗batlantirish maqsadini
ko‗zlaydi.
Har qanday innovatsiyada ―yangi‖, ―yangilik‖ tushunchalari muhim
ahamiyatga ega. Turli munosabat va jarayonlarga kiritilayotgan yangilik mazmunan
xususiy, subyektiv, mahalliy va shartli g‗oyalar tarzida namoyon bo‗ladi.
Xususiy yangilik munosabat, obyekt yoki jarayonga tegishli elementlardan
birini o‗zgartirish, yangilashni nazarida tutadi.
Subyektiv yangilik ma‘lum obyektning o‗zini yangilash zaruratni ifodalaydi.
Mahalliy yangilik alohida olingan obyekt uchun kiritilayotgan yangilikning
amaliy ahamiyatini tavsiflash uchun xizmat qiladi.
Shartli yangilik esa munosabat, obyekt yoki jarayonda murakkab,progressiv
yangilanishning sodir etilishini ta‘minlovchi ma‘lum elementlarning yig‗indisini
yoritishga xizmat qiladi.
R.N. Yusufbekova innovatsiyalarni pedagogik nuqtayi nazardan ko‗rib
chiqishga e‘tiborni qaratadi. Xususan, pedagogik innovatsiyalar muallif tomonidan
ta‘lim va tarbiya jarayonida avval ma‘lum bo‗lmagan, qayd qilinmagan holat yoki
natijaga olib boruvchi pedagogik hodisaning o‗zgarib turishi mumkin bo‗lgan
mazmuni ekanligi ta‘kidlanadi. Rossiyalik olimlar – A.I. Prigojin, B.V. Sazonov,
V.S. Tolstoy, N.P. Stepanov va boshqalar esa innovatsion jarayon hamda uning
tarkibiy qismlarini o‗rganishga e‘tiborni qaratgan. Bu o‗rinda ular innovatsion
jarayonning tashkil etilishiga nisbatan quyidagi ikki yondashuv mavjud ekanligini
e‘tirof etadi:
1) yangilikning individual mikro darajasi (unga ko‗ra qandayir yangi g‗oyaga
amaliyotga joriy etiladi);
2) alohida-alohida kiritilgan yangiliklarning o‗zaro ta‘sirini ifodalovchi mikro
daraja (bu o‗rinda alohida-alohida kiritilgan yangiliklarning o‗zaro ta‘sirlanishi,
birligi, raqobati va birining o‗rnini ikkinchisi tomonidan egallanishi ahamiyatli
sanaladi).
90
A.I. Prigojin, B.V. Sazonov va V.S. Tolstoylar o‗z tadqiqotlarida yangilik
kiritishning tizimli konsepsiyani asoslashga uringan. Bu o‗rinda mualliflar
innovatsion jarayonlarning quyidagi ikki muhim bosqichini bir-biridan ajratib
ko‗rsatishadi:
1. Yangilik sifatida namoyon bo‗ladigan g‗oyalarni ishlab chiqish (m: korxona,
tashkilot tomonidan muayyan turdagi mahsulotni ishlab chiqishning rejalashtirilishi).
2. Yangilik (muayyan mahsulot)ni keng ko‗lamda ishlab chiqish.
V. Slasteninning fikriga ko‗ra innovatsion yondashuv quyidagilarga ega
bo‗lishni ifodalaydi:
- ijodiy faollik;
- faoliyatga yangilik (o‗zgartirish) kiritishga texnologik va metodologik
jihatdan tayyorgarlik;
- yangicha fikrlash;
- yuksak muomala madaniyati.
Pedagogik innovatsiyalar tegishli sohada ijobiy o‗zgarishlarni sodir etish, sifat
jihatdan
yuqori
natijalarga
erishish
maqsadida
qo‗llaniladi.
Bu
turdagi
innovatsiyalarni asoslash muayyan bosqichlarda kechadi. Ular (9.2-rasm):
|