70
Inovatsion loyihalarni boshqarishga tizimli yondoshish nuqtai nazaridan
sotsial tahlil ularning samaradorligini tahlil qilishda markaziy o‗rinni egallaydi.
Innovatsion loyiha samaradorligi sotsial tahlilning maqsadlari va vazifalarga
o‗ar xil sotsial guruhlar manfaatlarini loyiha natijalariga mosligini ta‘minlash
bo‗yicha masalalarni tadqiqot qilish va choralarni ishlab chiqish bilan
bog‗liqdir. Bunday moslik loyihaning etarlicha yuqori samaradorligiga erishish
uchun
zarurdir, chunki u loyihani aholi tomonidan qo‗llab-quvvatlanishini
ta‘minlaydi. Loyiha maqsadlariga erishishni rag‗batlantiruvchi belgilangan sotsial
guruhlarning ttasavvurlari va xulqiga ta‘sir ko‗rsatish mumkin bo‗ladi.
Agar loyihani ishlab chiqishda uning samaradorligining sotsial tahliliga
etarlicha e‘tibor berilmasa, loyiha etarlicha keng sotsial qatlamlarga emas, balki
loyihani
ishlab
chiqaruvchilarning
o‗zlarining sotsial qadriyatlariga
mo‗ljallantirilishi mumkin. Loyiha natijalari bo‗lajak iste‘molchilari
guruhini
boshidan bunday toraytirilishi odatda uning past samaradorligiga olib keladi.
Ko‗pgina hollarda turli - tuman sotsial omillar, manfaatlar va afzalliklarni
hisobga olish loyihani ishlab chiqish va amalga oshirishga qo‗shimcha
xarajatlarni talab qilishi mumkin. Innovatsion mahsulotlar, xizmatlar,
texnologiyalarni amalga oshirish uchun do‗stona sotsial
muhitni yaratish bilan
bog‗liq bu xarajatlarning zarurligini baholash muhimdir.
Loyiha samaradorligining moliyaviy –iqtisodiy tahlili odatda uni ishlab
chiqishning namunaviy ekspertiza qilishning yakunlovchi bosqichida o‗tkaziladi,
ammo amalda u innovatsion loyiha samaradorligini butun tizimli tahlilining
markaziy elementi bo‗ladi.
Loyihaning investitsiyalar kirtishdan oldingi bosqichida uning moliyaviy
samaradorligini tahlil qilish va investitsion qaror qabul qilishda loyihaning
kiruvchi va chiquvchi pul oqimlarining bashoratli
miqdorini baholash va
tenglashtirish muhimdir.
Boshqacha qilib aytganda, bu bosqichida loyihani ―qora quti‖ sifatida ko‗rib
chiqish, ya‘ni loyihaning tashqi tuzilishi va uni amalga oshirish mexanizmiga
e‘tibor bermasdan kiruvchi pul oqimlari ()ya‘ni kerakli resurslar yoki loyihaning
71
xarajatlari qiymati ni loyihani chiquvchi pul oqimlari (ya‘ni, ishlab chiqarish
mahsulotlar qiymati
yoki loyihaning foydalari, daromadlari bilan) baholash va
tenglashtirish maqsadga muvofiqdir.