64
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OESR) doirasida fan va texnika
ko‗rsatkichlari bo‗yicha milliy ekspertlar guruhi tashkil qilingan.
Texnologik innovatsiyalar haqidagi ma‘lumotlarni to‗plash uslubiyoti 1992
yilda Oslo shahri (Norvegiya)da qabul qilingan tavsiyalarga asoslanadi. U ―Oslo
qo‗llanmasi‖ nomini olgan.
Xalqaro standarlarga muvofiq innovatsiya bozorga tadbiq etilgan yangi yoki
takomillashtirilgan mahsulot yoki amaliy faoliyatda foydalanilayotgan
yangi yoki
takomillashtirilgan texnologik jarayon yoxud sotsial xizmatlarga yangicha
yondashish ko‗rinishida ro‗yobga chiqqan innovatsion faoliyatning yakuniy
natijasi sifatida belgilanadi.
Innovatsion boshqaruv
g‗oyatda murakkabdir.
Innovatsion jarayonlarning
rivojlanishi qonuniyatlarini tahlil qilish uchun innvotsion menejerlar bo‗lgan
mutaxassislar zarur, ular yangilik kiritishlarning har xil tashkiliy – iqtisodiy
jihatlari bilan shug‗ullanadilar. Ularning innovatsiyalarni boshqarishdagi asosiy
vazifasi – innovatsion jarayonni ilgari surish, ehtimol bo‗lgan to‗siqlarni bashorat
qilish va ularni bartaraf qilish yo‗llarini belgilashdir.
Bozor iqtisodiyoti uchun yangilangan mahsulotlardan mansabdor bo‗lgan
mustaqil firmalarning raqobati, raqobatlashuvchi yangiliklar bozorning mavjudligi
xosdir.
Buyuk kompaniyalar muvaffaqiyatlarining ko‗p sonli tarixi bundan darak
beradi. SHu sababli yangilik kiritishlarning
bozorli tanlovi mavjud, unda
innovatsion menejerlar ishtirok etadilar.
Innovatsion menejerlar ijodiy jamoalarni tashkil qila turib, yangiliklarni
qidirib topish va tarqatish, ilmiy tadqiqotlar va ishlamalarga buyurtmalar portfelini
shakllantirish bilan shug‗ullangan holda, har xil tashkiliy tuzilmalar (fanlar
akademiyasi, OO‗Yu, ilmiy jamiyatlar,
tadqiqot tashkilotlari, konstruktorlik
byurolari, injiniring kompaniyalari va boshqalar)da harakat qilishlari mumkin. Ular
ilmiy jamoalarni boshqaradilar, ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtiradilar. Bularni
barchasi innovatsion boshqaruvchilar malakasi oldiga yuqori talablarni qo‗yadi:
ular ilmiy texnik va iqtisodiy – psixologik salohiyatga, ham an‘anaviy menejer va
65
ham tadqiqotchi olim sifatiga ega bo‗lishlari,
yangilik kiritishlarning
samaradorligini baholash va innovatsiyalarni boshqarishga qodir malakali
iqtisodchi bo‗lishlari kerak.