66
Innovatsion jarayon (IJ) davriy xarakterga ega. IJ ni ifodalovchi faoliyat inson
mehnatini taqsimlanishi natijasida ajralib chiqqan, bir birlaridan farqlanuvchi
alohidagi vazifaviy, tashkiliy birliklarga bo‗linadi. IJ ning iqtisodiy va texnologik
ta‘siri faqat yangi mahsulotlar yoki texnologiyalarda qisman ro‗yobga chiqadi.
7
U ancha ko‗proq yangi texnikani vujudga kelishining shart – sharoiti sifatida
iqtisodiy va ilmiy – texnik salohiyati ko‗payishida namoyon bo‗ladi, ya‘ni
innovatsion tizim va uning tarkibiy elementlarining
texnologik darajasi oshadi,
shuning bilan innovatsiyalarga moyillik ham oshadi. Innovatsion jarayonni
umumiy ko‗rinishda zanjirga ko‗rinishida yozish mumkin:
FT – AT – I – L – Q – O‗- SICH – M – Sot, (3.1)
bu erda FT va AT – fundamental va amaliy tadqiqotlar; I – ishlama; L –
loyihalashtirish; Q – qurilish; O‗ – o‗zlashtirish; SICH – sanoat ishlab chiqarish; M
– marketing; Sot. – sotish.
Bu zanjirni tahlil qilish uchun uning har xil elementlari o‗rtasidagi
teskari
aloqa omillaridan abstraklashish (predmetlar va ular o‗rtasidagi munosabatlarning
bir qator xususiyatlaridan ularning muhim alomatlarini ajratish maqsadida xayolan
chalg‗imoq), FT – O‗ davrasi uzunligini (u 10 yildan ko‗proq davom etishi
mumkin) va pallalardan har biri (FT – AT; L - Q)ning
nisbiy mustaqilligini
hisobga olish zarur. Ilmiy faoliyat tushunchasi bilan bog‗liq fundamental (nazariy)
tadqiqot har qanday innovatsion jarayonning boshlang‗ich bosqichi bo‗ladi.
Albatta, davraning har bir alohida elementi fundamental tadqiqot bilan bog‗liq
ilmiy faoliyat bilan to‗ldirilgan. SHu narsa xarakterliki, FT dan SICH gacha yangi
mu‘lumotlarning miqdori kamayib boradi. Bunda tadqiqot faoliyati borgan sari
ko‗nikmalar, tajribalar va standartli usullar bilan almashib boradi.
Agar FT ning yakuniy natijasi haqida gap ketsa, unda faqat savol nazariyasi
sohasidagi yangi, ajoyib, isbotlangan ma‘lumotlar va axborotlarni olish va qayta
7
Управление инновациями. Пер. с англ. – М.: Альпина Бизнес Букс, 2008
67
ishlashga qaratilgan tadqiqot faoliyatini ajratish kerak.
Nazariy tadqiqot bevosita
aniq amaliy vazifalarni echish bilan bog‗lanmagan, ammo xuddi uning o‗zi
innovatsion jarayonning poydevoridir. SHuning bilan birga nazariy tadqiqotlarning
zarurligi amaliyotning ehtiyojlari va predmet haqidagi oldingi bilimlarning sintezi
bilan asoslanishi mumkin.
Fundamental tadqiqotlar, qoidaga ko‗ra, amaliy tadqiqotlarda ro‗yobga
chiqadilar, ammo bu narsa darhol sodir bo‗lmaydi. Faqat ba‘zi bir tadqiqotlar AT –
I – L va h.k. ro‗yobga chiqadilar. Fundamental tadqiqotlar mavzularining taxminan
90 % salbiy natijaga ega bo‗lishi mumkin. Ijobiy natijaga ega qolgan 10 % dan
hammasi ham amaliyotda qo‗llanilmaydi. Axir fundamental tadqiqotning maqsadi
– jarayon (masala nazariyasi)ni anglash va rivojlantirishdir.
Amaliy tadqiqotlar (AT) butunlay boshqa maqsadga qaratilganliklarga
egalar. Bu ―bilimlarni moddiy holat‖ ga keltirish, ularni ishlab chiqarish jarayonida
o‗zgartirish, yangi mahsulot, texnologik chizmalar va h.k. topshirishdir.
Ishlamalar natijasida yangi mashinalar (uskunalar)ning
konstruksiyasi
yaratiladi va jarayon loyihalashtirish (L), ko‗rish, o‗zlashtirish (O‗) va sanoat
ishlab chiqarishi (SICH) pallalariga o‗tadi. M va Sot pallalari to‗g‗ridan – to‗g‗ri
innovatsion jarayon natijalarini tijoratli sotish bilan bog‗liqdir.