78
mashinaga qo‘lda boshqariluvchi kulachokli mufta o‘rnatilgan.
Tortish vali po‘lat quvurdan yasalib,
ustki qismi rezina bilan
qoplangan.
Ohor tog‘orasiga tanda iplari cho‘ktiruvchi vallar (4 va 6)
yordamida botiriladi va bu valni ohorlash omillariga qarab
elektrodvigatel bilan yuqoriga-pastga harakatlantiriladi.
Ohorlangan ip quritish zonasiga 8 beriladi va ikkinchi tortish
vali 8 keyin ajratuvchi chiviqlar 9, tanda ipi zichligini va enini
ta’minlovchi taroqdan o‘tib, to‘quv g‘altagiga 10 o‘raladi.
4.5-rasm.
Ohorlash mashinasining umumiy texnologik sxemasi:
1 – tanda g‘altagi tirgovuchi; 2 – yo‘naltiruvchi val; 3 –
birinchi tortuvchi val;
4 – birinchi cho‘ktiruvchi val; 5 – birinchi siquvchi val (bir juft); 6 – birinchi
cho‘ktiruvchi val; 7 – birinchi siquvchi val (bir juft); 8 – quritish kamerasi;
9 –
ajratish chiviqlari; 10 – to‘quv g‘altagi; 11 – ohor tog‘orasi; 12 – kompyuterli
nazorat – boshqaruv tizimi.