96
2.
Tovarning ikki xossasi – nafliligi (iste’mol qiymati) va qiymati inson
mehnatining ikki yoqlama tavsifi natijasida vujudga keladi. Agar naflilik (iste’mol
qiymat)
aniq mehnat orqali yaratilsa, almashuv qiymati abstrakt mehnatning natijasi
hisoblanadi.
3.
Qiymat mehnatning ijtimoiy xossasi bo’lib, unda tabiat
ashyolarining birorta
ham molekulasi, zarrachasi yo’qdir. Qiymatning asosida
odamlar bir-birlari uchun
mehnat qilishlarini bildiruvchi ijtimoiy mehnat yotadi. Biroq, alohidalashgan tovar
ishlab chiqaruvchilar mehnati singari o’zining ijtimoiy
xususiyatini faqat mehnat
mahsullarini ayirboshlash orqali ko’rsatadi.
4.
Tovar qiymatini aniqlash borasida iqtisodiyot nazariyasida ikki xil yondashuv
mavjud: qiymatning mehnat nazariyasi va keyingi qo’shilgan miqdor nafliligi
nazariyasi. Birinchi nazariya tovar qiymatini unda mujassamlashgan
ijtimoiy zaruriy
mehnat sarflari tashkil qiladi desa, ikkinchi nazariya
tovarning qiymatini uning
nafliligi, ayniqsa keyingi qo’shilgan tovar nafliligi belgilab beradi, deb ko’rsatadi.
5.
Tovarlarni ayirboshlash jarayonining uzoq vaqt rivojlanishi natijasida umumiy
ekvivalent vazifasini bajaruvchi, boshqa hamma tovarlarni
ayirboshlash mumkin
bo’lgan alohida tovar pul sifatida ajralib chiqdi.
6.
Pul o’zining rivojlanish tarixida quyidagi bosqichlarni bosib o’tdi: tovar pullar
(pul o’rnini har xil mahsulotlar bosgan); to’la qiymatga ega pullar (oltin yoki
kumush); to’la qiymatga ega bo’lmagan pullar (qog’oz pullar, oddiy metall tangalar);
kredit pullar (veksel, banknot, chek, kredit kartochka).