|
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash Pdf ko'rish
|
bet | 101/652 | Sana | 11.07.2024 | Hajmi | 8,58 Mb. | | #267370 |
Bog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASI
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash
– ishlab chiqarishni zamonaviy
texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma’naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan
texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora-tadbirlarni o’z ichiga oluvchi jarayon.
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar:
1. Ijtimoiy xo’jalik shakllariga umumiy tavsif bering. Natural va tovar
xo’jaligining asosiy farqlari nimalardan iborat?
2. Tovar ishlab chiqarish va bozorning vujudga kelishining umumiy shart-
sharoitlarini tushuntiring.
3. Nima uchun tovarga naflilik (iste’mol qiymat) va almashuv qiymatining birligi
sifatida qaraladi? Tovardagi bu ikki xil xususiyat nimadan kelib chiqadi?
4. Qiymatning mehnat nazariyasining mazmunini tushuntirib bering.
5. Qiymatning so’nggi qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyasining asosida nima
yotadi?
6. Keyingi (so’nggi) qo’shilgan miqdor nafliligi nima va uning pasayish sababini
tushuntiring.
7. Tovarlarning qiymatini aniqlashga bo’lgan quyidagi fikrlarga o’zingizni
munosabatingizni bildiring:
a) ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari bilan belgilanadi;
b) keyingi qo’shilgan tovarlarning nafliligi bilan aniqlanadi;
d) keyingi qo’shilgan tovarlarning nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlari bilan
aniqlanadi.
8. Pulning mazmunini va vujudga kelishining umumiy shart-sharoitlarini
tushuntirib bering.
9. Pulning ratsionalistik va evolyutsion kontseptsiyalarining mazmuni nimadan
iborat?
10. Pul qanday vazifalarni bajaradi? Har bir vazifasining mazmunini tushuntirib
bering.
11. Oltin pul va qog’oz pul o’rtasidagi umumiylik va farqlarini ko’rsatib bering.
12. Qog’oz va kredit pullarning qadr-qiymati va barqarorligi nima bilan
belgilanadi?
|
| |