• Lorens egri chizig’idan
  •  Daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet478/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   474   475   476   477   478   479   480   481   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    2. Daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash 
    Dunyodagi barcha mamlakatlar aholi jon boshiga to’g’ri keladigan o’rtacha 
    daromadlar darajasi bilan bir-biridan keskin farqlanadi. Bu turli mamlakatlar 
    aholisining daromadlari darajasi o’rtasida tengsizlik mavjudligini bildiradi. Shu bilan 
    birga alohida olingan mamlakatlar aholisining turli qatlam va guruhlari o’rtacha 


    469 
    daromadlari darajasida ham farq mavjud bo’ladi. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi 
    darajasi ham daromadlaridagi farqlarni bartaraf eta olmaydi. 
    O’z-o’zidan aniqki, iqtisodiy o’sish daromadlarning ko’payishiga olib keladi. 
    Bunda butun aholi daromadlari mutlaq miqdorda asta-sekin o’sib boradi. 
    Daromadlarning mutlaq miqdori ko’payib borsa-da, har doim ham daromadlar 
    tengsizligi darajasiga ta’sir ko’rsatmasligi mumkin. 
    Daromadlar tengsizligi darajasini miqdoriy aniqlash uchun jahon amaliyotida 
    Lorens egri chizig’idan
    foydalaniladi (1-chizma). Chizmaning yotiq chizig’ida aholi 
    guruhlarining foizdagi ulushi, tik chizig’ida esa bu guruhlar tomonidan olinadigan 
    daromadning foizdagi ulushi joylashtirilgan. Nazariy jihatdan daromadlarning 
    mutlaq 
    teng taqsimlanishi imkoniyati
    (burchakni teng ikkiga bo’luvchi) 0E chiziqda 
    ifodalangan bo’lib, u oilalarning har qanday tegishli foizi daromadlarning mos 
    keluvchi foizini olishini ko’rsatadi. Ya’ni aholining 20 foizi barcha daromadlarning 20 
    foizini, aholining 40 foizi daromadlarning 40 foizini, aholining 60 foizi 
    daromadlarning 60 foizini olishini bildiradi va h.k. Demak, 0E chizig’i 
    daromadlarning taqsimlanishidagi mutlaq tenglikni ifodalaydi. 
    Shuningdek, nazariy jihatdan 
    mutlaq tengsizlikni
    ham ajratib ko’rsatish 
    mumkin. Bunda aholining ma’lum guruhlari (20 foiz, 40 yoki 60 foiz va h.k.) hech 
    qanday daromadga ega bo’lmay, faqat bir foizi barcha 100 foiz daromadga ega 
    bo’ladi. Chizmadagi 0FE siniq chizig’i mutlaq tengsizlikni ifodalaydi. 
    Real hayotda mutlaq tenglik va mutlaq tengsizlik holatlari mavjud bo’lmaydi. Balki 
    aholining ma’lum guruhlari o’rtasida daromadlarning taqsimlanishi notekis ravishda boradi. 
    Bunday taqsimlanishini Lorens egri chizig’i deb nomlanuvchi 0E egri chizig’i orqali kuzatish 
    mumkin. Aholi guruhlari ulushi va daromad ulushini birlashtiruvchi egri chiziqdan ko’rinadiki, 
    aholining dastlabki 20 foiziga daromadlarning juda oz (taxminan 3-4 foizgacha) qismi to’g’ri 
    keladi. Keyingi guruhlarga to’g’ri keluvchi daromad ulushi ortib boradi. Daromadning eng 
    katta qismi (deyarli 60 foiz) aholining so’nggi 20 foiziga to’g’ri keladi. Bu guruh chegarasi 
    ichida ham daromadlar notekis taqsimlangan, ya’ni dastlabki 10 foiz taxminan 20 foiz 
    daromadga ega bo’lsa, keyingi 10 foizga daromadning deyarli 40 foizi to’g’ri keladi va h.k.
    Mutlaq tenglikni ifodalovchi chiziq va Lorens egri chizig’i o’rtasidagi tafovut daromadlar 
    tengsizligi darajasini aks ettiradi. Bu farq qanchalik katta bo’lsa, ya’ni Lorens egri chizig’i 
    0E chizig’idan qanchalik uzoqda joylashsa, daromadlar tengsizligi darajasi ham 
    shunchalik katta bo’ladi. Agar daromadlarning haqiqiy taqsimlanishi mutlaq teng bo’lsa, 
    bunda Lorens egri chizig’i va bissektrisa o’qi bir-biriga mos kelib, farq yo’qoladi.


    470 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   474   475   476   477   478   479   480   481   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish