|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti Pdf ko'rish
|
bet | 477/652 | Sana | 11.07.2024 | Hajmi | 8,58 Mb. | | #267370 |
Bog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASIiste’molchi budjeti
asosida amalga oshiriladi. Iste’molchi budjetlarining bir qator
turlari mavjud bo’ladi: o’rtacha oila budjeti, yuqori darajada ta’minlangan budjet,
minimal darajada moddiy ta’minlanganlar budjeti, nafaqaxo’rlar va aholi boshqa
ijtimoiy guruhlari budjeti shular jumlasidandir.
Farovonlikning eng quyi chegarasi
ni oila daromadining shunday chegarasi
bilan belgilash mumkinki, daromadning bundan past darajasida ishchi kuchini takror
hosil qilishni ta’minlab bo’lmaydi. Bu daraja
moddiy ta’minlanganlik minimumi
yoki kun kechirish darajasi
(qashshoqlikning boshlanishi) sifatida chiqadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida o’rtacha daromad «o’rtacha sinf» deb ataladigan
tabaqalar daromadlari bo’yicha aniqlanadi. Bunday guruh iste’mol savati to’plamiga
uy, avtomashina, dala hovli, zamonaviy uy jihozlari, sayr qilish va bolalarini o’qitish
imkoniyati, qimmatli qog’ozlar va zebu ziynat buyumlari kiradi.
Bozor iqtisodiyoti aholining yuqori ta’minlangan yoki «boy» qatlamining mavjud
bo’lishini taqozo qilib, ularga aholining yuqori sifatli tovar va xizmatlar xarid qilishga
layoqatli bo’lgan juda oz miqdori kiradi. AQSHda aholi bu qismining shaxsiy
imkoniyati 8-10 mln. dollar miqdorida baholanadi.
Turmush darajasi kishilarning turmush tarzi bilan uzviy bog’liq.
Turmush tarzi –
bu kishilar (jamiyat, ijtimoiy qatlam, shaxs)ning milliy va jahon hamjamiyatidagi
hayot faoliyati turi hamda usullarini aks ettiruvchi ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya.
Turmush tarzi inson hayot faoliyatining turli jihatlarini qamrab oladi, ya’ni:
- mehnat, uni tashkil etishning ijtimoiy shakllari;
- turmush va bo’sh vaqtdan foydalanish shakllari;
- siyosiy va ijtimoiy hayotda ishtirok etish;
- moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirish shakllari;
- kishilarning kundalik hayotdagi xulq-atvori me’yorlari va qoidalari.
|
| |