403
Bozor munosabatlariga o’tish davrida davlatning ijtimoiy
siyosati faqat jamiyat
a’zolarining manfaatlarini ishonchli ravishda himoya qilishdangina iborat bo’lmasdan,
balki mavjud ishchi kuchlarining ish bilan bandligini ta’minlashni ham o’z ichiga
oladi. Ayniqsa, aholining o’sishi yuqori sur’atlar bilan borayotgan va o’ziga xos aholi
tarkibiga ega bo’lgan respublikamizda ishchi kuchining ish bilan bandlik masalasi eng
muhim muammolardan biri hisoblanadi. Mamlakatimizdagi
iqtisodiy islohotlar
jarayonida ushbu masalani hal etish uchun bir qator tadbirlarni amalga oshirish
rejalashtirilgan.
Birinchidan,
keng
faoliyat turlari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlikni
kengaytirish uchun sharoit yaratish. Birinchi navbatda qishloq xo’jalik xomashyosini
qayta ishlash, xalq iste’mol
mollarini, mahalliy xom ashyodan qurilish materiallari
tayyorlovchi xususiy kichik korxonalarni faol rivojlantirishni rag’batlantirish.