404
mo’ljallangan iqtisodiy dasturning ustuvor yo’nalishlaridan biri bo’lib qolishini
ko’rsatib o’tdilar.
Asarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
aholi bandligi va uning
daromadlarini oshirish muammolarini hal etishda o’ziga xos lokomotiv vazifasini
bajarayotganligi, ichki bozorni iste’mol tovarlari bilan to’ldirishda salmoqli hissa
qo’shayotganligi, uning bugungi kunda mamlakatimizda eng yirik ishchi kuchi bozori,
mulkdorlar o’rta sinfini shakllantirishning asosiy omili,
millionlab odamlar uchun
daromad va farovonlik manbai hisoblanishi ta’kidlab o’tildi.
Aholini ish bilan ta’minlash muammolarini hal qilishda ham jiddiy sifat
o’zgarishlari ko’zga tashlanmoqda. Biz uchun o’ta dolzarb bo’lgan bu masalani
echishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish bilan birga, xizmat
ko’rsatish sohasi va kasanachilikning turli shakllarini keng joriy etish, qishloq joylarda
chorvachilikni rivojlantirishni rag’batlantirishga alohida ahamiyat berilmoqda.
«2008 yil mobaynida yurtimizda 661 mingga yaqin,
jumladan, kichik biznes
sohasida – 374 mingta, xizmat ko’rsatish va servis sohasida – qariyb 220 mingta,
kasanachilik hisobidan esa – 97 ming 800 ta yangi ish o’rni yaratildi»
107
.
Bugungi bosqichda kasanachilik sohasi bandlik va oila budjeti daromadlarini
oshirishning qo’shimcha manbaiga aylanib borayotganini hech kim inkor etolmaydi.
Ayni vaqtda kasanachilik fuqarolarni,
birinchi navbatda, xotin-qizlar, ayniqsa, ko’p
bolali ayollarni, yordamga muhtoj nogironlar va mehnat qobiliyati cheklangan boshqa
shaxslarni ishlab chiqarish faoliyatiga jalb etish uchun muhim ijtimoiy ahamiyat kasb
etmoqda.
2008 yilda kasanachilar tomonidan 34 milliard so’mlik mahsulot ishlab chiqarildi
va xizmatlar ko’rsatildi. Kasanachilik uchun ish o’rinlari ochgan korxonalar, shu
borada o’zlariga berilgan imtiyozlar hisobidan 1 milliard so’mdan ortiq mablag’ni
tejashga erishdi.
Aholini, ayniqsa qishloq aholisini ish bilan ta’minlashning yana bir muhim
yo’nalishi shaxsiy yordamchi va dehqon xo’jaliklarida
qoramol boqish bilan
shug’ullanadigan kishilar sonini ko’paytirishdan iborat. Qayd etish kerakki, bu
masalada muayyan ijobiy natijalar qo’lga kiritildi. Mamlakatimizda qoramollarni
aholiga va fermer xo’jaliklariga kimoshdi savdolari orqali sotish, ularga maqsadli va
imtiyozli kreditlar berish, veterinariya xizmati ko’rsatishning
sifati va hajmini
oshirish, ozuqa bilan ta’minlash bo’yicha samarali mexanizmlar yaratilgan.
Chorvachilikni rivojlantirish dasturining ijrosi doirasida 2008 yili kimoshdi
savdolarida 20 ming 300 bosh qoramol sotildi. 2009 yilda yana 24 ming 600 bosh
107
Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. –
T.: O’zbеkiston, 2009, 25-b.
405
qoramol sotilishi ko’zda tutilmoqda. Agar 2007 yilda qoramol sotib olish uchun 42,5
milliard so’mlik imtiyozli kreditlar ajratilgan bo’lsa, 2008 yilda bu raqam 48 milliard
200 million so’mni tashkil etdi
108
.
Mamlakatimizda ishchi kuchi bandligi samaradorligini ta’minlash uchun davlatni
bandlik siyosatining quyidagi yo’nalishlarini kuchaytirish maqsadga muvofiqdir:
- oilaviy biznes va kichik xususiy korxonalarni rivojlantirishni jadallashtirishni
ta’minlash;
- mazkur maqsadlarda mikrokreditlash tizimini rag’batlantirish;
- yirik sanoat korxonalari va nisbatan kichikroq bo’lgan ishlab chiqarish
korxonalari bilan kasanachilikni kengaytirish asosidagi kooperatsiyani
rivojlantirish
imkoniyatlaridan keng qamrovli foydalanish;
- mahalliy xomashyoni puxta qayta ishlashga va tayyor, raqobatga bardoshli
mahsulot ishlab chiqarishga yo’naltirilgan yengil va oziq-ovqat qayta ishlash
sanoatining ko’p mehnat talab qiladigan tarmoqlarini jadal rivojlantirish;
- xizmat ko’rsatish sohalarini
rivojlantirish, qishloq joylarida qishloq xo’jaligiga
taalluqli bo’lmagan bandlik sohalarini kengaytirish masalalarini hal etishga e’tiborni
kuchaytirish;
- ishsizlarni kasbiy o’qitish va jamoat ishlari tizimlarini takomillashtirish bilan
shug’ullanadigan xizmatlar ishini faollashtirish.
Mazkur chora-tadbirlarning amalga oshirilishi xalqimizning farovon turmushini
ta’minlash manbai bo’lgan ish bilan bandlik darajasining yanada oshishiga, aholining
ijtimoiy muhofazasining kuchayishiga yanada keng yo’l ochib beradi.