144
5. Kelgusida iste’molchi daromadlari, tovar narxi o’zgarishining
kutilishi va
tovarlar miqdorining yetarli bo’lishi yoki bo’lmasligi kabi omillar talab hajmini
o’zgartirishi mumkin. Kelgusida narxning
nisbatan oshishining kutilishi, iste’molchi
joriy talabining oshishiga olib keladi. Aksincha, narxning
pasayishi va daromadning
ko’payishining kutilishi tovarlarga bo’lgan joriy talab hajmining qisqarishiga sabab
bo’ladi.
Shu o’rinda, global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz ham jahon va milliy bozorlardagi
talab hajmiga salbiy ta’sir ko’rsatib, aksariyat hollarda
uning qisqarishiga olib
kelayotganligini ta’kidlash o’rinlidir. Jumladan, mazkur inqirozning O’zbekistonga
ta’sir oqibati ham jahon bozorida eksport mahsulotlarimizga bo’lgan
talabning
pasayishi orqali namoyon bo’ladi. Shunga ko’ra, 2009-2012 yillarga mo’ljallangan
Inqirozga qarshi choralar dasturida «jahon bozorida talab pasayib borayotgan bir
sharoitda, ichki bozorda talabni rag’batlantirish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni
qo’llab-quvvatlash iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarini saqlab qolish»
33
vazifasi
belgilab berilgan.