151
Taklif hajmiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar o’zgarmay qolgan sharoitda,
narxning bir foizga o’zgarishi taklifning necha foizga o’zgarishini ifodalovchi
ko’rsatkich taklifning narx bo’yicha egiluvchanligi ko’rsatkichi deyiladi.
Bu
ko’rsatkich ko’pincha oddiy qilib
taklifning egiluvchanligi
deb ham ataladi.
Taklifning narx bo’yicha egiluvchanligi (E
tf
) darajasi quyidagi formula bo’yicha
hisoblanadi:
P
Q
E
Òf
,
Bu yerda:
Q – taklif miqdorining foizli o’zgarishi;
P – narxlarning foizli o’zgarishi.
YUqoridagi 7.2-jadval ma’lumotlaridan foydalanib,
kartoshka narxining turli
darajalaridagi o’zgarishga muvofiq keluvchi taklif egiluvchanligi ko’rsatkichlarini
aniqlash mumkin. Masalan, 1 kg kartoshkaning dastlabki narxi 700 so’mdan 600
so’mga pasayishi sotuvchilar tomonidan taklif miqdorini 60 tonnadan 50 tonnaga
qadar qisqartirilishiga olib kelgan.
Bu holda, kartoshka taklifining narx bo’yicha
egiluvchanligi ko’rsatkichi:
2
,
1
700
100
:
60
10
Òf
E
ga teng.
Ya’ni, kartoshka narxining 1% ga pasayishi uni bozor taklifining 1,2% ga
qisqarishiga olib kelgan. Ta’kidlash lozimki, talabning narx bo’yicha egiluvchanligi
singari taklifning narx bo’yicha egiluvchanligi ko’rsatkichlari
ham tovarning har bir
muayyan narx darajasi uchun farqlanadi. Jumladan, jadvaldagi ma’lumotlar bo’yicha,
kartoshka narxi 600 so’mdan 500 so’mga pasayganda taklif egiluvchanligi
ko’rsatkichi 2,4% ni, 500 so’mdan 400 so’mga pasayganda 1,7%
ni tashkil etadi va
h.k.
Taklif egiluvchanligiga ta’sir ko’rsatuvchi muhim omil,
mahsulotga narxning
mavjud o’zgarishini hisobga olish uchun zarur bo’lgan vaqt oralig’i hisoblanadi.
Ishlab chiqaruvchi narxning mavjud o’zgarishiga moslashish uchun qanchalik uzoqroq
vaqtga ega bo’lsa, ishlab chiqarish hajmi shunchalik katta o’zgaradi va shunga mos
ravishda taklifning egiluvchanligi ham yuqori bo’ladi.
Biz yuqorida vaqt omilining
juda qisqa, qisqaroq va uzoq muddatli davrlaridagi taklifning o’zgarishiga ta’sirini
tahlil qilib bergan edik. Bu ta’sir taklifning egiluvchanligida ham o’z ahamiyatini
saqlab qoladi.
152
Shu o’rinda, talab va taklif egiluvchanligi ko’rsatkichlarini
aniqlashda ularning
turli darajalarini umumiy holda baholash muhim o’rin tutadi. bunda asosan quyidagi
uchta holatni ajratib ko’rsatish mumkin: