klassik yoki sof bozor iqtisodiyoti
deb nom oldi. Uning asosiy belgilari: a) iqtisodiy
faoliyat yuritishning xususiy mulkchilikka asoslanganligi; b) kapital va ishlab
chiqarishning korxona miqyosida umumlashganligi; d) tadbirkorlar, ishchilar, tovar
ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning shaxsan erkinligi; e) tadbirkorlarning
yuqori foyda olish uchun kurashlari; f) iqtisodiyotning talab va taklif, erkin bozor
narxi va raqobat kurashlari asosida tartiblanishi; g) aholining ijtimoiy himoya
qilinmasligi, ishsizlikning va aholi ijtimoiy tabaqalashuvining kuchayishi.
Bozor iqtisodiyotining ikkinchi ko’rinishi
hozirgi zamon rivojlangan bozor
iqtisodiyoti
deb atalib, XIX asrning oxiri va XX asr boshlaridan buyon amal qiladi.
Uning asosiy belgilari:
Bank
Uy xo’jaligi
Korxona (firma)
Davlat
101
a) iqtisodiy va tadbirkorlik faoliyatini yuritishning turli mulkchilik shakllari,
ya’ni, xususiy, davlat, jamoa, aralash va boshqa mulk shakllariga asoslanganligi;
b) kapital va ishlab chiqarishning yuqori darajada umumlashganligi, mulkning bir
qismi yirik monopoliyalar va davlat qo’lida to’planib, milliy va xalqaro miqyosda
umumlashganligi;
d) iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning faol ishtiroki. Bunda davlat fan-
texnika taraqqiyoti va boshqa omillarni hisobga olib, turli iqtisodiy tadbirlarni,
rivojlanish istiqbolini aniqlash, turli sohalar va tarmoqlar o’rtasidagi nisbatlarni
tartibga solish chora-tadbirlarini belgilash vazifalarini bajaradi;
e) xo’jaliklarni yuritishda reja usulidan foydalanishning kuchayishi (biznes rejasi,
marketing tizimi orqali boshqarish);
f) ijtimoiy himoyaning kuchayishi. Bunda davlatga, jamoalar va xususiy
kishilarga tegishli turli xil ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug’urta fondlarining vujudga
kelishi.
Bu har ikkala turda bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari va xususiyatlari
saqlanib qoladi, ularda tovar va pulning harakati, ularning qonun-qoidalari rivojlanish
uchun negiz va shart-sharoit bo’lib xizmat qiladi.
Hozirgi zamon bozor xo’jaligi iqtisodiyotdagi xususiy va davlat sektorlarining
o’zaro aloqasiga asoslanadi. Iqtisodiyotga ta’sirning intensivligi darajasi hamda davlat
tomonidan hal etiluvchi ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda, zamonaviy bozor
iqtisodiyotining quyidagi modellari farqlanadi (5.2-chizma).
Bozor iqtisodiyotida yuqorida tilga olingan belgi va tartiblar bilan birga, barcha
hozirgi zamon iqtisodiy tizimlariga xos bo’lgan bir qator shart-sharoitlar bo’lishi
taqozo qilinadi. Bular quyidagilar: ilg’or texnologiya va yangi texnik vositalardan
keng miqyosda foydalanish; ishlab chiqarishning ixtisoslashishi.
|