104
Qisqasi, bozor iqtisodiyoti sharoitida iste’molchining talabi qanday mahsulot turlarini
ishlab chiqarish masalasini hal qilishda muhim rol o’ynaydi.
Shuningdek, nima ishlab chiqarish zarurligini belgilash ko’p darajada resurslarni
yetkazib beruvchilarga ham bog’liq. Resurslarga bo’lgan talab – bu hosilaviy talab,
ya’ni bu resurslar vositasida ishlab chiqariluvchi tovarlar va xizmatlarga bo’lgan
talabdan kelib chiqadi. O’z daromadlarini yuqori darajaga yetkazishda resurslarni
yetkazib beruvchining ham bozor talabidan kelib chiqishi shubhasiz. Faqat iste’molchi
talabiga muvofiq tushuvchi tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar foyda olib
ishlashi mumkin va shu korxonalarning resurslarga bo’lgan talabi kuchayadi.
Qisqasi, iste’molchining afzal ko’rishi uning talabi orqali namoyon bo’ladi.
Tovar ishlab chiqaruvchi va resurslarni yetkazib beruvchilar o’z manfaatlarini
ta’minlash uchun bu talabga mos ravishda, ya’ni