28
Metaldagi shlakli qo`shilmalar, erkin sementit va hokazo ko`rinishdagi nuqsonlar hamda ancha katta
qoldiq cho`zilish zo`riqishlari qatlamlanib ko`chishiga sabab bo`ladi.
Ezilish. Detallar ishlayotganda yeyilish bilan birga ezilish jarayoni ham yuz beradi. Bunda
tutash detallarning sirtqi qatlamida metalning qayishqoq deformatsiyalanishi, qayirilishi, sinishi va
kesilishi sodir bo`ladi.
Ezilish jarayonining boshida detallar o`lchamlari o`zgaradi, ammo massasi avvalgidek qoladi.
Keyin sirtning deformatsiyalangan qismlaridan metalning ayrim zarralari ajraladi, natijada
metallarning massasi ham, o`lchamlari ham o`zgaradi.
Rez bali birikmalarning detallari, shuningdek, qo`zg`almas birikmalardagi detallar
(tutashuvchi detallari bo`lgan dumalash podshipniklarining halqalari, sevak hamda ramalarning
tayanch sirtlari va hokazo) ko`proq eziladi.