O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
NAMANGAN MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI
«TEXNOLOGIK MASHINA VA JIHOZLAR» KAFEDRASI
5321500 – Texnologiyalar va jihozlar (Sanoat jihozlarini t`amirlash va xizmat
ko`rsatish) ta’lim yo’nalish bo’yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun
«TEXNOLOGIK JIHOZLARNI EKSPLUATATSIYASI»
fanidan fanidan laboratoriya ishlarini bajarish bo’yicha
USLUBIY KO`RSATMA
(I qism)
Namangan – 2021
3
Kirish
«Texnologik jihozlarni ekspluatatsiyasi» fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun
uslubiy ko’rsatma 5321500 – Texnologiyalar va jihozlar (Sanoat jihozlarini t`amirlash va
xizmat ko`rsatish) ta’lim yo’nalish bo’yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun mo’ljallangan
bo’lib, jihozlarda ko’p sonli uchraydigan detal, uzellarni nosozliklarini aniqlash va ta’mirlash
jarayonlarini amaliy o’rganishga bag’ishlangan.
Ko’rsatmada laboratoriya ishlarining qisqacha mazmuni berilgan va kerakli hisoblarni
bajarish ko’rsatilgan.
Talabalar laboratoriya ishlari bajarishga tayyorgarlik ko’rayotganda, hisobot
yozayotganda va ishlarni himoya qilishga tayyorlanayotganda maxsus adabiyotlardan
foydalanishlari kerak.
Laboratoriya ishlarini bajarish jarayonida talabalar kerakli maslahatlarni,
ko’rsatmalarni o’qituvchi va o’quv ustasidan oladilar.
Laboratoriya ishlarini bajarishdan oldin talabalar quyidagi qoidalarga amal qilishlari
kerak:
-bajariladigan laboratoriya ishiga mo’ljallangan ko’rsatmalarni albatta o’rganib
chiqish;
- laboratoriya ishini bajarishdan oldin talaba o’qituvchi bilan suhbatlashadi. Kerakli
adabiyotlarni va uslubiy ko’rsatmalarni yozib olgan talabalarni laboratoriya ishini bajarishga
ruxsat etiladi;
-laboratoriya ishining natijalari bo’yicha hisoblari bajariladi, grafiklar chiziladi,
jadvallar to’ldiriladi, o’qituvchi bilan suhbatlashib topshiriladi. Ana shundan so’ng talaba
navbatdagi laboratoriya ishini bajarishga kirishadi;
-laboratoriya ishlarini bajarish jarayonida talabalar albatta, texnik va mehnat
xavfsizligi bilan tanishib, maxsus jurnalga imzo chekadi.
Laboratoriya ishlarini bajarishda rioya qilinadigan texnika va mehnat xavfsizligi
choralari:
Laboratoriya ishlari elektr tarmog’iga ulangan va ishlab turgan jihozlarda o’tkaziladi.
Shu sababli ishni bajarishga kirishishdan avval quyidagilarga rioya qilishlari shart:
1. Bajariladigan ish bo’yicha texnika va mehnat xavfsizligi bo’yicha suhbat
eshitishlari kerak.
2. Jihoz elektr tokiga ulanib turganini tekshirish kerak.
3. Darsga javobgar o’qituvchi va o’quv ustasining ruxsatisiz jihoz ishga tushirilishi
ma’n etiladi.
4. Ish tugagandan so’ng jihozning muxofaza eshiklari yopilishi kerak. Asboblar,
inventarlar o’z joyiga taxlab qo’yib, ustaga topshirilishi kerak.
5. Agar tasodif hodisa natijasida talaba jarohat olgan bo’lsa, darhol o’qituvchi yoki
o’quv ustasiga bu to’g’risida ma’lum qilib, laboratoriya xonasidagi shifokorlik
qutisidan yoki shifokor xizmatidan foydalanish kerak.
4
|