33
• ulagichlar (разъем);
• standart signallarni ishlab chiqaruvchi mikrosxemalar to‘plami;
• standart dastur kodi.
Kompyuter sanoatida yagona interfeys orqali tizimga kiritilgan
turli xil funktsional imkoniyatlarga (va
shunga mos ravishda har xil
xarajatlarga) ega, bir xil turdagi komponentlar to‘plami mavjud. Ushbu
kompyuterni tashkil etuvchi qurilmalar to‘plami va xususiyatlarining
to‘liq tavsifi shaxsiy kompyuter konfiguratsiyasi deb ataladi.
Kompyuter konfiguratsiyasi kerak bo‘lganda o‘zgartirilishi
mumkin. Oddiy deb hisoblash mumkin bo‘lgan asosiy konfiguratsiya
tushunchasi mavjud (2.5-rasmga qarang).
2.5-rasm. Shaxsiy kompyuter (1 – sichqoncha; 2 – klaviatura;
3 – monitor; 4 – tizim bloki).
Asosiy kompyuter konfiguratsiyasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
• tizimli blok;
• monitor;
• klaviatura;
• sichqoncha.
Tizimli blok –
shaxsiy kompyuterning asosiy komponenti bo‘lib, u
eng muhim komponentlarni oʻz ichiga oladi. Tizim bloki ichida joylashgan
qurilmalar ichki, tashqaridan ulangan qurilmalar esa tashqi deyiladi.
Axborotni kiritish va chiqarish uchun mo‘ljallangan tashqi qo‘shimcha
qurilmalar periferik qurilmalar deb ataladi.