52
Katta diagonali monitorni ulash yoki grafiklar
bilan professional
ishlash uchun sizga yuqori samarali modellar kerak bo‘lishi mumkin.
Zamonaviy professional video kartalar maksimal 3840x2400
pikselgacha bo‘ladi.
Pikselli konveyerlar bloki video protsessorning asosiy
elementlaridan biridir. 3D modelni
qurishda har bir konveyer
tasvirdagi bir nuqtaning rangini hisoblab chiqadi. Bir nechta konveyer
liniyasining mavjudligi bir vaqtning o‘zida bir nechta nuqtalar uchun
hisob-kitoblarni parallel ravishda amalga oshirishga imkon beradi, bu
esa tasvirni piksellar bilan to‘ldirish tezligini va natijada kompyuter
o‘yinlarida video kartaning ishlashini oshiradi. Birlashtirilgan konveyer
liniyalari (oqim protsessorlari) bo‘lgan arxitektura uchun bu maydon
piksel konveyerlari sifatida ishlatilishi mumkin bo‘lgan bunday oqim
protsessorlarining maksimal sonini belgilaydi.
Pikselli konveyerlar soni bo‘yicha video
kartalarning taxminiy taqsimoti
Konveyrlar soni
Karta turi
4
Yuqori darajali oddiy kartalar
8
O‘rta sinf
12
O‘rta
sinf uchun geymerlar
16,20
Yuqori darajadagi
soddalashtirilgan
modellar
24,48,128
Yuqori darajadagi high-end