46
(ko‘rsatma beradigan) choralar bilan emas, balki ob’ektiv avtomatlashtirilgan
hisobga olish asosida ob’ektiv yechishga imkon beradi.
3.4. Ko‘p zonali tarifga o‘tish
XX asrning 90-yillari o‘rtalaridan elektr energiya narxi to‘xtovsiz
ortadigan bo‘lib qoldi. Deyarli istalgan ishlab chiqariladigan mahsulotning
tannarxidagi elektr energiyaning ulushi ham ortib bordi. Elektr energiyasidan
samarali foydalanish bo‘yicha bir qator qonun va qarorlar qabul qilindi.
Jumladan, 1997-yilda “Energiyadan ratsional foydalanish to‘g‘risida”gi,
2009-yil “Elektr energetika to‘g‘isida”gi Qonunlar qabul qilinib,
hayotga
tadbiq etildi. Bu sohada qabul qilinayotgan har bir qonun, qaror zamirida
avvalo energiya resurlarini tejash, ulardan samarali va oqilona foydalanish
maqsadi yotadi.
Bugungi kunda elektr energiyasi iste’molni samarali boshqarishni
differensiallangan tariflar bo‘yicha hisoblashlarni
joriy etishsiz amalga
oshirish mumkin emas. Sutka zonalari bo‘yicha differensiallangan tariflarni
kiritish sutka vaqtiga bog‘liq elektr energiya iste’moliga turli tariflarni
ishlatilishini nazarda tutadi.
Energiya tizimlarida sutka davomida elektr energiya iste’moli notekis
va qoidaga ko‘ra, elektr energiya uchta: kam iste’mol qilish rejimi, o‘rta
iste’mol qilish rejimi va maksimal iste’mol qilish rejimlariga ega. Bu elektr
energiya iste’moli rejimlarga muvofiq sutka kesimida quyidagi zonalarga
bo‘linadi:
elektr energiya minimal iste’mol qilish
zonasi - tungi tarif zonasi
soatlariga;
elektr energiya o‘rta iste’mol qilish zonasi - yarim tig‘iz tarif zonasi
soatlariga;
47
elektr energiya maksimal iste’mol qilish zonasi – tig‘iz tarif zonasi
soatlariga.
Qoidaga ko‘ra, ertalabki va kechki maksimal iste’mol soatlariga
(ertalabki va kechki tig‘iz zonalar) ajratiladi. Generatsiyalaydigan
quvvatlarning
maksimum
soatlardagi
yuklanishi
tungi
minimum
soatlaridagidan bir necha martta yuqori bo‘ladi.
Differensiallangan tariflarni kiritilishining asosiy sabalaridan biri
energiya tizimlarida yuklama grafigini tekislashga
intilish hisoblanadi, Bu
yangi generatsiyalaydigan quvvatlarni kiritishni elektr energiya iste’mol
qilishning kamayishi hisobiga maksimum soatlarga olib qo‘yilishiga imkon
beradi. Bunig uchun elektr energiya iste’molchilari iste’mol qilish grafigini
o‘zgartirishi, ya’ni ko‘p energiya iste’mol qiladigan ishlab chiqarishni elektr
energiya maksimal iste’mol qilish zonasidan o‘rta va minimal iste’mol qilish
zonalariga o‘tkazishi zarur.
Sutka vaqtlariga bog‘liq turli tarif stavkalarining kiritilishi bilan ham
iste’molchilarda, ham elektr energiyani yetkazib beruvchilarda iqtisodiy
samaraga erishiladi. Iste’molchi iste’molini tartibga solish va unda
energiyani tejash uchun texnologik siklni o‘zgartirish bilan energiya
iste’molini mohirona boshqarish bilan amalga oshiriladi.
Ko‘p tarifli hisoblagichlarning o‘rnatilishi iste’mol
qilingan elektr
energiyasiga zamonaviy tariflar bo‘yicha hisoblashishga o‘tishga imkon
beradi. Ko‘plab energiya tizimlarida tunda, kunduzi va energiya tizimining
cho‘qqili yuklama soatlarida elektr energiyaga turli narxlar o‘rnatilagn. Agar
korxona ishlab chiqarish qismlarining bajarilishini elektr energiya arzon
bo‘lgan vaqtlarga ko‘chirsa, u holda elektr energiyaga to‘lovni sezilarli kam
to‘laydi. Masalan, Rossiyada elektr energiya uchun tungi tarif kunduzgiga
48
nisbatan 3 marta arzonligini e’tiborga olsa, iqtisod qilish 30 %
gachani
tashkil etishi mumkin
Shu bilan birga energiya kompaniyalari o‘z navbatida, butun energiya
tizimida yuklama grafigi tekislanishidan katta texnik va iqtisodiy
samaradorlikka erishadi. Energiya tizimlari o‘sib borayotgan yuklamani
qoplash uchun yangi quvvatni kiritish yoki elektr
quvvatni boshqa energiya
tizimlaridan sotib olishdan voz kechadi. Buning natijasida issiqliq elektr
stansiyalarining ish rejimlari yaxshilanadi, elektr energiyani ishlab
chiqarishga yoqilg‘i sarfi va energetik qurilmalarning eskirishi qisqaradi.