43
jarayonlarini tahlil qilish va boshqarishni o‘tkazilishini eslash zarur. Hisobga
olish katta hajmli ma’lumotlarni to‘plash va ular bilan ishlashga bog‘liq, bu
yerda EHM insonga nisbatan shubhasiz avzalliklarga ega. Shuning uchun
hisobga olishni deyarli to‘liq avtomatik qilish mumkin.
Lekin, korxona energiya ta’minotini boshqarishni amalga oshirish
insonning ishtirokisiz bo‘lmaydi. EHM dasturiga texnologik jarayonlar
talablarining barcha nozik tafsilotlarini qo‘yib bo‘lmaydi (yoki juda
murakkab), avtomatikaning u yoki bu zararlarini algoritmik tavsiflash qiyin.
Bu holda EHM ga boshqarish funksiyasini amalga oshirish uchun insonga
yordam berish vazifasi yuklanadi (operator tahlil qilishi uchun qulay shaklda
ma’lumotlarni tayyorlash, aniqlik darajasi past ma’lumotlarni aniqlash va
alohida parametrlarning o‘zgarishlarini taxmin qilish, operatorlar
harakatlarining to‘g‘riligini qayd etib borish va nazorat qilish). Shunday
qilib, korxona energiya ta’minotini boshqarishda optimal avtomatlashtirish
darajasi, inson-operator va EHM qatnashishining optimal qo‘shilishi topilishi
kerak.