116
III BOB. TA‘LIMDA AXBOROT VA KOMMUNIKASIYA
TEXNOLOGIYALARI
******************************************************************
3.1. Kompyuter tarmoqlari va topologiyalari
Tayanch soʻzlar. Kompyuter
tarmoqlari, tarmoq topologiyalari, Lokal,
mintaqaviy va global kompyuter tarmoqlari,
provayder, electron pochta, POP3
protokoli, SMTP protokoli, TCP/IP protokoli va h.k.
Internet bu yagona standart asosida faoliyat koʻrsatuvchi jahon global
kompyuter tarmogʻidir. Uning nomi ikki xil talqin qilinadi, ya‘ni ―International
Network‖ – xalqaro tarmoq va ―Interconnected networks‖ «tarmoqlararo» degan
ma‘noni anglatadi. U mahalliy (lokal) kompyuter
tarmoqlarni birlashtiruvchi
axborot tizimi boʻlib, oʻzining alohida axborot maydoniga ega boʻlgan virtual
toʻplamdan tashkil topadi.
Internet tarmoqgʻi, unga ulangan barcha kompyuterlarning oʻzaro
ma‘lumotlar almashish imkoniyatini yaratib beradi. Internet tarmogʻining har bir
mijozi oʻzining shaxsiy kompyuteri orqali boshqa shahar yoki mamlakatga
axborot uzatishi mumkin. Masalan, Vashingtondagi
Kongress kutubxonasi
katalogini koʻrib chiqish, Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyining oxirgi
koʻrgazmasiga qoʻyilgan suratlar bilan tanishish, xalqaro
anjumanlarda ishtirok
etish, bank muomalalarini amalga oshirishi va hatto boshqa mamlakatlarda
istiqomat qiluvchi Internet tarmogʻi mijozlari bilan shaxmat oʻynash mumkin.
Global tarmoq tushunchasi. Internet tarmogʻining asosiy yacheykalari
(qismlari) bu shaxsiy kompyuterlar va ularni oʻzaro bogʻlovchi lokal tarmoqlardir.
Internet tarmogʻi – bu global tarmoq vakili hisoblanadi.