114
sjatiya, Skorostnoy, Bistroʻy, Obichnoy, Xoroshiy, Maksimalnoʻy), masalan,
oboʻchnoʻy. Metod obnovleniya darchasida arxivli faylga
yana boshqa fayllarni
joylashtirish mumkin. Razmer slovarya darchasida quyidagi qiymatlardan biri
tanlanadi: 64, 128, 256, 512 va 1024 Kilobayt. Bu qiymatlarning oshishi fayllarni
arxivlashda siqish darachasini oshiradi. Siqish darajasini oshirish koʻp xotira hajmi
va koʻp vaqt talab qiladi. Barcha arxivlash parametrlari oʻrnatilgandan
keyin OK
tugmachasi bosiladi va natijada, disk mundarijasida
arxivli fayl nomi paydo
boʻladi.
2.6-rasm. Arxiv nomi va parametrlarini oʻrnatish oynasi.
Windows operatsion tizimida fayllarni arxivdan qayta tiklash. Fayllarni
arxivdan tiklash uchun dastlab arxivli fayl tanlanadi
va menyudan Izvlech v
buyrugʻi tanlanadi va «sichqoncha» tugmachasi bosiladi. Ekranda fayllarni tiklash
yoʻli parametrlarini koʻrsatuvchi muloqot oynasi paydo boʻladi (2.7-rasm) va
foydalanuvchi quyidagi buyruqlarni ketma-ket bajaradi.
2.7-rasm. Fayllarni arxivdan tiklash oynasi.
115
Put izvlecheniya darchasida fayllarni diskning qaysi joyiga tiklash yoʻli
koʻrsatiladi.
Rejim obnovleniya darchasida quyidagilar bajariladi:
- Izvlech s zamenoy faylov- barcha belgilangan fayllar
tiklanadi;
- Izvlech s obnovleniem faylov- papkada yoʻq yoki arxivdagi nusxasi yangi
boʻlgan belgilangan fayllar tiklanadi;
- Obnovit suhestvuyuhie fayloʻ- papkada bor, lekin arxivdagi nusxasi yangi
boʻlgan belgilangan fayllar tiklanadi. Bu holda iskda mavjud boʻlmagan fayllar
tiklanmaydi.
Rejim perezapisi darchasida quyidagilar bajariladi: Zapros pri perezapisi-agar
arxivdagi fayllar ularning nusxasi joylashgan papkaga tiklanayotgan boʻlsa, u
holda muloqot oynasi paydo boʻladi va unda «Fayl mavjud. Qayta yozish zarurmi?
soʻrogʻi chiqadi. Foydalanuvchi Ha yoki Yoʻq dan birini tanlaydi;
- Perezapisat bez zaprosa –soʻroqsiz
fayllarni tiklaydi;
- Propustit suhestvuyuhie faylov- papkada mavjud fayllar tiklanmaydi.