57
2.6 Texnologik tizimning isiqlik ta‟siridadeformatsiyalanishidan hosil
bo„ladigan xatoliklar.
Detallarni kesib ishlash jarayonida uning
aniqligiga tayyorlamaning, kesuvchi
asbobning va dastgoh detallarining isiqlik ta‟siridan deformatsiyalanishi ta‟sir qiladi.
Kesib ishlash chog„ida kesish doirasida qirindining plastik deformatsiyalanishi,
qirindining keskich oldingi yuzasiga va yo„nilgan yuzaning
keskich ketingi yuzasiga
ishqalanishi natijasida isiqlik xosil bo„ladi. Bundan tashqari dastgoh detallarning
bir-biriga ishqalanishi va tashqi isiqlik manbalari ta‟siridan ham texnologik tizim
qiziydi.
Dastgohlarning isiqlik deformatsiyalanishi.
Dastgohni
ishlashi jarayonida
shpindel babkalarini qizishini va ularni vertikal va gorizontal yo„nalishlarda siljishi
kuzatiladi. Temperatura qiymati 10-50
0
C atrofida bo„ladi. Dastgohda asosiy isiqlik
manbai–shpindeli va vallardir. Eng katta isiqlik val yoki
shpindelning podshipnik
bilan tutashgan joyida xosil bo„ladi va bu erda temperatura boshqa joylarga
qaraganda 30-40% ortiq bo„ladi, bu holda shpindelning isiqlik ta‟siridan uzayishi
ishlanayotgan detal ning aniqligiga salbiy ta‟sir qiladi.
Isiqlik ta‟siridan shpinedlning deformatsiyalanishi natijasida paydo bo„ladigan
xatolikni (
t
) qo„yidagicha aniqlash mumkin:
t
=
L (t
0
– t
B
)
bu erda,
- shpindel materialning isiqlikdan
kengayish koeffitsienti;
L – shpindelning uzunligi, t
0
va t
B
– boshlangich va oxirgi temperatura.
SHpindelning isiqlik ta‟siridan siljishi sozlangan dastgohlarda ishlaganda
nisbatan katta xatolarga olib kelishi mumkin.
Shpindel o„qini siljishiga sabab bo„luvchi oldi babkani qizishi 3-5soat
davom
etadi va so„ng bu jarayon turg„unlashadi.
Dastgohni isiqlik deformatsiyalanishi sababli kelib chiqadigan ishlov berish
xatoliklarini yo„qotish uchun dastgohni birlamchi salt yurishda 2-3 soat qizdiriladi,
to„xtashlar kamaytiriladi.