59
2.9-rasm. Keskichning issiqlik
deformatsiyalanishi
Keskich temperaturasi avval tez ko„tariladi, vaqt o„tishi bilan temperaturani
ko„tarilish sur‟ati sekinlashadi va ma‟lum vaqtdan so„ng o„zgarmas bo„lib qoladi.
Keskichning vaqt o„tishi bilan isiqlik ta‟siridan uzayishi (
) 2.9–rasmda
ko„rsatilgan[10].
Tokarlik keskichini uzayishiga uni dastgoh keskich ushlagichidan chiqib turish
kattaligi ta‟sir qiladi, masalan uni 40 dan 25 mm gacha kamaytirishda keskich
uzayishi 28 dan 18 mkm. gacha kamayadi.
Kesish jarayonida keskich 30-50 mkm-ga qadar uzayishi mumkin.
Isiqlik va
uning ta‟siridan uzayish kesish tezligining, surish va kesish chuqurligining ko„payishi
bilan ortib boradi. Keskichning uzayishi
=
L (t
0
– t
B
) bo„lsa, uning ta‟siridan kelib
chiqadigan xatolik (
t
).
t
= 2
bu erda, t
0
– oxirgi temperatura, t
B
– boshlang„ich temperatura,L– keskichning
uzunligi.
Kesuvchi asbobning isiqlik ta‟siridan uzayishi natijasida detallarda o„lcham va
katta o„lchamdagi detallarda shakl xatoliklari hosil bo„ladi.
SHunday qilib, isiqlikning dastgoh-tayyorlama-kesuvchi
asbobi texnologik
birligiga ta‟siridan, avvaldan sozlangan dastgohlarda ishlaganda, o„lcham xatoliklari
xosil bo„lar ekan va tayyorlama o„lchamining kattalashishi bilan bu xatolik ko„payar
ekan.