129
12-bob.
Suv xujaligi ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish
12.1. Suv xo`jaligida ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish
xususiyatlari
Suv xo`jaligini avtomatlashtirish asosan sanoatdagi texnologik jarayonlarni
avtomatlashtirishdagi tajribalarga asoslanadi. Shu bilan birga suv xo`jaligidagi
gidrotexnik inshootlari, nasos stansiyalari, suvni hisobga olish kabi sohalar o`zining
shunday maxsus xususiyatlariga egaki, bu holda tanlangan texnik vositalar va
avtomatlashtirish usullari ma‘lum texnologik talablarga javob berishi kerak.
Suv xo`jaligidagi ishlab chiqarish jarayonlari murakkab axborot
almashinuvi va jarayonlariga ega bo`lib, ular turli ko`rinishlarda berilishi mumkin.
Bu esa suv xo`jaligi sohasida qo`llanuvchi
mashina va uskunalarning
maxsus ish rejimlariga mos tushmay qolishi, oqim liniyalardagi ishlab chiqarish
jarayonlarini to`xtab qolishi, suv xo`jalik mashinalarining ish rejimlari bir-biriga
mos tushmay qolishiga olib kelishi mumkin.
Suv xo`jaligining yana bir muhim xususiyatlardan biri suv xo`jaligi
texnikasining katta maydonlarda joylashgani va ta‘mirlash bazasidan uzoqligi,
uskunalarning kichik quvvatga ega ekanligi, ish
jarayonining mavsumiyligi
hisoblanadi. Jarayonlar har kuni ma‘lum sikl bo`yicha qaytarilishiga qaramay,
mashinalarning umumiy ish soatlari nisbatan kam hisoblanadi. Demak, bu sohada
qo`llanuvchi avtomatlashtirish vositalari turli ko`rinishlarga ega bo`lib, nisbatan
arzon, tuzilishi jihatidan sodda, ishlatishga qulay va ishonchli bo`lishi kerak.
Bunday sharoitda avtomatlashtirish vositalari aniq va ishonchli ishlashi lozim,
chunki bunday jarayonni tabiatan to`xtatib, uzib quyib bo`lmaydi.
Misol uchun,
gidromelioratsiya tizimlarida avtomatlashtirish vositalari tabiiy sharoit o`zgarishiga
qaramay, sutka davomida texnologik operatsiyalarning davomiyligini ta‘minlab
berishi zarur.
Suv xo`jaligida tashqi tasodifiy ta‘sirlar turli ko`rinishlarda o`zgarishi bilan
harakterlanadi. Suv xo`jaligi avtomatikasidagi ko`pgina ob‘ektlar texnologik
maydoni yoki katta hajmda vaqt ko`rsatkichlariga ega. Misol uchun, nasos
agregatlarida ob‘ekt bo`yicha kattaliklarni nazorat qilish va boshqarish kerak
bo`ladi (suv sathi, bosim, ish unumdorligi, hajmi va h. k).
Bunday
ob‘ektlar
uchun
avtomatlashtirish
tizimlarida
birlamchi
o`zgartkichlar,
ijrochi
mexanizmlarning
optimal
miqdoriga
ega
bo`lib,
boshqariluvchi ko`rsatkichlarning qiymatini belgilangan aniqlikda va ishonchli
130
ravishda saqlash katta ahamiyatga ega.
Suv xo`jaligida qo`llanuvchi qurilma va uskunalarning ko`pchiligiga xos
bo`lgan xususiyatlardan biri ularning tashqi muhit bilan bog‘liq holda ochiq havoda
ishlashidir: namlik va haroratni keng maydonda o`zgarishi, turli aralashmalar,
chang, qum, agressiv gazlar hamda sezilarli tebranishlarning mavjudligi. Suv
xo`jaligida sanoatdan farqli ravishda yuqoridagi talablardan kelib chiqib
avtomatlashtirish vositalari tashqi ta‘sirlarga chidamli, parametrlarini keng
diapazonda o`zgaruvchi qilib ishlanishi zarur.
Bu esa loyihalashtirilayotgan ob‘ektdagi
texnik vositalarning ishdan
chiqishini kamaytirish, yuqori aniqlikda ishlashini ta‘minlash imkoniyatini beradi.
Ko`rsatilgan xususiyatlar eng avval tashqi muhit bilan bog‘liq sharoitda ishlovchi
mashinalarda o`rnatilgan birlamchi o`zgartkichlar, ijro mexanizmlari, nazorat
asboblari va boshqa texnik vositalarga ta‘sir etadi. Qolgan avtomatlashtirish
vositalarini alohida xonalar yoki tashqi muhitga chidamli bo`lgan
maxsus
shkaflarda o`rnatish mumkin.
Xalq xo`jaligining yetakchi sohalaridan biri bo`lgan suv xo`jaligi sohasi
o`ziga xos bo`lgan xususiyatlarini hisobga olgan holda texnologik jarayonlarni
avtomatlashtirilgan tizimlarini yaratish, energiya sarfini 10-15% kamaytirish
mahsulot tannarxini kamaytirish, suv xo`jalik texnikasining
ishlash vaqtini
uzaytirish imkoniyatini beradi. Ko`rsatilgan maqsadni amalga oshirishda quyidagi
vazifalarni bajarish lozim:
- suv xo`jaligidagi texnologik jarayonlarni nodavriy diskret transport
harakatli yo`nalishdagi uzluksiz harakatni birlashgan yoki bir-biriga bog‘liq
bo`lmagan
harakatli
yo`nalishga
o`tkazish
asosida
doimiy
ravishda
takomillashtirish.
- suv xo`jaligini avtomatlashtirish sohasida jahon tajribasini ilmiy asoslab,
texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning optimal hajmi, uzluksizligini
ta‘minlash; boshqaruv algoritmlari va avtomatlashtirish usullarini takomillashtirish,
seriyali avtomatika vositalarini qo`llash;
- suv xo`jaligi avtomatlashtirish ob‘ektlarining
statik va dinamik
xususiyatlarini, matematik tavsifini aniqlash (modellashtirish).
- suv xo`jaligida qo`llanuvchi noelektrik kattaliklarni nazorat qilishda
qo`llanuvchi o`zgartkichlarni qo`llash maqsadida boshqaruv qurilmalari bilan
ob‘ekt orasidagi nazorat qilinuvchi kattaliklarning bir biri bilan bog‘liqligini
131
o`rganish (fizik xususiyatlari, elektrik, optik, akustik, issiqlik, mexanik va h.k).
Avtomatlashtirish nuqtai nazaridan qaraganda suv xo`jaligi uchun yangi
agregatlar, mashinalar tizimini ishlab chiqish.
Suv xo`jaligi ishlab chiqarishida ishtirok etuvchi qo`l mehnatini
yengillashtirishda mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish masalalari muhim o`rin
tutadi. Bu sohada zamonaviy sanoat robotlari va manipulyatorlardan foydalanish
katta samara beradi.
Manipulyator - inson qo`li yordamida
bajariluvchi harakatlarni
boshqaruvchi alohida mexanizmdir.
Sanoat roboti - avtomatik ravishda boshqariluvchi programmali
manipulyator. Sanoat robotlari suv xo`jaligi ishlab chiqarishini avtomatlashtirishni
rivojlantirishda yangi davrni boshlab berdi, chunki mavjud avtomatik tizimlardan
farqli ravishda bajariladigan barcha murakkab vazifalarni fazoviy siljishlar asosida
amalga oshirish imkoniyatiga ega.
Manipulyatorlar va robotlarni ishlab chiqarishga tatbiq etish bilan mavjud
texnologik jarayondagi avtomatlashtirish vositalari bilan amalga oshirish mumkin
bo`lmagan murakkab qo`l mehnatini, xavfli vazifalarni bajarishni yengillashtirishga
erishish mumkin.