O’zbekiston respublikasi oliy va o ’rta maxsus t a ’lim vazirl1gi mirzo ulug’bek nomidagi




Download 13,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/154
Sana16.02.2024
Hajmi13,59 Mb.
#157869
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   154
Bog'liq
ek 718 -86

Fayl tizimi
MS DOS amaliyot tizimining fayl tizimi asosi sifatida UNIX tizimi olingan
shu sababli bu ikki lizimning fayl tizimi juda o’xshash. UNIX tizimida 
fayllaming quyidagi turlari qo’ llaniladi: oddiy fayllar, maxsus bayt- 
yo’naltirilgan va blok-yo’naltirilgan fayllar, FIFO-fayllar. Oddiy fayl - 
strukturlanmagan to’g’ri yo’nalishli fayl. Katalog fayl nomlari o’rtasida aloqa 
bog’laydi. Katalogning har bir elementi faylning lokal nomi oydin faylga 
murojaatni aniqlaydi. UNIX tizimida katalogning turli tashkil qiluvchi 
elementlari bitta faylga murojaat qila olishi mumkin. Fayllar ierarxiyasi 
daraxtsimon tuzilishda. Faylni nomlash uchun ildizli va joriy kataloglardan 
foydalaniladi. Jarayon joriy katalogni o’zgartirishi mumkin. FIFO - fayl 
berilganlarga faqat yozilgan ketma-ketlikda xizmat qilish bilan tavsiflanadi. 
Tashqi qurilmaiar ham fayl deb hisoblanadi va ular bilan oddiy fayl uchun qabul 
qilingan amallar yordamida ishlashi mumkin. Amaliyot tizim jo riy katalog 
nomini tanlab olish va o’zgartirishni ta’minlaydi va fayl ustida hosil qilish, 
yo’qotish, nomini o’zgartirish, bir joydan ikkinchi joyga ko’chirish, fayl va 
katalog haqida ma’lumot olish (xajm i, tashkil qilingan vaqti, oxirgi o’ zgartish 
kiritilgan vaqti) amallari ko’zda tutilgan. Bundan tashqari AT da murojaatni 
taqsimlash, bog’lanishni tashkil qilish va yo’qotish ko’zda tutilgan.
UNIX ning har bir foydalanuvchisi biron bir guruhga kiritiladi. Bu tizimga 
kirishda amalga oshiriladi. Foydalanuvchi bir vaqtda bir necha guruhga kirishi 
mumkin, biroq bir vaqtning o’zida har bir guruhda faol bo’ la olmaydi. Biron bir 
guruhda foydalanuvchi faollik statusini olishi uchun tizim buyrug’idan 
foydalanib ko’rsatilgan guruhda 
faol 
holatga o’tadi. 
O’z 
navbatida 
foydalanuvchi boshqa guruhlarda sust statusini oladi.
Tizimda ma’ lum bir guruh foydalanuvchilari uchun fayldan foydalanishga 
ruxsat etish imkoniyati bor. Fayl tizimni bunday ko’rinishda tashkil qilishi biron- 
bir loyiha ustida bir guruh xodimlar ishlaganda qo’ l keladi. Bunda guruhning 
barcha ishtirokchilari uchun umurniy faylar va har bir ishtirokchi uchun shaxsiy 
fayllar turkumini tashkil qilish mumkin. Tizimda faylga nisbatan guruhga yangi
173


ishtirokchilami qo’shish yoki chiqarib tashlash imkoniyatlari ham bor. Наг bit 
fayldan foydalanishda faylga nisbatan foydalanuvchining huquqi avvaldan 
aniqlanib qo’yiladi. Berilgan huquqiga ko’ra foydalanuvchi fayl ustida o’qish, 
yozish va bajarish huquqiga ega bo’ lishi mumkin. Agar fayl ustida 
foydalanuvchi faqat o’qish amalini bajarishi ruxsat etilgan bo’lsa va u fayl bilan 
yozish amalini bajarmoqchi bo’ lsa, bu amalni bajarishdan avval tizim buyruqlari 
yordamida avval fayl uchun berilgan statusni o’zgartirib, so’ng rejalashtirilgan 
amalni bajarishi mumkin. Foydalanuvchi uchun fayldagi uchta belgilar majmuasi 
yordamida faylga murojaat huquqlari aniqlangan. Birinchi belgi fayl 
foydalanuvchisining murojaat huquqini, ikkinchi belgi guruh a ’zolarining 
huquqini va uchinchi belgi tizimning boshqa foydalanuvchilarining faylga 
nisbatan huquqini aniqlaydi. UNIX da fayl bajariluvchi bo’lishi faylning 
murojaat huquqidan kelib chiqadi. Faylni bunday ko’rinishda tashkil qilinishi 
foydalanuvchiga qulaylik bilan birga qiyinchilik ham tug’diradi. Qulaylik - fayl 
bajariluvchi bo’lishi uchun uning nomi ahamiyatsiz (MS DOS da bajariluvchi 
fayl aynan nomi bo’yicha aniqlanadi). Foydalanuvchi qaysi fayl bajariluvchi 
ekanligini aniqlashi uchun avval uning murojaat huquqini aniqlash talab qilinadi 
va bu holat foydalanuvchi uchun bir muncha qiyinchilik tug’diradi. To’g’ri 
foydalanuvchi bu muammoni o’zi uchun fayllami nomlash usulini ishlab chiqib 
unga amal qilish usuli bilan ham hal qilishi mumkin.
UNIX tizimi (MS DOS dan farqli) har doim ishga tushirilishi kerak bo’lgan 
buyruqlami qidiradi. Bu buyruq aniqlanganda, tizim foydalanuvchini 
ogohlantirmasdan turib pochta orqali avvaldan foydalanuvchi tomonidan 
rejalashtirilgan ma’lumotni jo ’natadi. Bunda foydalanuvchi avvaldan rejalash­
tirilgan ma’ lumot jo ’natilganini bilmasligi ham mumkin. Tizim uchun asosiy 
omil - reja, foydalanuvchi tomonidan rejaga kiritilgan topshiriq tizim tomonidan 
albatta bajariladi (agar texnik yoki dasturiy nosozliklar vujudga kelmasa). 
M asalan, foydalanuvchi o’z yaqinlarini biron bir marosim bilan tabriklash, qo’l 
ostida ishlaydigan xizmatchilarga hisobot berish vaqti kelganligi yoki o’tib 
ketganligi, maishiy xizmat korxonasiga buyurtma berish va h.k.
UNIX da (MS DOS dan farqli) buyruqni bajarish, shu jumladan faylni 
qidirish tizimning ikki xil holatida bajariladi. Bular operativ holat va fon holati. 
Operativ holatda tizim faqat berilgan buyruqni bajarish bilan band bo’ ladi va 
foydalanuvchi uchun tizim yopiq holatida bo’ladi. Fon holatida buyruq 
berilgandan so’ng, bu buyruq ishga tushiriladi va tizim yangi buyruqni qabul 
qilish holatiga o’tadi. Bir qarashda fon holatida ishlash unumli bo’lib tuyuladi
biroq aslida fon holatida ishlash uchun tizim o’zining qo’shimcha resurslarini 
faol holatga olib kelishga majbur bo’ ladi. Bunda tizim yana qo’shimcha amallar 
bajarishi kerak bo’ladi va berilgan buyruqning umumiy bajarilish vaqti 
ko’payadi (foydalanuvchiga sezilarli darajada bo’lmasligi mumkin). Shu sababli 
buyruqni tizimning qaysi holatida ishga tushirish maqsadga muvollqligini 
foydalanuvchining o’zi tizimda bajarmoqchi bo’lgan jarayonlarga qarab hal 
qilishi kerak.
174


UNIX da agar siz faylni o’chirib tashlasangiz, uni tikiaydigan utilitalar yo’q. 
Shu sababli, har doim faylning arxiv nusxasini saqlash (tasodifiy o’chirishdan 
himoya vositasi ham hisoblanadi) maqsadga muvofiq.
Faqat UNIX da biron-bir ma’ lumotni pechatga chiqarilsa, pechat qilishdan 
avval titul varag’¡(banner page) pechat qilinadi. Bunda foydalanuvchining 
ro’yxatdan o’tkazilgan nomi, pechat qilingan vaqti va foydalanilagan printer 
nomi haqida ma’lumot beriladi. Albatta foydalanuvchiga bunday ma’ lumot kerak 
bo’ lmasa, u holda AT buyruqlari yordamida bunday ma’ lumotni pechatga 
chiqarmaslik ham mumkin.

Download 13,59 Mb.
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   154




Download 13,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o ’rta maxsus t a ’lim vazirl1gi mirzo ulug’bek nomidagi

Download 13,59 Mb.
Pdf ko'rish