o ’quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini
ochishga y o ’naltirilgan ta ’limni ifodalaydi.
Dialogik
yondoshuv.Bu
yondoshuv
o ’quv
munosabatlarini
yaratish
zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o ’z-o’zini faollashtirishi v a o ’z-
o ’zini ko ’rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.
Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratik, tenglik, ta ’lim beruvchi
va ta ’lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni
baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e ’tiborni qaratish zarurligini bildiradi.
Muammoli ta ’lim. T a’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali
ta ’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni
obyektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani
shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo’llashni
mustaqil ijodiy faoliyati ta ’minlanadi.
Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo’llash -
yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o ’quv jarayoniga q o ’llash.
O ’qitishning usullari va texnikasi. M a’ruza (kirish, mavzuga oid,
vizuallash), muammoli ta’lim, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyihalash usullari,
amaliy ishlar.
O ’qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va
o ’zaro o ’rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh.