83
Xoji Abdulaziz, Muhiddin Qori Yoqubov, Domla Halim Ibodov, Yusufjon
Qiziq, Usta Olim Komilov, Abduqodir Ismoilov, Ahmadjon Umrzoqov,
Madrahim She’roziydan o‘rgandim, - deydi Halima Nosirova. San’atkor
tushunchasida qo‘shiq insonning mehnatida, hayotida, taqdirida doimiy
yo‘ldoshidir. Xalqning sevimli san’atkori Halima Nosirova katta Farg‘ona,
Toshkent, Chirchiq kanallari, Kattaqo
ʻ
rg
ʻ
on suv ombori, Farxod GES
qurilishlarida. Mirzacho‘l, Qarshi, Jizzax, cho‘llarini o‘zlashtirishda,
dahshatli urush yillarida xalq ruhini ko‘tarishda o‘z
san’ati bilan faol
qatnashdi. Halima Nosirova “O
ʻ
zbekfilm” kinostudiyasida suratga olingan
“Asal”, “Frontga sovg‘a”, “Maftuningman”, filmlarida obrazlar yaratdi
va kino sohasiga ham hissa qo‘shdi. Halima Nosirovaning yorqin san’ati
va iste’dodidan ta’sirlangan bir qancha xorijiy tanqidchilar uning san’atiga
yuksak baho berganlar. Suriyada chiqadigan “Lison ash shaab” va
Hindistonda bosiladigan “Steystmen” gazetalari o‘zbek qo‘shiqchisini
nihoyatda yoqimli va jozibador, dillarni rom qiluvchi ovozi haqida 1956
yilda samimiy satrlarni yozgan. Uning bulbulsifat ovozi o‘zbek san’atkori
timsolida Hindiston, Birma, Livan, Misr, Eron, Xitoy, Kanada kabi o‘nlab
mamlakatlarda yoyilgan. Halima Nosirova hayotligidayoq ikki ajoyib
narsasi bilan o‘ziga haykal o‘rnatdi. Biri chinakam xalqchil san’ati,
ikkinchisi shogirdlari, izdoshlari bilan ulug‘ baxtga erishganligidir. Uning
san’atdagi xizmatlari munosib baholangan bo‘lib, “O
ʻ
zbekiston xalq
artisti” faxriy unvoniga sazovor bo
ʻ
ldi. Mustaqillik sharofati bilan “Buyuk
xizmatlari uchun” ordenini ko‘kragiga taqish baxtiga muyassar
bo
ʻ
ldi. O
ʻ
zbek san’atining ulug
ʻ
namoyandasi, betakror ovoz sohibasi
Halima Nosirova 90 yosh umr ko
ʻ
rib 2002 - yilda Toshkent shahrida vafot
etdi.