81
qimmatligi Abu Nasr Mu’ammad Farobiyning mashhur «Musiqa xaqida
katta kitob» (Kitob al musiqa al kabir) asari ulkan ahamiyatga ega.
Farobiyning o‘zi ham ijrochi sifatida shuhrat qozongan. Kitobning
ikkinchi qismi boshidan oxirigacha o‘sha davrda qo‘llanilgan musiqa
cholg‘ulariga baishlangan. Bu bobda: lyutnya, ud, tanbur, nay, rubob,
chang, shohruh, qonun kabi cholg‘ular izchil va batafsil taoriflanadi.
Farobiy torli muzrobli lyutnya cholg‘usini o‘sha davrda keng
tarqalgan cholg‘u deb hisoblaydi. Lyutnya o‘ziga xos muzrob (chertma)
vositasida chalingan, dastasida esa ligatura (ladlar) joylashgan IX – X
asrlarda lyutnya arabcha nomlanib, ud nomini oladi. Ud va dutor
cholg‘usida olib borgan tajribalariga tayanib olim o‘z nazariy
qoidalarini bayon etadi. Urmaviyning «Taqovodorlik kitobi»da ud –
taorifi quyidagi so‘zlar bilan boshlanadi: «Bilingi, cholg‘ular orasida ud
deb ataluvchi eng mashhur va eng zamonaviydir». Xulosa qilib aytganda,
tarixiy risolalarda tasviriy sanoatda va adabiy merosda ildizlari uzoq
o‘tmishga borib taqaluvchi musiqa cholg‘ularining asosiy turlari ‘aqida
boy materiallar berilgan. Musiqa cholg‘ulari yasovchi mohir ustalar:
asrimiz boshlarida yashab ijod etgan usta Usmon Zufarov, usta
Ro‘zmat Isaboev va ularning qator shogirdlarida, xalq ustalari bir
parcha yoochga, qamishga, suyakka yangi ‘ayot ato etdilar. Ular
yaratgan cholg‘u – asboblari ‘ozirgi kunda ham keng qo‘llanilmoqda,
xalqimizga xizmat etib, musiqa sanoatimiz taraqqiyotiga o‘z hissasini
qo‘shib kelmoqda.
Tarixiy manbalarni taorif etar ekanmiz, hozirgi kunda ‘am musiqa
cholg‘ulari va ulardagi ijrochilik rivojlanib borayotganligini eslatib o‘tishni
lozim topdik. Qadimiy cholg‘ulardan