• Oʻzbekiston mashinasozlari oldiga
  • Mashinasozlik majmuasi quyidagilardan iborat
  • Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi




    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/188
    Sana30.11.2023
    Hajmi8,15 Mb.
    #108303
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   188
    Bog'liq
    Mash texdan maruzalar TURSUNOV2

    Avtomobilsozlik.
     
    Hozirgi kunda ushbu tarmoqda 23 ta qoʻshma korxona faoliyat yuritmoqda, 
    ularda avtomobil va avtobuslar, yuk mashinalari, avtomobillar uchun butlovchi 
    qismlar va uzellar, shuningdek, turli xil xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqariladi. 
    Quyidagi kompaniyalar avtomobil ishlab chiqarish sohasida ishlaydi: 
    “Djeneral Motors” kompaniyasi bilan hamkorlikda yengil avtomobillar ishlab 
    chiqarish boʻyicha tuzilgan “DjiEm Oʻzbekiston” aksiyadorlik jamiyati

    “OʻzAvto”korxonasi, Yaponiyaning “Isuzu” va “Itochu” kompaniyalari 
    muassisligida oʻrta sinfdagi avtobuslar va yuk mashinalari ishlab chiqaradigan 
    “Samarqand Avtomobil Zavodi”. 
    OʻzAvto va Peugeot Citroen Automobiles oʻrtasida qoʻshma korxona tuzish 
    toʻgʻrisida bitim imzolangan boʻlib, unga muvofiq, Oʻzbekistonda yengil tijorat 
    avtomobillari ishlab chiqarish boʻyicha yangi zavod qurilmoqda. Loyihada “Pejo 
    Bokser” va “Pejo Ekspert” avtomobillarining turli konfiguratsiyalarini ishlab 
    chiqarish koʻzda tutilgan.
    Osma va tirkama texnikalarini ishlab chiqaradigan UzAuto TRAILER 
    korxonasi tashkil etildi, shuningdek, Rossiya kompaniyasi bilan birga “Kamaz” 
    yuk mashinalarini yigʻish ishlari amalga oshirilmoqda. 
    Oʻzbekiston mashinasozlari oldiga texnika va texnologiyalarning yangi 
    avlodini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish vazifasi qoʻyilgan. Jumladan
    akkumulyatordagi elektr toki hisobiga harakatlanadigan yangi avtomashinalarni 
    ishlab chiqarish tashkil etilishi lozim. 
    Ishlab chiqariladigan mahsulot xususiyatidan kelib chiqqan holda 
    ixtisoslashuvning maʼlum turi (qism,detal),texnologik yoki yarim mahsulot 
    (polufabrikat))tanlanadi. Mashinasozlik korxonalarining ixtisoslashuv holati va 
    hududiy mehnat taqsimoti maʼlum
    sohaga ixtisoslashgan sanoat markazlari va
    tumanlarining vujudga kelishiga sababchi boʻladi. 
    Mashinasozlik majmuasi quyidagilardan iborat:



    metallurgiya mashinasozligi; 
    kimyo mashinasozligi; 
    energetika mashinasozligi; 
    avtomobilsozlik; 
    temir yoʻl mashinasozligi; 
    samolyotsozlik;
    radioelektronika; 
    elektron-hisoblash mashinalari; 
    elektrotexnika;
    qishloq xoʻjalik mashinasozligi;
    traktorsozlik - turli tarmoqlar uchun. 
    Mustaqillik davrida Oʻzbekiston iqtisodiyotida amalga oshirilgan ijobiy 
    oʻzgarishlar tufayli iqtisodiyot tuzilmasini sezilarli darajada diversifikatsiya qilishga 
    erishildi. Avtomobilsozlik, shu jumladan, dvigatel hamda ehtiyot qismlar ishlab 
    chiqarish, neft-gaz kimyosi, neft-gaz mashinasozligi, zamonaviy qishloq xoʻjaligi 
    mashinasozligi, qurilish materiallari sanoati, temir yoʻl mashinasozligi, maishiy 
    elektronika asboblari ishlab chiqarish, farmatsevtika va mikrobiologiya, oziq-ovqat, 
    toʻqimachilik, charm-poyabzal sanoati hamda boshqa bir qator mutlaqo yangi 
    tarmoqlarning yoʻlga qoʻyilishi bunga zamin yaratdi. Samarqand shahrida avtobus 
    ishlab chiqaruvchi “Isuzu” (Yaponiya) va yuk avtomobillari ishlab chiqaruvchi 
    “MAN” (Germaniya) zavodlari, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Shoʻrtan gaz-
    kimyo majmuasi hamda Ustyurt gaz-kimyo majmuasi foydalanishga topshirildi, 
    Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi toʻliq rekonstruksiya qilindi. Qoraqalpogʻiston 
    Respublikasidagi Tebinbuloqd nomli joyida temir rudasini qazish va boyitish
    korxonasi qurilmoqda. 

    Download 8,15 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   188




    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish