208
Texnologik ishlov beruvchi tizimning deformatsiyasi natijasida toʻgʻri
geometrik shakldan ogʻishi hollari.
Yuqoridagilardan koʻrinib turibdiki TIBT ning bikrligi detallarni tayyorlash
aniqligiga katta taʼsir koʻrsatadi. TIBT ning bikrligi deganda elastik ishlov berish
tizimining kuch taʼsirida deformatsiyasiga qarshilik koʻrsatish qobiliyati
tushuniladi.
bu yerda: JT- tizimning bikrligi; Ru- kesish kuchining radial tashkil etuvchisi;
u- kesuvchi qirraning siljishi (deformatsiyasi).
Bikrlikka teskari tushuncha moslanuvchanlik deb yuritiladi yoki:
Ishlov berish xatoliklarining yigʻindisi.
Yuqorida koʻrib oʻtilgan xatoliklar shuni koʻrsatadiki,
ulardan biri
ikkinchisini qoplashi mumkin, chunki biri aniqlikni oshirsa, ikkinchisi kamaytiradi
yoki biri kuchliroq taʼsir koʻrsatsa, ikkinchisi sezilarsiz taʼsir etadi. Bundan tashqari,
bu xatoliklarni vektorlari oʻzaro qandaydir burchak ostida boʻlishi mumkin. Shuning
uchun bu xatoliklarning yigʻindisini aniq oʻlchashlar yordamida aniqlash mumkin.
Qator mulliflar tomonidan taklif etilgan tenglamalar turli koʻrinishga ega boʻlib,
yuqoridagilar sababli keng tarqalmagan. Biz bu xatoliklarni harflar bilan belgilab,
ularning algebraik yigʻindisi bilan cheklanamiz:
209
bu yerda: α
D
- dastgoh xatoligi; β
k
-
kesuvchi asbob xatoligi; γ
ix
- texnologik
sozlash xatoligi; ε
oʻr
- oʻrnatish xatoligi; i
DL
- dastgoh detallari va ishlov berilayotgan
detallar deformatsiyasi natijasida hosil boʻlgan xatolik; r
DK
-
mahkamlash kuchi
taʼsiridagi xatolik; λ
ID
- issiqlik deformatsiyasi tufayli hosil boʻlgan xatolik; ω
0
-
oʻlchash xatoligi; ψ
b
- ish bajaruvchining xatoligi; x
qol
- qoldiq oʻqlanishlar taʼsiridagi
xatolik.