Texnologik tizimning qizishi natijasida hosil boʻladigan ishlov berish xatoliklari stanokning doimiy ishlashi natijasida oʻzgaruvchan tizimli koʻrinishda
hosil boʻladi.
Dastgohning qizishdan deformatsiyalanish detallarda hosil boʻladigan
xatoliklarning sabablaridan biridir. Stanoklarning qizishining asosiy sababi,
ularning harakatlanuvchi qismlarida sodir boʻladigan ishqalanishlardir. Shuning
uchun asosiy qizuvchi zonalar podshipnikli tutashmalar mavjud joylardir.
Shuningdek elektrodvigatel, gidrouzatkichlar, sovituvchi suyuqliklar va boshqa
koʻp faktorlar taʼsirida ham stanok qizishi va natijada deformatsiyalanishi
mumkin.
Shpindel babkasining qizishi ham murakkab tabiatga ega boʻlgan
deformatsiyalanishlarga olib keladi. Babkaning haroratda oʻzgarishi 3-5 soat
davomida rivojlanib keyin stabillashadi. Shuning uchun stanok ish boshlashdan
oldin 2-3 soat davomida salt ishlashga qoʻyilishi kerak.
Ishlov berish asbobining qizishi ham ishlov berish xatoligi sababi boʻlishi
mumkin. U qiziganida asosan oʻz oʻlchamlarini kattalashtiradi va natijada tegishli
ravishda detal ishlov berish xatoligining kelib chiqishiga sabab boʻladi. Qizishning
kattaligi kesishning tezligiga, uzatish kattaligiga va boshqa bir qator faktorlarga
bogʻliqdir.
Zagotovkaning qizish natijasidadeformatsiyalanishi ham ishlov berish
xatoligi sababi boʻlishi mumkin. Detal qizishi asosan qirqishda ajralib chiqadigan
207
issiqlik natijasidir. Odatda detal qizishining potengʻiali, uning qismlari orasida
qancha koʻp boʻlsa, uning taʼsirida boʻladigan deformatsiyalanish ham shuncha
yuqori boʻladi.
Vtulkasimon detallarga ishlov berishda ularning isishi katta xatolikning kelib
chiqishiga sabab boʻladi.
Ishlov berish vaqtida sovutish vositalarini qoʻllash qizishdan kelib chiqadigan
xatoliklarni kamaytirishga imkoniyat yaratadi.